Mavzu: Ekologiya haqidagi ta'limotning vujudga kelishi va rivojlanishi Reja


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana28.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1011621
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ekologiya haqidagi ta\'limotning vujudga kelishi va rivojlanishi



Mavzu: Ekologiya haqidagi ta'limotning vujudga kelishi va rivojlanishi 
 
Reja: 
 
1. 
Ekologik tushunchalarning rivojlanish tarixi 
2. 
Ekologiya va biosfera haqidagi ta’limot 
3. 
Ekologiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi 
4. 
O'rta Osiyolik mutafakkirlarning tabiat muhofazasiga oid qarashlari. 
5. 
O’zbekiston ekologiyasi, muammolari va ekologik vaziyatni yaxshilash 
yo’llari 
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar 


Ekologik tushunchalarning rivojlanish tarixi 
 
Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon olimlari asarlarida qayd 
qilingan. O'rta asrlarda O'rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad 
Muso al Xorazmiy (782-847), Abu Nasr Farobiy (870-950), Abu Rayxon Beruniy 
(973-1048), Abu Ali ibn Sino (980-1037) va boshqalar tabiat fanlarining 
rivojlanishiga katta hissa qo'shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan 
davrda tabiat va undagi muvozanat, o'simlik va hayvonot dunyosi, inson hayotining 
atrof muhit bilan bog'liqligi, tabiatni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar. 
XIX asrga kelib ekologiya ilmiy asosda A.Gumboldt, J.Lamark, K.Rule, 
Ch.Darvin, E.Gekkel asarlarida yoritildi. Lekin, ekologiyaning fan sifatida 
shakllanishi XX asr boshlarida amalga oshdi. Dastlab, o'simliklar va hayvonlar 
ekologiyasi, XX asrning 20-yillaridan ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi 
rivojlandi. 30-yillarda ekologiyaning yangi tarmog'i hisoblangan populyasion 
ekologiya vujudga keldi. Uning asoschisi Ch.Elton hisoblanadi. 
Evolyusion va ekologik masalalarni o'z ichiga qamrab olgan ekologiya, ya'ni 
tabiatda turning yashashi uchun zarur bo'lgan muhitning barcha omillari yig'indisi 
haqidagi tushunchalar 
g'arb olimlari J.Grinnell, Ch.Elton, R.Makartur, 
D.Xatchinson, G.F.Gauzelarning xizmati tufayli fanga kiritildi. 40-yillarning 
boshlarida tabiiy sistemalari o'rganish jarayonida yangi yo'nalish kelib chiqdi, 1935 
yili ingliz olimi A.Tensli ekosistemalar, 1942 yilda esa V.N.Sukachev 
biogeosenozlar haqidagi ta'limotni ilgari surdilar. 
20 – 30 yillarda o'rta Osiyo Davlat universitetida D.N.Kashkarov va 
YE.N.Korovinlarning ekologiya – gesgrafiya maktabi tashkil etilib, o'lkamiz 
tabiatini ekologik tadqiq qilish boshlanadi. 
Ekologik ishlarning dolzarbligi munosabati bilan O'zbekiston Fanlar 
Akademiyasining Botanika institutida V.A.Burigin rahbarligida o'simliklar 
ekologiyasi laboratoriyasi tashkil etildi. O.H.Hasanov, R.S.Vernik va boshqalar 
tomonidan ko'pchilik o'simliklarning ekologik – biologik xususiyatlari o'rganildi. 


Zoologiya tadqiqotlari O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Zoologiya va 
parazitologiya instituti faoliyati bilan bog'liqdir. D.N.Kashkarovdan so'ng 
O'zbekistonda ekologik yo'nalish uning davomchilari V.A.Selevin, T.Z.Zohidov, 
I.I.Kolesnikov, 
A.M.Muhammadiev, 
M.A.Sultonov, 
R.O.Olimjonov 
va 
boshqalarning ishlarida rivojlandi. 
Qarshi cho'lini o'rganish natijasida D.Kashkarov, A.Zokirov, A.Petrovalar 
birgalikda. “Qarshi cho'lining umurtqali hayvonlari ekologiyasi”ni yaratdilar. Bu 
asarda sut emizuvchi hayvonlarning tarkibi, tarqalishi, ekologiyasi va ulardan 
foydalanish yo'llari ishlab chiqilgan. 
Shuni ta'kidlash lozimki, respublikamizdagi iqtisodiy tanglikdan chiqish 
ekologik tanazzulning oldini olish uchun xalqimiz orasida qadimdan ma'lum bo'lgan 
ekologik madaniyatni tiklashimiz, undan hozirgi sharoitda foydalanish 
imkoniyatlarini qidirib topishimiz kerak. 
1940-50 yillarda sobiq ittifoqda ekologik bilimlarning rivojlanishi susayib 
qoldi. Atrof muhit holati tez o'zgara boshlagan XX asrning 60-yillariga kelib 
ekologiya jadal rivojlandi, turli yangi yo'nalishlari vujudga keldi. 



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling