Mavzu: Ekologiya haqidagi ta'limotning vujudga kelishi va rivojlanishi Reja


Ekologiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana28.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1011621
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ekologiya haqidagi ta\'limotning vujudga kelishi va rivojlanishi

Ekologiyaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi
 
XX asrning 20-yillariga kelib genetika va darvinizmning uyg’unlashuvi bilan 
bir qatorda boshqa yo’nalishlar ham rivojlana boshladi. Shulardan biri ekologiya 
bo’lib, u alohida organizmlar va tirik tabiatning majmuasi va uyg’unligidan 
iboratdir. Uning lug’aviy ma’nosi grekcha “oikos”- manzil, yashash joyi ma’nosini 
anglatadi. Ekologiya – tirik organizmlarning yashash joyi va ularni o’rab turgan 
makon bilan o’zaro aloqasini o’rganadigan fandir.
Ekologiya – organizmning tashqari muhit sharoitiga munosabati va uning 
yashash sharoitiga moslashishi shakllarini o’rganadi. Ekologiya darvinizm tufayli 
paydo bo’ldi, so’ngra u darvinizmni rivojlanishiga hissa qo’shdi hamda yashash 
uchun kurash jarayonini o’zida aks ettirdi.
Yangi fanga 1879 yil E.Gekkel’ ekologiya deb nom berdi. Ekologiya 
biosferaning evolyutsion tizimini va rivojlanish qonunlarini butunligicha ochib 
beradi hamda o’zaro aloqalar zanjirini o’rganadi: organizm – ko’payish – tur – 
biotsenoz – biogetsenoz – biosfera.
Ushbu tizimda organizm yangi paydo bo’lish laboratoriyasi rolini bajaradi. 
Ko’payish tabiiy tanlanish harakatining boshlang’ich ko’rinishini namoyon etgan 40 
holda elementar evolyutsion birlikni biotik aylanishning asosiy kombinatsiyalarini 
biotsenozada jamlaydi. 
Autekologiya va sinekologiya Ekologiya autekologiya va sinekologiyaga 
bo’linadi. Autekologiya turlar va muhit orasidagi o’zaro munosabatlarini o’rganadi. 
Sinekologiya esa turlarning o’zaro munosabatini biotsenoz birikmasida o’rganadi. 
Autekologiya tabiatga moslashish ko’rinishlarini tabiiy tanlanish natijasi sifatida 
ochib bersa, sinekologiya yashash uchun kurashning alohida ko’rinishlarini ajratib 
beradi. Albatta, ekologiyaning ikkala tarmog’i ham o’zaro bog’liq va ularning 
bo’linishi nisbiydir. Ekologiyada ko’payish, alohida mazmunga ega hamda o’ziga 
xos o’rin egallaydi, ba’zan, ekologiyani biologik fan – “u yoki bu turni aniq yashash 
muhitida ko’payish va yashash qonuniyatini o’rganuvchi fan deb qaraydilar”. Bir 
hududda yashab va o’zaro aloqada bo’ladigan har xil turlarning yig’indisi biotsenoz 


deb ataladi. Ular orasida yirtqich va o’lja, betaraflik, o’zaro hamkorlik, o’zaro 
yordam, parazitlik munosabatlari bo’lishi mumkin. V.N.Sukachyov va uning 
shogirdlari tomonidan yaratilgan biotsenozlar haqidagi ta’limotda turli 
organizmlarning o’zaro munosabatlarini ko’p qirrali ekanligi va bu munosabatlar 
biotsenozni tashkil etuvchi (o’simliklar, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar) 
tuproq va muhitning barcha aviotik olimlarining o’zaro aloqadorligi natijasi ekanligi 
ko’rsatildi. Biogeografik izlanishlar bir qator ekologik geografik o’zgarishlar 
qonuniyatlarini aniqlab berdi (masalan tanadagi turtib chiquvchi qismlar-quloq, dum 
va boshqalar. Sovuqroq joylarda qisqaroq va issiqroq joylarda uzunroq bo’ladi). 



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling