Mavzu: Ekologiya haqidagi ta'limotning vujudga kelishi va rivojlanishi Reja


Download 0.49 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana28.12.2022
Hajmi0.49 Mb.
#1011621
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Ekologiya haqidagi ta\'limotning vujudga kelishi va rivojlanishi

Xulosa
Ekologiyaning asosiy yutuqlaridan biri faqat organizm va turlar rivojlanishi 
emas, ekotizimlar rivojlanishining ochilishi ham bo’ldi. Ekotizimning rivojlanishi – 
suktsessiya – jamoaning ayni manzilida bir-birini ketma-ket almashtirib turishidir. 
Suktsessiya bu energetik ma’noda energiya oqimining tizimni qo’llab quvatlab 
turishida energiya ko’payishi tomoniga fundamental siljishini ifodalaydi. 
Suktsessiya o’zining rivojlanish bosqichida turg’inlik va klimaksdan iborat bo’ladi. 
Ularni sistemaning samaralilik kriteriyasi asosida ajratiladi: samaralilikning birinchi 
bosqichida maksimumgacha ortadi, ikkinchisida doimiy qoladi, uchinchisida 
nolgacha kamayadi va sistemaning yo’qolishiga olib keladi.
Bunda entropiya va informatsiyaning teskari aloqalari, shuningdek
ekotizimning rivojlanishi uning barqarorligining oshishi tarafiga har xilligi 
(turlitumanligi)ning ko’payishi hisobiga o’zgarishlar ko’rsatiladi. Bunday xulosani 
butun biosferaga taqdim qilinsa, tabiatga nima uchun 2 mln. turlar kerakligiga javob 
olinadi. Ekologiya vujudga kelguncha evolyutsiya soddaroq turlarning murakkabroq 
turlarga o’z o’rnini bo’shatib beradi deb hisoblanar edi, shu jumladan, insoniyatni 
ham. Demak, soddaroq turlar o’z o’rinlarini murakkab turlarga bo’shatib o’zlari 
keraksiz bo’lib qolar ekan. Ekologiya inson uchun qulay bo’lgan bunday MIFlarga 
41 zarba berdi. Shundan so’ng hozirgi dunyoda uning turli-tumanligining kamayishi 
xavfli ekanligi ma’lum bo’ldi. Ekologiyaning asosiy qonunlariga quydagilar kiradi: 
“minimumlik qonuni” (Libix) – rivojlanishni chegaralovchi faktorlarga, yotarlicha 
bo’lmagan faktorlar; “tolerantnostlik qonuni” – ba’zi faktorlarning ko’pligi (issiqlik, 
yorug’lik, suv) chegaralab qo’yadi; kam sonlilik va haddan tashqari ko’payib ketish 
ham etarlicha ta’sir ko’rsatadi (Olli printsipi); raqobatbardoshlik printsipi – ikki tur 
bir manzilda joylashgan bo’lsa, ular uzoq muddat davomida bir joyda yashab 
qolaolishmaydi; trofik sathlar qancha ko’p bo’lsa, tizimda shuncha ko’p energiya 
yo’qolishi sodir bo’ladi; ekotizimning rivojlanishi ko’p jihatdan alohida 
organizmning rivojlanishiga o’xshashdir.



Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling