Mavzu: Ekologiya monitoring,ekologik ekspertiza va ekologik nazorat
Download 490.06 Kb. Pdf ko'rish
|
mus eko Kelichev 6
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Ekologik ekspertiza to„g„risidagi qonunchilik (2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ- 683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Ekologik ekspertiza to„g„risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. (2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Agar O„zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O„zbekiston Respublikasining ekologik ekspertiza to„g„risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo„lsa, xalqaro shartnoma qoidalari Kelichev B 4 qo„llaniladi. (2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3-modda. Ekologik ekspertiza maqsadlari Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o„tkaziladi: mo„ljallanayotgan xo„jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to„g„risida qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarida bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash; rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo„jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog„lig„iga salbiy ta‟sir ko„rsatishi mumkin bo„lsa yoki shunday ta‟sir ko„rsatayotgan bo„lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash; atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo„yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash. 4-modda. Ekologik ekspertiza turlari Ekologik ekspertiza davlat va jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek ekologik audit tarzida amalga oshiriladi. 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Ekologik nazorat to„g„risidagi qonunchilik Ekologik nazorat to„g„risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O„zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O„zbekiston Respublikasining ekologik nazorat to„g„risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo„lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo„llaniladi. (2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3-modda. Ekologik nazorat tushunchasi Ekologik nazorat atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo„yishga, tabiatni muhofaza qilish faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va jamoatchilik chora-tadbirlari tizimidir. (3-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ- 683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling