Mavzu: ekonometrik modellashtirishning zamonaviy muammolari


Download 50.13 Kb.
bet1/2
Sana19.06.2023
Hajmi50.13 Kb.
#1602749
  1   2
Bog'liq
EKONOMETRIK MODELLASHTIRISHNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI.


MAVZU: EKONOMETRIK MODELLASHTIRISHNING ZAMONAVIY MUAMMOLARI.

REJA:


1. Iqtisodiyotda ekonometrik modellashtirishning zarurligi.
2. Iqtisodiyotda modellarning tasnifi
3. Iqtisodiyotda modellashtirish bosqichlari
4. Ekonometrik modellashtirishning muammolari

1.Ekonometrik usullar oddiy an'anaviy usullami inkor etmaydi, balki ulami yanada rivojlantirishga va ob'ekliv o'zgaruvchan natija ko'rsatkichlarini boshqa ko'rsatkichlar orqali muayyan tahlil qilishga yordam beradi. Ekonometrik usullaming va elektron hisoblash mashinalarining milliy iqtisodiyotni boshqarishda afzalliklaridan biri shundaki, ular yordamida modellashtiruvchi ob'ektga omillaming ta'sirini, natijaviy ko'rsatkichga resurslaming o'zaro munosabatlarini ko'rsatish mumkin. Bu esa o'nlab tarmoqiar va minglab korxonalarda ishlab chiqarish natijalari va milliy iqtisodiyotning ustuvor yo'nalishlarini ilmiy asosda bashorat etishgaprognozlashtirish va boshqarishga imkon beradi.Ekonometrik modellaming ahamiyatini quyidagilarda ko'rish mumkin:


1. Ekonometrik usullar va modellar iqtisodiy va tabiiy fanlami rivojlantirishda yetakchi vosita bo'lib xizmat qiladi.
2. Ekonometrik usullar yordamida moddiy, mehnat va pul resurslaridan oqilona foydalaniladi.
3. Ekonometrik usullar va modellar yordamida tuzilgan bashoratlami umumiy amalga oshirish vaqtida ayrim tuzatishlami kiritish mumkin bo'ladi.
4. Ekonometrik modellar yordamida iqtisodiy jarayonlar faqat chuqur tahlil qilibgina qolmasdan, balki ulaming yangi o'rganilm agan qonuniyatlarini ham ochishga imkoni yaratiladi. Shuningdek, ular yordamida iqtisodiyotning kelgusidagi rivojlanishini oldindan aytib berish mumkin.
5. Ekonometrik usullar va modellar hisoblash ishlarini avtomatlashtirish, aqliy mehnatni yengillashtirish, iqtisodiy soha xodimlarining mehnatini ilmiy asosda tashkil etish va boshqaruv qarorlarini sifatliroq tayyorlash imkonini beradi.Bu kompleksnihg bitta tahlil ob'ekti bor - ya'ni, iqtisodiyot, iqtisodiy tizimlar, asosiy o’rganish predmeti esa, ulardagi miqdoriy bog’lanishlardir. Boshqa iqtisodiy fanlarga qaraganda, ushbu kompleks iqtisodiyotni har xil ekonometrik usullar va modellar asosida tahlil qiladi.
Zamonaviy iqtisodiyot nazariyasi ham mikro-, ham makroiqtisodiyotdatabiy, zaruriy element sifatida matematik modellar va usullarni o’z ichiga oladi.Matematikada iqtisodiyotda foydalanish iqtisodiy o’zgaruvchilar va ob’ektlarningeng muhim, ahamiyatli bog’lanishlarni ajartishga va formal tasvirlashga,iqtisodiyot nazariyasining qoidalari, tushunchalari va xulosalalarini aniq va lo’ndabayon qilishga imkon beradi. Bunda modellar va modellashtirish muhim o’rintutadi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalalaridata’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan kengqamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida”gi 05.06.2018 yilda qabul qilingan PQ-3775 sonli Qarorida“Hududlarda yangi oliy ta’lim tashkil etish, kadrdlar tayyorlashning zamonaviyta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo’limlariningochilishi, oliy ta’lim muassasalalarida qabul kvotalarining oshirilishi mazkuryo’nalishlardagi muhim islohotlar hisoblanadi.
Oliy ta’lim muasasalari innovatsion va texnologik g’oyalar bilan fikralmashadigan muloqot markazlarida aylanmagan, tegishli sohalarda mavjudmuammo va kamchiliklarni tizimli o’rganish, tashkil qilish va ularning yechimibo’yicha taklif kiritish borasida professor o’qituvchilar, yosh olimlar vatalabalarning tashabbus ko’rsatishlari uchun zarur shart-sharoitlaryaratilmagan”ligi takidlab o’tilgan.
Model- bu shunday moddiy yoki xayolan tasavvur ыilinadigan ob’ektki,qaysiki tadqiqot jarayonida haqiqiy ob’ektning o’rnini shunday bosadiki, unibevosita o’rganish haqiqiy ob’ekt haqida yangi bilimlar beradi. Modellarniqurishda tadqiq qilinayotgan hodisani belgilovchi muhim omillar aniqlanadi vaqo’yilgan masalani yechish uchun muhim bo’lmagan qismlar chiqarib tashlanadi.
Ilmiy izlanishlarda modellashtirish qadimgi zamonlardanoq qo’llanilaboshlandi va asta sekin ilmiy bilimlarning qurilish va arxitektura, astranomiya,fizika, ximiya, bilologiya va pixoyat, ijtimoiy fanlar kabi tabora yangi sohalariniqamrab ola boshladi. Birinchi matematik modellar F.Kene, A.Smit (klassikmakroiqtisodiy model), D.Rikardo (xalqaro savdo modeli) tomonidan ishiatilgan. XX asr zamonaviy fanning amalda barcha sohalarida modellashtirish usuliga katta muvaffaqiyatlar va obro'-e'tibor keltirdi.
Turli iqtisodiy hodisalarni o'rganish uchun ularning iqtisodiy modellar deb ataluvchi soddalashtirilgan formal tasvirlaridan foydaianiladi iste'moltanlovi modellari, firma modellari, iqtisodiy o'sish modellari, tovar va moliyabozorlaridagi muvozanat modellari va boshqa ko'p modellar iqtisodiymodellarga misol boiadi.
Iqtisodiyotda matematik model — bu iqtisodiy ob'ektlar yokijarayonlarni tahlil qilish yoki boshqarish maqsadida ularning matematiktasvirlanishi, ya'ni iqtisodiy masalaning matematik yozuvi, Iqtisodiy ob'ektningmatematik modeli — bu uning funksiyalar, tenglamalar, tengsizliklar,mantiqiy munosabatlar, grafiklar majmuasi ko'rinishidagi aks ettirilishidir. Bundayaks ettirish o'rganilayotgan ob'ekt elementlarining munosabatlari to’plaminimodel elementlarining shunga o'xshash munosabatlariga birlashtiradi.
Iqtisodiy-matematik modelllarni amaliyotda qo'llash usullari iqtisodiymatematik usullar deb ataladi, Iqtisodiy-matematik usullar (IMU) iqtisodiyotnio'rganish uchun birlashtirilgan iqtisodiy va matematik fanlarning uyushmasidir.Bu tushuncha fanga XX asrning 60-yillarida akademik V.S.Nemchinovtomonidan kiritilgan bo'lib IMU iqtisodiyot, matematika va kibernetikaningtutashishida hosil bo'lgan.
Asosiy ekonometrik usullarga quyidagi usullar kiradi:
1. Matematik statistika usullari. U o;z navbatida quyidagi usullarga bo'linadi:
a) dispersion tahlil;
b) korrelyatsion tahlil;
v) regression tahlil;
g) omilli (omiliy) tahlil;
d) indekslar nazariyasi.
2 Makroekonometrik usullar:
2. Iqtisodiyotda modellarning tasnifi
a) iqtisodiy о si sh nazariyasi;
b) tarmoqlararo balanslar;
v) ishlab chiqarish funktsiyalari nazariyasi;
g) talab va taklif tahlili;
3. Optimal dasturlash:
a) chiziqli dasim lash;
b) kasr-chiziqli dasturlash;
v) butun sonli dasturlash;
g) dinamik dasturlash;
d) stoxastik daslurlash;
e) o'yinlar nazariyasi va boshqalar.
4. Bozor iqtisodiyotiga taalluqli usullar:
a) erkin raqobat modellari;
b) firmalarga taalluqli modellar.
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi ob’ektlami matematik modellar yordamida kuzatish va o ’rganish mumkin. Bu tushuncha m odellashtirish deyiladi.
M odel so'zi lotincha m odulus so'zidan olingan bo'lib, o'lchov, me’yor degan ma'noni anglatadi.
Iqtisodiy model - iqtisodiy ob'ektlaming soddalashtirilgan nusxasidir. Bunda modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan ob'ektga aynan mos kelishi muhim ahamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o'rganilayotgan ob'ektning hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Bunda jarayonning eng xarakterli va eng muhim belgilari aks ettiriladi.
Demak, modelning haqiqiyligi to'plangan ma'lumotlar hajmiga, aniqlik darajasiga,tadqiqotchining malakasiga va modellashtirish jarayoniga, aniqlanadigan masalaning xarakteriga bog'liqdir. Shuni ham unutmaslik kerakki, juda soddalashtirilgan model qo'yilgan talablarga to'la javob bermaydi va aksincha, murakkab model esa uni echish jarayoniga qiyinchiliklar tug'diradi.
Modellashtirish va modellar o'zining turli sohalardagi tadbiqlariga qarab,moddiy va abstrakt kabi sinflarga bo'linadi.
Moddiy modellar asosan o'rganilayotgan ob'ekt va jarayonni geometrik,fizik, dinamik yoki funksional tavsiflarini ifodalaydi. Masalan, ob'ektningkichiklashtirilgan rnaketi (masalan, litsey, kollej, universitet) va turli xi! fizik, ximik va boshqa xildagi maketlar bmiga rnisol bo'la oladi. Bu modellaryordamida turli xi! texnologik jarayonlarni optimal boshqarish, ulamijoylashtirish va foydalanish yoilari o'rganiladi. Umuman olganda, moddiymodellar tajribaviy xarakterga ega bo’lib, lexnika faniarida keng qo'llaniladi.
Ammo moddiy modeliashtirishdan iqtisodiy maslalarai yechish uchunfoydalanishda ma'lum chegaralanishlar mavjud. Masalan, iqtisodiyotni birorsohasini o'rganish bilan butun iqtisodiy ob'ekt haqida xuiosa chiqaribboimaydi. Ko'pgina iqtisodiy masalalar uchun esa moddiy modellar yaratishqiyin bo'iadi va ko'p xarajat talab etadi.
Abstrakt (ideal) modellar inson tafakkurining mabsuli bo'lib, ularlushunchalar, gipotezalar va turli xil qarashlar tizimidan iborat. Iqtisodiytadqiqotlarda, boshqarish sohalarida, asosan, abstrakt modeliashtirishdanfoydalaniladi.
Ilmiy bilishda abstrakt modellar ma'lurn tillarga asoslangan belgilarmajmuidan iborat. O'z navbaiida, belgili abstrakt modellar matematik valogic tillar shaklidagi matematik logik modellarni ifodalaydi.
Matematik modellashtirish turli xil tabiatli, ammo bir xil matematik bog'lanishlarni ifodalaydigan voqea va jarayonlarga asoslangan tadqiqotusulidir.
Iqtisodiyotda modellar turli asoslarga ko'ra tasniflanadi. Modellar iqtisodiyotning turli tomonlari (xususan, uning ishlabchiqarish-texnologik, ijtimoiy, hududiy tuzilmalari)ni va uning alohidaqismlarini tadqiq qilish uchun mo'ljallanishi mumkin. Modellarni tadqiq qilinayotgan iqtisodiy jarayonlar va muammolar mazmuni bo'yichatasniflashda butun iqtisodiyot modellari (makroiqtisodiy modellar)ni va uningquyi tizimlari — tarmoqlar, hududlar va hokazolarning modellari, ishlabchiqarish, iste'mol, daromadlarni shakllantirish va taqsimlash, mehnat resurslari, baholarni shakllantirish, moliyaviy aioqalar va shu kabilarmodeJlarining majmualari (mikroiqtisodiy modellar)m ajratib ko'rsatish mumkin.
Tuzilmaviy modellar ob'ektlarning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari, ichkiparametria!ini, ular orasidagi o'zaro bogiiqliklarni ifodalaydi. Iqtisodiyotmiqyosidagi tadqiqotlarda ko'proq tuzilmaviy modellar qo'llaniladi, chunki ularquyi tizimlarning o'zaro bog'liqliklari rejalashtirish va boshqarish uchun kattaahamiyatga ega„ O'ziga xos tuzilmaviy modellar sifatida tarmoqlararo aloqalarmodellarini olish rnumkin. Furiktsional modellar iqtisodiy boshqarishda keng qo’laniladi, bunda ob'ektning holati («chiqish»)ga «kirish»ni o'zgartirish yoiibilan ta'sir ko'rsatiladi. Iste'molchilarning tovar-pul munosabatlari sharoitidagixatti-harakatlari modeli bunga misol bo Ma oladi. Aynan bir ob'ekt birvaqtning o'zida ham tuzilmaviy, ham funksional model bilan tasvirlanishimumkin. Masalan, alohida tarmoq tiziminini rejalashtirish uchun tuzilmaviymodeldan foydalaniladi, iqtisodiyot miqyosida esa har bir tarmoq funksional model bilan ifodalanishi mumkin.
Deterrninirlangan modellar model o'zgaruvchilari orasidagi qat'iyfunksional bog'lanishlar borligini nazarda tutadi. Stoxastik modellar tadqiqqilinayotgan ko'rsatkichlarga tasodifly ta'sirlarning borligini e'tiborga oladihamda ularni tasvirlash uchun ehtimollar nazariyasi va matematikstatistikaning vositalaridan foydalanadi.
Statik modellarda barcha bogianishlar vaqtning tayinli payti yokidavriga tegishlidir. Dinamik modellar iqtisodiy jarayonlarning vaqt bo'yichao'zgarishini tavsiflaydi. Qaralayotgan vaqt davrining uzunligiga qarabbashoratlash va rejalashtirishning qisqa muddatli (bir yilgacha), o'rta muddatli (5yilgacha), uzoq muddatli (10-15 va undan ko'proq yilgacha) modellarifarqlanadi. Iqtisodiy-matematik modellarda vaqtning o'zi yoki uzluksiz, yokidiskret ravishda o'zgarishi mumkin.
Iqtisodiyot modellari fazoviy omillar va shartlarni o'z ichiga olishigaqarab fazoviy va nuqtaviy modellar farqlanadi.
Shunday qilib, iqtisodiyotda modellarning umumiy tasnifi o'ndan ortiq asosiy belgilarni o'z ichiga oladi. Iqtisodiy-matematik tadqiqotlamingrivojlanishi bilan qoilanilayotgan modellarni tasniflash muammosimurakkabiashib boraveradi.

3. Iqtisodiyotda modellashtirish bosqichiari.


Modellashtirish jarayonining asosiy bosqichiari turli sohalarda, shujumladan, iqtisodiyotda ham o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Iqtisodiymatematik modellashtirish bitta siklining bosqichiari ketma-ketligi vamazmunini tahlil qilaylik.
Iqtisodiy muammoning qo'yilishi va uni sifat jihatdan tahlil qilish. Bubosqich modellashtiriladigan ob'ektning eng muhim xususiyatlari vaxossalarini ajratib, ularni ikkinchi darajalilaridan abstraktsiyalashni; ob'ektningtuzilmasi va uning elementlarini bog'lovchi asosiy bog'lanishlami o'rganishni;ob'ektning holati va rivojlanishini tushuntiruvchi (hech bo’maganda dastlabki)gipotezalarni shakllantirishni o'z ichiga oiadi.
Matematik modelni qurish. Bu bosqich iqtisodiy muammoniformallashtirish, uni tayinli matematik bog'lanishlar va munosabatlar(funksiyalar. tenglamalar, tengsizliklar va h.k.) ko'rinishida ifodalashbosqichidir. Odatda awal matematik modeining asosiy qurilmasi (turi) aniqlanadi, so'ngra bu qurilmaning tarkibiy qismlari (o'zgaruvchiiar vaparametrlarning aniq ro'yxati, bog'lanishlar shakii) aniqlashtiriladi.
Modelni matematik tahlil qilish. Bu bosqichning maqsadi modeiningumumiy xossalarini aniqlashdan iborat. Bu yerda tadqiqotning sof matematikusullari qo'llaniladi. Modelning analitik tadqiqotida yechimning mavjudligi,yagonaligi, yechimga qaysi o'zgaruvchilar (noma'lumlar) kirishi mumkinligi,ular orasidagi munosabatlar, bu o'zgaruvchilar qaysi doirada va qanday dastlabki shartlarga bog’iq ravishda o'zgarishi, ularning o'zgarish yo'nalishlari va shu kabi masalalar oydinlashtiriladi. Modeining analitik tadqiqoti empiric (sonli) tadqiqotiga nisbatari shunisi bilan afzalki, bunda olinayotgan xulosalarmodelni tashqi va ichki parametrlarining har xil tayinli qiymatlarida o’z kuchinisaqlaydi.
Sonli yechish. Bu bosqich masalani sonli yechish uchun algoritrnlarni ishlab chiqish, EHMlarda dasturlar tuzish va bevosita hisoblashlar o’kazishnio'z ichiga oladi. Bu bosqichdagi qiyinchiliklar, birinchi navbatda, iqtisodiymasalalarning katta hajmi, juda katta axborot massivlarini qayta ishlashzamriyatidan kelib chiqadi.
Sonli natijalar tahlili va ularning tatbiqi. Siklning bu yakunlovchibosqichida modellashtirish natijalarining to'g'riligi va to'laligi, ularning amaldaqo'llanish darajasi haqida muammo ko'tariladi.
Har qanday ekonometrik tadqiqotlar iqtisodiy jarayon va hodisalarni statisik kuzatish natijasida olingan ma'lumotlarga asosiangan holda oiibboriladi. Har bir iqtisodiy hodisa va jarayon esa makro- yoki mikro statistic ko'rsatkichlar orqali ifodalanadi. Statistika nazariyasi fanidan ma’lumki,statistik ko'rsatkichlar mutloq, nisbiy va o'rtachalardan iborat bo'lib, ular o'zlarining miqdoriy va sifat tomonlariga ega. Demak,iqtisodiy jarayonlar yuqoridagi ko'rsatkichlar orqali ifodalanadi. Statistikkuzatish natijasida olingan va tahlil qilingan ma'lumotlar ekonometrik xodisalarning statistik bazasini tashkil etadi.
Tuzilgan va o'tgan davrdagi jarayonlami aks ettiruvchi ekonometrik modellar endi prognozlash masalalarini hal etishda foydalaniladi, ya'ni omilbelgilarning kelajakda qabul qilishi mumkin bo'lgan qiymatlarida jarayondaqanday o'zgarishlar bo'lishi mumkinligi masalasi yechiladi.
Ekonometrik modellarni tuzish bir qancha bosqichlardan tashkil topadi. Ulami alohida ko'rib chiqaylik:
Birinchi bosqich. Iqtisodiy jarayon har tomonlama nazariy, sifat jihatdan tahlil qilinadi va uning parametrlari, ichki va tashqi informatsion aloqalar, ishlab chiqarish resurslari, rejalashtirish davri kabi ko'rsatkichlar aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich. Bu bosqichda izlanayotgan noma'lum o'zgaruvchilar qaysi, qanday maqsadni ko'zda tutadi, natija nimalarga olib keladi kabi savollar aniqlangan bo'lishi kerak.
Uchinchi bosqich. Modellashtirilayotgan jarayonning iqtisodiy-matematik modeli tenglamalari va tengsizliklar tizimi shaklida ifodalanadi.
To’rtinchi bosqich. Tuzilgan iqtisodiy-matematik modelning miqdoriy yechimini aniqlaydigan usul tanlanad
Beshinchi bosqich. Masalani yechish uchun kerakli bo'lgan barcha iqtisodiy ma’lumotlar to'planadi.
Oltinchi bosqich. Olingan ma'lumotlar statistik tahlil qilinib, EHMda tanlangan usul va dasturdan foydalanib, qo'yilgan masala yechiladi.
Yettinchi bosqich. Olingan natijalar iqtisodiy tahlil qilinadi va optimal variant tanlanadi.Yuqorida sanab o'tilgan bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bog'liq va biri ikkinchisini to'ldirib, yagona maqsadni amalga oshirish uchun xizmat qiladi.
Shuni eslalib o ’tish kerakki, masalani kompyuterda echish uchun standart dastur bo'lishi kerak, agar unday dastur bo'lmasa, uni ma'lum algoritmlar asosida tuzish zarur.



Download 50.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling