Mavzu: Ekskursiyani tashkil etish va uni o‘tkazish metodikasi Reja: Ekskursiyani olib borish
Download 360.82 Kb. Pdf ko'rish
|
Mavzu Ekskursiyani tashkil etish va uni o‘tkazish metodikasi
Ko`rganlarni
taqqoslash metodi - bu ko`rilayotgan ob`yektni boshqa ob`yektlar bilan taqqoslashdir. Bu yerda ob`yektning ham o`xshash tomonlari va ham o`ziga xos xususiyatlari taqqoslanadi. Taqqoslash so`zda, ko`rganlarda va hatto xayolan bo`lishi mumkin. Masalan, boshqa shaharlarda joylashgan mashhur ob`yektlar bilan taqqoslash.Taqqoslash ifodali bo`lishi kerak, shundagina sayyohlar uni eslab qolishadi. Taqqoslash metodini qo`llash sayyohlarga masalan, ob`yektning o`lchami, shakli, rangi va boshqa xususiyatlarini konkret tasavvur etishga imkon beradi. Taqqoslash bilishning universal vositasidir. K.D.Ushinskiy shunday degan «Dunyodagi barcha narsani biz taqqoslash orqali bilib olamiz. Oldimizda yangi predmet tursayu, biz uni biror narsaga tenglashtira olmasak, farqlay olmasak, biz bu predmet haqida hech narsa deya olmasdik». “Gid portfeli”dagi ko`rgazmali vositalarni ko`rsatish metodik usuli yordamida ekskursiya jarayonidagi ko`rish qatorida paydo bo`ladigan «bo`shliqlar» to`ldiriladi. Bu vositalar ekskursiya ob`yektlari joyini olmaydi, ular qo`shimcha o`rganish manbai hisoblanib, aniq voqealar, tarixiy hodisalarni qayta tiklashga yordam beradi. Bu metod ko`rish orqali rekonstruksiyalash va voqealarni lokalizatsiyalash metodlari bilan birlashab ketadi(buzilib ketgan madrasa, masjidlarning oldingi rasmlari ko`rsatiladi.Masalan, Imom al-Buxoriy madrasasi). So`zli rekonstruksiya qanchalik kuchli bo`lmasin ko`rgazmali vositalarsiz ob`yektni tasvirlash qiyin bo`ladi. Geografik ekskursiyalarda paleontologik namunalar ko`rgazmali vosita sifatida ishlatiladi. Namunalarni oldindan saralab, keyin material tayyorlash kerak(fauna, flora). Ob`yektni unga o`rnatilgan memorial taxta bilan ko`rsatish metodik usuli ham ekskursiyada ko`p ishlatiladi. Avval ob`yektning o`zi ko`rsatilib, tahlil qilinadi. Qo`shimcha vositalar sifatida ko`rish orqali rekonstruksiyalash metodidan foydalanish mumkin(ekskursiya ob`yekti o`zgarishlarni boshdan kechirgan Aim.Uz bo`lsa).Keyinchalik esa voqealar xotirlanib, memorial taxta qo`yilganligi aytib o`tiladi. Memorial taxta haqida hikoya qilish kerakmi, yo`qmi mutaxassislarning fikri har xil. Buni gid ekskursiya jarayonida vaziyatdan kelib chiqqan holda hal qilishi lozim. Ob`yektni avtobus harakati paytida ko`rsatish. Avtobusli ekskursiya hozirda eng ko`p tarqalgandir. Gid ob`yektlarni harakatda shunday hikoya qilib berishi kerakki,ular sayyohlar xotirasiga muhrlanib qolsin.Bu albatta oson ish emas.Ob`yekt sayyohlar nazaridan sanoqli soniyalarda o`tib ketadi, shuning uchun ularning etiborini oldindan jalb qilish zarur. Sayyohlar ob`yektni ko`rishidan avval, u haqida umumiy malumotlarni oldindan berib borish kerak.Ob`yektni nimalar atrofida ko`rishlarini, uning asosiy belgilarini aytib, sayyohlarni tomosha qilishga yo`naltirish lozim.Bu yerda ekskursiyaning “ko`rsatishdan xikoya qilishga” qonuni buzilgandek ko`rinadi. Lekin bu ekskursiya amaliyotidagi kam uchraydigan holatlar va gid bunday paytda zaruriy ko`nikmalarga ega bo`lishi shart. Panoramali ko`rsatish- bu sayyohlarga aniq bir nuqtadan bir nechta ob`yektlarni umumiy tanishtirishdir. Panoramali ko`rsatish asosan tabiat yon bag`rida tashkil etilgan ekskursiyalarda foydalaniladi. Masalan, tog`larda maxsus shunday ekskursiyalar rejalashtiriladiki, u bir nuqtadan tog`lar cho`qqisi zanjiri ko`rinadigan joylarga tugaydi. Ob`yektning oldida harakatlanish- memoriy ansambllarni, maydonlarni, tabiat komplekslarini tomosha qilishda foydalaniladi. Bu sayyohlarga ob`yektning alohida xususiyatlarini yaxshilab o`rganish imkonini beradi. Bazida buni bir nuqtadan qilish qiyin bo`ladi. Ob`yekt oldida harakatlanish sayyohlarga o`sha davr voqealariga qatnashayotganlik hissini beradi. 1.1. O`qitish metodlarining umumiy tavsifi. Ma`lumki, ta`lim jarayoni o`quvchilarning bilim olish, ko`nikma va malakalarni egallash, ularning ilmiy dunyokarashi, ijodiy izlanishlarini rivojlantirish maqsadiga yo`g`rilgan o`qituvchi va o`quvchilarning o`zaro hamkorligi sanaladi. Boshqacha aytganda, ta`lim mazmunining o`qitish metodlari yordamida o`zlashtirilishiga erishishdir. O’qitish Aim.Uz metodlari tom ma`noda o`qituvchining bilimlarni o`quvchilar ongiga yetkazish va ayni paytda ularni o`quvchilar tomonidan o`zlashtirib olish usulidir. - O`qitish metodlari o`quvchilarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadida qo`llaniladi. Bu ularning asosiy funksiyalari sanaladi, shuningdek, mazkur metodlarning undovchi, rag`batlantiruvchi, uyushtiruvchi va nazorat qiluvchi funksiyalari ham mavjud. - O`qitish metodlari o`qitishning moddiy vositalari bo`lgan darslik, ko`rgazmali, didaktik va tarqatma materiallar bilan uzviy bog`langandir. - O`qitish metodlari aniq o`qitish usullaridan tarkib topadi va pedagogik jarayonga qo`llaniladi. - Inson faoliyati metodlariiing o`zgarishi, o`qitish metodlarining boyishiga va yangilanishiga olib keladi. Axborotlarning globallashuvi sharoitida dasturli o`qitish, EHM dasturlari vositasida o`qitish va h.k. metodlar vujudga keldi. Taniqli didaktik olim Yu.K. Babanskiy o`qitish metodlarini quyidagi 7 guruhlarga ajratgan: 1. O`qitishning og`zaki metodlari (hikoya, suhbat, o`quv ma`ruzasi). 2. O`qitishning ko`rgazmali metodlari. 3. O`qitishning amaliy metodlari, 4. O`qitishning muammoli izlanish metodlari. 5. O`qitishning mantiqiy metodlari. 6. Mustaqil ishlash metodlari, 7. O`qitishda o`quvchilar faoliyatini rag`batlantirish va asoslash metodlari. 8. O`qitishning nazorat va o`z-o`zini nazorat qilish metodlari. Quyida o`qitishning reproduktiv metodlari bo`lgan og`zaki metodlari (hikoya, suhbat, o`quv ma`ruzasi), ko`rgazmali, amaliy metodlarining tavsifi beriladi: 1. O`qitishning og`zaki bayon metodlari guruhi. Og`zaki metodlar qisqa muddatda katta hajmdagi o`quv materialini o`quvchilar ongiga yetkazish, muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, ularni hal etish yo`llarini ko`rsatish, o`quvchilarning nutqini rivojlantirish imkonini yaratadi. Og`zaki metodlarning muvaffaqiyatli qo`llanilishi, o`qituvchiiing: nutq madaniyatini egallaganlik, jumladan, nutqning ravonligi, ovoz kuchi, intonatsiya, axborotlarning obrazliligi, ishonchliligi, asoslovchi, isbotlovchi, emotsiyali, shaxsiy munosabat bilan yo`g`rilganlik darajasiga;axborot texnologiyalari asosida yaratilgan elektron darsliklarda ovoz, animatsiya, harakatlarning uyg`unlik darajasiga bog`liq bo`ladi. Xar bir metod turi kichik uslublardan iborat. Og`zaki bayon metodlari guruhi o`z ichiga suhbat, hikoya, ma`ruza metodlarini oladi. Hikoya metodi o`quvchilarga o`quv materialini yaxlit holda savollar berib, uzmasdan bayon etishni nazarda tutadi. O`qitish amaliyotida xikoyaning aytib berish, ta`riflash, xarakterlash. Tushuntirish, muxokama qilish kabi xillari qo`llaniladi. Yangi mavzu mazmunida yangi tushunchalar, ilmiy axborot ko`p bo`lgan 8 taqdirda, shuningdek, o`qituvchi o`quv materiali yuzasidan faol suhbat o`tkazish imkoni bo`lmagan, izohlash va tushuntirishi lozim bo`lgan, o`quv materialining hajmi katta bo`lib, uni dasturda belgilangan vaqtda o`rganish zarur bo`lgan hollarda hikoya metodidan foydalanadi. Hikoya metodidan darsning qaysi bosqichida foydalanishiga ko`ra hikoya metodining didaktik maqsadi turlicha bo`ladi. - Darsning kirish qismida foydalaniladigan hikoya metodi. - Yangi mavzuni o`rganish jarayonida foydalaniladigan hikoya metodi - Darsning yakunlash qismida foydalanilgan hikoya metodi - O`quvchilarning bilimlarini Aim.Uz nazorat qilish va baholashda foydalaniladigan hikoya metodi Suhbat metodi o`qituvchining o`quvchilar tomonidan yangi mavzu mazmunidagi qonuniyat, tushuncha va atamalarning izchillikda faol o`zlashtirishini ta`minlovchi puxta o`ylangan savollar vositasida ishlashini nazarda tutadi. Suhbat metodi yordamida o`quvchilarning avval o`zlashtirgan bilim va ko`nikmalari faollashtiriladi, ta`limga solinadi, umumlashtiriladi, xulosa chiqariladi va yangi o`rganilayotgan tushuncha bilan o`zaro aloqadorligi yoritiladi. Shuni qayd etish kerakki, o`quvchilarning avval o`zlashtirgan bilimlari asosida yangi mavzuni savollar yordamida o`zlashtirish imkonini beradigan mavzular suhbat metodi vositasida o`rganish tavsiya etiladi. Suhbat metodi o`quvchilarning nazariy bilimlarni o`zlashtirish jarayonini yoritishi, o`quvchilarning avval o`zlashtirgan bilim va ko`nikmalari, hayotiy tajribalaridan foydalanib, qator savollar yordamida yangi bilimlarni o`zlashtirgan, mazkur bilimlardan amaliyotga qo`llashni anglab olishiga zamin tayyorlashni ko`zda tutadi. Suhbat metodi o`quvchilarning nazariy bilimlarni o`zlashtirish uchungina emas, balki ularning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, nutqini rivojlantirish, taqqoslash, taxlil qilish, mantiqiy fikr yuritish ko`nikmalarini tarkib toptirishga yordam beradi. Mazkur metod tarkibiga suhbat savollarini ketma-ketlikda qo`yish, yordamchi 9 va qo`shimcha savollarni o`z vaqtida berish, o`quvchilarni faollashtirish, o`quvchilar javobidagi xatolarni to`g`rilash, xulosa va umumlashirishni tarkib toptirish uslublari kiradi. O`quv ma`ruzasi metodidan o`quv materialining hajmi katta, mantiqiy uzilishi murakkab, tushuncha va atamalarga boy bo`lgan hollarda foydalaniladi. O`quv ma`ruzasi metodidan foydalanilganda quyidagi talablarga e`tibor qaratish lozim: 1. Ma`ruza mazmuni chuqur ilmiy, g`oyaviy va mantiqiy ketma-ketlikda ko`rgazma vositalarga asoslangan holda bayon etilishi. 2. O`quvchilar uchun tushunarli, hissiyotga boy va sodda tipda yoritilishi. 3.O`quvchilarning yoshlik va ruhiy holatlarini hisobga olgan holda 15-20 minutdan so`ng qisqa mustaqil ish yoki savol javob o`tkazish, o`quvchilarning bilish faoliyati faollashgandan so`ng davom ettirilishi lozim. Ma`ruzaning muvaffaqiyatli o`tishi, avvalo o`quvchilarning o`quv bilish faoliyati qanday tashkil etilganligiga bog`liq. Unda o`quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradigan ko`rgazma vositalari mul`timedialar, tabiiy, tasviriy jihozlar va boshqa o`qitish vositalaridan foydalanish hamda ma`ruza davomida o`quvchilar uning rejasi, mazmunini qisqa yozib olishi, savollarga javob topishga erishishi o`qituvchining diqqat markazida bo`lmog`i lozim. Darsning kirish qismida foydalanilgan o`quv ma`ruzasi metodi yordamida o`quvchilarning diqqati jamlanadi, bilish faoliyati faollashtiriladi, bilimlarni qabul qilishga zamin tayyorlanadi. Buning uchun ma`ruzani boshlashda uning mazmuniga oid qiziq misollar, yorqin va hissiyotga boy voqealar keltirilib, o`quvchilar oldiga muammolar qo`yiladi. Darsning asosiy qismida foydalanilgan o`quv ma`ruzasi metodi o`quv materiali didaktik tamoyillarga amal qilingan holda ta`lim mazmuni mantiqiy izchillikda, ko`rgazma vositalari, mul`timedialar, tabiiy, tasviriy jihozlar va boshqa o`qitish vositalaridan foydalangan holda bayon qilishni taqoza etadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling