Mavzu: Ekskursiyani tashkil etish va uni o‘tkazish metodikasi


Download 223.32 Kb.
bet2/5
Sana18.12.2022
Hajmi223.32 Kb.
#1029167
1   2   3   4   5
Bog'liq
2.13-guruh talabasi Adxamova O\'g\'iloyning Boshlang\'ich sinfda sinifdan tashqari ishlar fanidan mustaqil ishi

Oldindan tomosha qilib chiqish metodi haqida Yemelyanov quyidagicha yozadi(1976y): “Bu metod sayohatchilar yodgorlik yonida turganlarida va allaqachon yodgorlikni ko`rib bo`lganlaridan so`ng ishlatiladi. Masalan,” Sizning qarshingizda bobokalonimiz Amir Temur haykali ”.Gid bu bilan sayohatchilar etiborini ob`yekt tomon qaratishni, uning umumiy ko`rinishiga, detallariga etibor berishni taklif etadi. Yodgorlikni birinchi marotaba ko`rayotganlarga oldindan tomosha qilish metodi kitoblarga, otkritkalarga ko`rganlari bilan ro`parasidagini taqqoslash imkonini beradi. Oldindan tomosha qilish metodi ekskursiya ob`yekti kattagina maydonni egallagan bo`lsa ham(masalan,Xo`ja Ismoil al-Buxoriy masjidi, Ichan-qala), 1,5-2 daqiqa davom etishi kerak. Ushbu jarayon boshlanishidan avval, sayohatchilarga ob`yektning u yoki bu detaliga etiborini yo`naltirish maqsadida maslahatlar berish mumkin”

  • Oldindan tomosha qilib chiqish metodi haqida Yemelyanov quyidagicha yozadi(1976y): “Bu metod sayohatchilar yodgorlik yonida turganlarida va allaqachon yodgorlikni ko`rib bo`lganlaridan so`ng ishlatiladi. Masalan,” Sizning qarshingizda bobokalonimiz Amir Temur haykali ”.Gid bu bilan sayohatchilar etiborini ob`yekt tomon qaratishni, uning umumiy ko`rinishiga, detallariga etibor berishni taklif etadi. Yodgorlikni birinchi marotaba ko`rayotganlarga oldindan tomosha qilish metodi kitoblarga, otkritkalarga ko`rganlari bilan ro`parasidagini taqqoslash imkonini beradi. Oldindan tomosha qilish metodi ekskursiya ob`yekti kattagina maydonni egallagan bo`lsa ham(masalan,Xo`ja Ismoil al-Buxoriy masjidi, Ichan-qala), 1,5-2 daqiqa davom etishi kerak. Ushbu jarayon boshlanishidan avval, sayohatchilarga ob`yektning u yoki bu detaliga etiborini yo`naltirish maqsadida maslahatlar berish mumkin”

--Ko`rish orqali rekonstruksiyalash(zritelnaya rekostruksiya) metodi

  • Ko`rish orqali rekonstruksiyalash(zritelnaya rekostruksiya) metodi bu qisman saqlanib qolgan ob`yektning avvalgi holatini xayolan tiklashdir.Bu metod ekskursiyada o`tmishdagi arxitektura yodgorliklari va inshootlarini ko`rsatayotganda, ular bizgacha asl holatini saqlab qolmaganda, keng qo`llaniladi.Ob`yektlarning ko`pginasi avvalgi ko`rinishini yo`qotgan, qayta qurilgan, ularning atrofi ham o`zgargan.
  • Bino va inshootlarning saqlanib qolgan qismi gidga ko`rish orqali rekostruksiyalashni olib borishga yordam beradi.Ko`rishdagi taasurotlarga suyangan holda u so`z orqali ko`rilayotgan ob`yektni tiklaydi.Verbal rekonstruksiyalashdan tashqari gid “gid portfeli”dagi ko`rgazmali vositalardan foydalanishi mumkin: o`tmish rasmlari, kartinalar, sxemalar...
  • Urush voqealarini, davlat arboblari, madaniyat ustalari yashab, ijod qilgan joylarni ko`rsatishda ham ko`rish orqali rekonstruksiyalash metodidan foydalanish mumkin. Ushbu metoddan foydalanish giddan ob`yekt haqida keng va to`liq malumotni talab qiladi. U ob`yektning avvalgi holatini o`zi aniq tasavvur etishi lozim. Ko`rish orqali rekonstruksiyalashbilan parallel ravishda gid obrazli hikoya qilish orqali bu ob`yekt bilan bog`liq voqea, hodisalarni qayta tiklaydi.
  • Ko`rish orqali rekonstruksiyalash metodi shahar, uning alohida viloyatlari, korxonalar kelajagini hikoya qilishda ham ishlatiladi(sxema, maket, rasm, chizmalar yordamida).

Download 223.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling