Mavzu: Ekskursiyani tashkil etish va uni o‘tkazish metodikasi


Download 223.32 Kb.
bet1/5
Sana18.12.2022
Hajmi223.32 Kb.
#1029167
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2.13-guruh talabasi Adxamova O\'g\'iloyning Boshlang\'ich sinfda sinifdan tashqari ishlar fanidan mustaqil ishi

Mavzu:Ekskursiyani tashkil etish va uni o‘tkazish metodikasi

Reja:

1. Ekskursiyani olib borish

2.Ekskursiya ob`yektlarini namoyish etish metodlari:

oldindan ko`rib chiqish;

ko`rish orqali rekonstruksiyalash;

voqealarni lokalizatsiyalash;

ko`rganlarni taqqoslash;

“gid portfeli”dagi ko`rgazmali vositalarni ko`rsatish;

ob`yektni avtobus harakati paytida ko`rsatish;

panoramali ko`rsatish.

3. Ekskursiyani olib borish texnikasining mazmuni.

 4. Ekskursiyada tanaffus.

«Gid portfeli» materiallarini namoyish etish

Ekskursiyani olib borish

  • Avval aytib o`tilganidek, ekskursiya bu diqqatga sazovor, tarixiy joylarni ko`rsatish va ularning ushbu o`lka iqtisodiyoti, madaniyati, tabiyatiga tutgan o`rni haqida hikoya qilish bilan harakterlanadi. Ekskursiyaning bu ikki elementi bir-biri bilan uzviy bog`liqdir.U yoki bu ob`yektlarning mavjudligi hikoya mazmunini belgilaydi, hikoyaning o`zi esa, ko`rsatish uchun aniq ob`yektning mavjudligini talab qiladi. Lekin shuni yodda tutish kerakki, ekskursiya uchun eng muhimi ko`rsatish, namoyish etishdir.U aniq bir reja texnologik xarita asosida olib boriladi. Namoyish etish-ob`yektlar tahlili, zaruriy tushuntirishlar, xulosalar bilan to`ldiriladi.
  • V.A.Sichinava fikricha, ekskursiyaga muhim rol o`ynaydigan ko`rgazmali vositalar 3 turga bo`linadi:
    • ekskursiya marshrutidagi haqiqiy(asosiy) ekskursiya ob`yektlari;
    • qo`shimcha illyustrativ materiallar(gid portfelidagi ko`rgazmali materiallar);
    • so`zli-obrazli material gid mahoratiga bog`liq bo`lib, voqealarni yorqin tushuntirib berish evaziga erishiladi.

Ekskursiya ob`yektlarini ko`rsatish metodlari

  • Ob`yektlarni namoyish etish metodi oson emas va u quyidagilarga bog`liq: harakat vositasi, ishtirokchilar tarkibi, ommaviy qiymati, mashhurligi, namoyonligi, saqlanganlik holati.
  • Ko`rsatish, namoyish etish texnologiyasida ikkita qismni ajratish mumkin. Birinchisi, sayohatchilar etiborini ob`yektga jalb etish va uni atrofidagi binolardan ajratib ko`rsatish maqsadida uning tashqi ko`rinishini so`z bilan ifodalash. Unda: a) qo`l harakatlari bilan ob`yekt joyi ko`rsatiladi(chapda, o`ngda, ikki qavatli bino yonida...), b) ob`yektning tashqi maxsus xususiyatlari sanab o`tiladi(balandligi, rangi, detallari soni, oynalari shakli, devordagi yozuvlari...).
  • Ikkinchisi, namoyish, ko`rsatishning mazmunli qismi, ko`rsatishning metodik usullaridan foydalanishni taqozo etadi. Ekskursiya nazariya va amaliyotida bu metodlar Yemelyanov rahbarligidagi bir qator mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan.

Download 223.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling