- Bu tarixiy voqealar yoki biror bir hodisani aynan bo`lib o`tganidek, aniq lokal sharoitda ko`rsatishdir. Tiklanayotgan tarixiy voqea “mana shu yerda”,”shu yo`nalishda”, “shu joyda” iboralari bilan ifodalanadi. Voqealarni lokalizatsiyalash metodi ko`rish orqali rekonstruksiyalash metodi bilan birgalikda ishlatiladi. Masalan, aynan mana shu stolda Sadriddin Ayniy o`tirib, o`zining o`chmas asarlarini yaratgan, deb gid yozuvchi stolini ko`rsatadi. Yoki «mana shu minora teppasidan jinoyatchilarni tashlab yuborib qatl etishgan» deb Ichan-qal`adagi qatl minorasini ko`rstish mumkin.
- Voqealarni lokalizatsiyalash metodi ishtirokchilarga kuchli emotsional tasir ko`rsatadi.Voqealar ta`sirli hikoya qilinsa, sayyohlar xuddi shu voqeaning ishtirokchisiga aylanadilar.Professional ekskursiya amaliyotida bu metod o`z aksini “joy hokimiyati”(mesto vlasti)iborasiga topgan
Ko`rganlarni taqqoslash metodi - Bu ko`rilayotgan ob`yektni boshqa ob`yektlar bilan taqqoslashdir. Bu yerda ob`yektning ham o`xshash tomonlari va ham o`ziga xos xususiyatlari taqqoslanadi. Taqqoslash so`zda, ko`rganlarda va hatto xayolan bo`lishi mumkin. Masalan, boshqa shaharlarda joylashgan mashhur ob`yektlar bilan taqqoslash.Taqqoslash ifodali bo`lishi kerak, shundagina sayyohlar uni eslab qolishadi.
- Taqqoslash metodini qo`llash sayyohlarga masalan, ob`yektning o`lchami, shakli, rangi va boshqa xususiyatlarini konkret tasavvur etishga imkon beradi.
- Taqqoslash bilishning universal vositasidir. K.D.Ushinskiy shunday degan «Dunyodagi barcha narsani biz taqqoslash orqali bilib olamiz. Oldimizda yangi predmet tursayu, biz uni biror narsaga tenglashtira olmasak, farqlay olmasak, biz bu predmet haqida hech narsa deya olmasdik
Gid portfeli”dagi ko`rgazmali vositalarni ko`rsatish metodik usuli - Bu vositalar ekskursiya ob`yektlari joyini olmaydi, ular qo`shimcha o`rganish manbai hisoblanib, aniq voqealar, tarixiy hodisalarni qayta tiklashga yordam beradi. Bu metod ko`rish orqali rekonstruksiyalash va voqealarni lokalizatsiyalash metodlari bilan birlashab ketadi(buzilib ketgan madrasa, masjidlarning oldingi rasmlari ko`rsatiladi.Masalan, Imom al-Buxoriy madrasasi). So`zli rekonstruksiya qanchalik kuchli bo`lmasin ko`rgazmali vositalarsiz ob`yektni tasvirlash qiyin bo`ladi.
- Geografik ekskursiyalarda paleontologik namunalar ko`rgazmali vosita sifatida ishlatiladi. Namunalarni oldindan saralab, keyin material tayyorlash kerak(fauna, flora).
- Ob`yektni unga o`rnatilgan memorial taxta bilan ko`rsatish metodik usuli ham ekskursiyada ko`p ishlatiladi. Avval ob`yektning o`zi ko`rsatilib, tahlil qilinadi. Qo`shimcha vositalar sifatida ko`rish orqali rekonstruksiyalash metodidan foydalanish mumkin(ekskursiya ob`yekti o`zgarishlarni boshdan kechirgan bo`lsa).Keyinchalik esa voqealar xotirlanib, memorial taxta qo`yilganligi aytib o`tiladi. Memorial taxta haqida hikoya qilish kerakmi, yo`qmi mutaxassislarning fikri har xil. Buni gid ekskursiya jarayonida vaziyatdan kelib chiqqan holda hal qilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |