Mavzu: ekspert tizimlari


Axborot texnologiyalari vositalari va uskunalari


Download 92.64 Kb.
bet3/6
Sana18.06.2023
Hajmi92.64 Kb.
#1562050
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dildoraxon546456

Axborot texnologiyalari vositalari va uskunalari
Moddiy ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar dastgohlar, qurilmalar,asboblar, konveyer liniyalari kabi texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi.Xuddi shunga o‘xshash axborot texnologiyalarida ham o‘ziga xos apparat, dasturiy va matematik ta’minot asosida texnologik jarayonlar
amalga oshiriladi. Ular yordamida birlamchi axborotlar qayta ishlanib,
sifat jihatidan o‘zgartirilgan axborotlar –hisobotlar hosil qilinadi.
Axborot texnologiyalarining apparat ta’minoti – kompyuterlar,
periferiya va yordamchi qurilmalar, aloqa-kommunikatsiya vositalari.
Dasturiy ta’minot – muayyan turdagi kompyuterlarda qo‘yilgan
maqsadga erishish imkonini beruvchi, texnologik jarayonlarda
ishlatiluvchi bir yoki yoki bir necha o‘zaro bog‘langan dasturiy
mahsullardir.
Shaxsiy kompyuter uchun yaratilgan matn muharriri, jadval protsessori,
ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari, nashriyot tizimlari, elektron
kalendarlar, funksional axborot tizimlari (moliyaviy, buxgalteriya, marketing va
shu kabilar) dasturlari, ekspert tizimlari dasturlari dasturiy ta’minotga misol
bo‘la oladilar.
Axborot texnologiyalarining axborot tizimlaridan farqi
Axborot texnologiyalari axborot tizimlari bilan uzviy bog‘liqdirlar. Sababi,
axborot tizimlari axborot texnologiyalari uchun asosiy muhit hisoblanadi.
Axborot tizimi bilan axborot texnologiyasi tushunchalariga berilgan ta’riflarda
qandaydir o‘xshashlik jihatlar ko‘zga tashlanadi. Aslida esa unday emas.
Axborot texnologiyasi kompyuter xotirasida saqlanayotgan turli xil
murakkablikdagi axborotlar ustidagi amallarni qat’iy qoidalar asosida bajarish
69
jarayonidir. Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi – birlamchi axborotlarni
maqsadga yo‘naltirilgan amallar bajarish asosida foydalanuvchi ehtiyojini
qondiradigan, zarur axborot olishdir.
Axborot tizimi kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, dasturiy mahsullar,
ma’lumotlar bazalari, odamlar, turli xildagi texnik va dasturiy vositalar va shu
kabi tashkil etuvchilardan iborat muhitdir. Axborot tizimining asosiy maqsadi
axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatishni tashkil etishdir. Axborot tizimi
axborotlarni qayta ishlashning inson-kompyuter tizimidir.
Axborot tizimi funksiyalarini unga mos bo‘lgan axborot texnologiyalariga
oid bilimlarsiz tatbiq etish mumkin emas. Axborot texnologiyasi axborot tizimi
muhitidan tashqarida ham mavjud bo‘lishi mumkin.
Axborot texnologiyasi boshqa texnologiyalar kabi quyidagi talablarga javob
berishi kerak:
• axborotni qayta ishlash jarayonini yuqori darajada bosqichlar,operatsiyalar, amallarga ajralishini ta’minlashi;
• maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan elementlar to‘plamini o‘z ichiga
olishi;
• muntazam xarakterga ega bo‘lishi kerak. Bosqichlar, amallar, operatsiyalar
axborot jarayonlarini unumli boshqarishda standartlashtirilishi va unifikatsiya
qilinishi mumkin.

Download 92.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling