Mavzu: ekspert tizimlari
Download 92.64 Kb.
|
Dildoraxon546456
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamonaviy axborot texnologiyalari
Avtomatlashtirish — bu inson ish faoliyatini mashina va mexanizmlar bilan
almashtirish demakdir. U texnik, tashkiliy va iqtisodiy mazmundagi xattiharakatlar hamda tadbirlar kompleksidan iborat bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni,boshqaruv jarayonining u yoki bu ishini amalga oshirishda inson ishtirokini qisman yoki butunlay cheklash imkonini beradi. jadval.
Avtomatlashtirish qachon zarur bo‘ladi? Quyidagi hollarda boshqaruvni avtomatlashtirish, demak, axborot tizimini, texnologiyani avtomatlashtirish zarur bo‘ladi: • insonning fiziologik va psixologik imkoniyati mazkur jarayonni boshqarish uchun yetarli bo‘lmasa; • boshqaruv tizimi inson hayoti va salomatligi uchun xavfli muhitda bo‘lsa; • boshqaruv jarayonida ishtirok etish kishidan o‘ta yuqori malakani talab etsa; • boshqarish kerak bo‘lgan jarayon o‘ta tang yoki avariya holatida bo‘lsa. Zamonaviy axborot texnologiyalari Hozirgi zamon jamiyatida axborotlarni qayta ishlashning asosiy texnik vositasi sifatida texnologik jarayonlarni yaratish va ulardan foydalanish konsepsiyasiga hamda qayta ishlash natijalarining sifati, ishonchligiga yetarli darajada ta’sir ko‘rsatgan shaxsiy kompyuter ishlatiladi. Shaxsiy kompyuterning axborotlashtirish jarayoniga tatbiq etilishi va telekommunikatsion vositalardan aloqa vositalari sifatida foydalanish axborot texnologiyalari rivojlanishining yangi bosqichiga yo‘l ochib berdi. Buning natijasida axborot texnologiyasi atamasi “zamonaviy” bilan birgalikda “zamonaviy axborot texnologiyasi”,“zamonaviy kompyuter texnologiyasi” yoki “yangi axborot texnologiyasi” kabi iboralar shakllandi. “Zamonaviy” so‘zi bunday texnologiyaning evolyutsion emas, balki novatorlik (yangilik) tavsifga ega ekanligini ko‘rsatadi. Zamonaviy axborot texnologiyasi tushunchasiga axborotlarni uzatishni ta’minlovchi kommunikatsion texnologiyalari, ya’ni telefon, telegraf, telekommunikatsiya,faks va boshqa shu kabi qurilmalar ham kiradi. Zamonaviy axborot texnologiyasi – shaxsiy kompyuterdan keng foydalanishga,foydalanuvchilarning (dasturlash bo‘yicha mutaxassis bo‘lmaganlar) axborot jarayonida faol ishtirokiga, «do‘stona» foydalanuvchi interfeysining yuqori darajada bo‘lishiga, umumiy va muammo mazmunidagi amaliy dasturlar paketidan keng foydalanishga, EHM hisoblash tarmoqlari tufayli ma’lumotlarning uzoqdagi bazalariga kirib borish imkoniyatiga asoslangan texnologiyalardir. Zamonaviy axborot texnologiyalarining uchta asosiy tamoyillari quyidagilar: • kompyuter bilan interaktiv (muloqot) rejimida ishlash; • boshqa dasturiy mahsullar bilan integratsiyalashuvning mavjudligi (birlashtirish, o‘zaro bog‘liqlik); • qo‘yilgan masala va berilgan ma’lumotlarni o‘zgartirish jarayonining qulayligi. Download 92.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling