Mavzu: ekspert tizimlari
Axborot texnologiyalari vositalari va uskunalari
Download 92.64 Kb.
|
Dildoraxon546456
Axborot texnologiyalari vositalari va uskunalari
Moddiy ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar dastgohlar, qurilmalar,asboblar, konveyer liniyalari kabi texnik vositalar yordamida amalga oshiriladi.Xuddi shunga o‘xshash axborot texnologiyalarida ham o‘ziga xos apparat, dasturiy va matematik ta’minot asosida texnologik jarayonlar amalga oshiriladi. Ular yordamida birlamchi axborotlar qayta ishlanib, sifat jihatidan o‘zgartirilgan axborotlar –hisobotlar hosil qilinadi. Axborot texnologiyalarining apparat ta’minoti – kompyuterlar, periferiya va yordamchi qurilmalar, aloqa-kommunikatsiya vositalari. Dasturiy ta’minot – muayyan turdagi kompyuterlarda qo‘yilgan maqsadga erishish imkonini beruvchi, texnologik jarayonlarda ishlatiluvchi bir yoki yoki bir necha o‘zaro bog‘langan dasturiy mahsullardir. Shaxsiy kompyuter uchun yaratilgan matn muharriri, jadval protsessori, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlari, nashriyot tizimlari, elektron kalendarlar, funksional axborot tizimlari (moliyaviy, buxgalteriya, marketing va shu kabilar) dasturlari, ekspert tizimlari dasturlari dasturiy ta’minotga misol bo‘la oladilar. Axborot texnologiyalarining axborot tizimlaridan farqi Axborot texnologiyalari axborot tizimlari bilan uzviy bog‘liqdirlar. Sababi, axborot tizimlari axborot texnologiyalari uchun asosiy muhit hisoblanadi. Axborot tizimi bilan axborot texnologiyasi tushunchalariga berilgan ta’riflarda qandaydir o‘xshashlik jihatlar ko‘zga tashlanadi. Aslida esa unday emas. Axborot texnologiyasi kompyuter xotirasida saqlanayotgan turli xil murakkablikdagi axborotlar ustidagi amallarni qat’iy qoidalar asosida bajarish 69 jarayonidir. Axborot texnologiyasining asosiy maqsadi – birlamchi axborotlarni maqsadga yo‘naltirilgan amallar bajarish asosida foydalanuvchi ehtiyojini qondiradigan, zarur axborot olishdir. Axborot tizimi kompyuterlar, kompyuter tarmoqlari, dasturiy mahsullar, ma’lumotlar bazalari, odamlar, turli xildagi texnik va dasturiy vositalar va shu kabi tashkil etuvchilardan iborat muhitdir. Axborot tizimining asosiy maqsadi axborotlarni saqlash, qayta ishlash va uzatishni tashkil etishdir. Axborot tizimi axborotlarni qayta ishlashning inson-kompyuter tizimidir. Axborot tizimi funksiyalarini unga mos bo‘lgan axborot texnologiyalariga oid bilimlarsiz tatbiq etish mumkin emas. Axborot texnologiyasi axborot tizimi muhitidan tashqarida ham mavjud bo‘lishi mumkin. Axborot texnologiyasi boshqa texnologiyalar kabi quyidagi talablarga javob berishi kerak: • axborotni qayta ishlash jarayonini yuqori darajada bosqichlar,operatsiyalar, amallarga ajralishini ta’minlashi; • maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan elementlar to‘plamini o‘z ichiga olishi; • muntazam xarakterga ega bo‘lishi kerak. Bosqichlar, amallar, operatsiyalar axborot jarayonlarini unumli boshqarishda standartlashtirilishi va unifikatsiya qilinishi mumkin. Download 92.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling