Mavzu; Elektir uzatish havo lenyalarida ishlar xavfsizligini taminlovchi tashkiliy chora tadbirlar


Download 36.55 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi36.55 Kb.
#1573391
Bog'liq
mirjalol (2)


Mavzu; Elektir uzatish havo lenyalarida ishlar xavfsizligini taminlovchi tashkiliy chora tadbirlar.
Reja;

  1. Havo elektr uzatish tarmoqlarini ko’rikdan o’tkazish va tekshirish.

  2. Havo elektr uzatish tarmoqlaridagi har xil ishlar. Kabel aloqa tarmoqlari.

  3. Havo elektr uzatish tarmoqlari simlarini va ustunlarini ajratib buzish hamda ustun elementlarini almashtirishda xavfsizlik qoidalari.

Havo elektr uzatish tarmoqlarini yoki ¢chirish-yoqish punktlarini k¢rikdan ¢tkazish jarayonida biron-bir ta’mirlash va tiklash ishlarini bajarish, shuningdek ustunlarga va uning konstruktiv b¢laklariga k¢tarilish man etiladi.Havo elektr uzatish tarmoqlari ustunlariga k¢tarilib tekshirishga ruxsat etiladi.Ishlatish qiyin joylarda (botqoq, suv t¢siqlari, tog’, ¢rmon va hokazo) va havo aynigan sharoitlarda, hamda kunning qorongi paytlarida havo elektr uzatish tarmoqlarini k¢rikdan ¢tkazish II gruppaga ega b¢lgan ikki xodim tomonidan amalga oshirilishi kerak. Qolgan paytlarda havo elektr uzatish tarmog’ini ko’rikdan o’tkazish II gruppaga ega bo’lgan bir xodim tomonidan amalga oshirilishi mumkin.


Kunni qorong’i paytida havo elektr uzatish tarmog’ini ko’rikdan o’tkazishda simlar ostidan yurish man qilinadi.
Havo elektr uzatish tarmog’ini nosoz joyini qidirayotganda ko’rikdan o’tkazuvchida o’zi bilan ogohlantiruvchi belgi yoki shiorlar bo’lishi zarur.
1000 V kuchlanishdan yuqori havo elektr uzatish tarmoqlarini uzilib yerda yotgan simlariga 8 metrgacha masofaga yaqinlashish man qilinadi.Bunday simlarga odamlar va hayvonlarni yaqinlashishini oldini olish uchun nazoratchilar qo’yilishi, mumkin bo’lgan hollarda ogohlantiruvchi belgilar yoki shiorlar qo’yilishi va ushbu hodisa to’g’risida elektr tarmoqlari korxonasiga xabar berilishi zarur. Agar temir-beton ustunli 6-35 kV kuchlanishli havo elektr uzatish tarmog’i izolyatorlarining nosozligi, simlarni ustunga tegib turganiva boshqa sabablar natijasida yerga tok o’tayotganlik alomati sezilsa, (ya’ni yerdan namning ko’tarilishi, ustunda va ustunning yerga tegib turgan joyida elektr yoyining paydo bo’lishi va boshqa belgilar) kuchlanish ostidagi ustunga 8 metrdan kam masofaga yaqinlashish man etiladi. Havo elektr uzatish tarmoqlari simlarini va ustunlarini ajratib buzish hamda ustun elementlarini almashtirish ish rahbari ishtirokida texnologik karta yoki ish bajarish loyihasi asosida bajarilishi zarur.

Faqat ustunning mahkam va chidamli ekanligiga ishonch hosil qilingandagina ustunga chiqish va uning ustida ishlashga ruxsat etiladi. Ustunlarni mustahkam turganiga shubha tug’ilgan taqdirda (ustunlarni yerga mo’ljaldan kam chuqurlikda kumilganligi, tuproqni yumshoq va maydaligi, yog’ochlarni chiriganligi, betondagi darzlar va hokazolar) ularni mahkamlash zaruriyatini va usulini ish rahbari yoki ishboshchi ish joyida belgilaydi.


Ustunlarni tortkilar yordamida mahkamlash ishlari ustun ustiga chiqmasdan turib, ya’ni teleskopik minora yoki boshqa odamlarni ko’tarishga mo’ljallangan mexanizmlarni bevosita ustun yoniga o’rnatib, yoki bu ishlarni ustunlarga ko’tarilmasdan o’rnatiladigan maxsus mustahkamlash qurilmalaridan foydalanib amalga oshirilishi kerak.Ustun mustahkamlangandan keyingina unga ko’tarilishga ruxsat etiladi.Sim va troslarni bir tomonlama tortishilishiga mo’ljallanmagan ustunlar va vaqtincha shunday tortilish paydo bo’lishi mumkin bo’lgan taqdirda ularni ag’darilib tushmasligi uchun oldindan mahkamlangan bo’lishi shart.Oraliqdagi ustunlarni oldindan mahkamlamasdan turib, ularga osilgan simlarni butunligini buzish va sim bog’ichlarini bo’shatish man qilinadi. Ustunga chiqish quyidagi brigada a’zolariga ruxsat etiladi:
- III gruppaga — hamma turdagi ishlarni bajarish uchun ustunning yuqorisigacha chikish;
- II gruppaliga — uzib qo’yilgan elektr uzatish tarmog’ini hamma ustunlarini yuqorisigacha chiqib bajariladigan ishlarga, uzilmagan elektr uzatish tarmog’ida esa ustundagi eng pastki simdan ishlayotgan ishchining boshigacha bo’lgan masofa 2 metr qolguncha ustunni tok o’tkazmaydigan qismida bajariladigan barcha ishlarga. Ustunlarni bo’yash bilan bog’liq ishlar bundan mustasno (14.1.16);
- I gruppaliga—er sathidan 3 metrgacha bo’lgan balandlikdagi (ishchining oyog’igacha) barcha turdagi ishlarga.
Yuqorida bajariladigan ayrim turdagi ishlar ushbu Qoidada qayd qilingani bo’yicha ushbu ishlarni bajarish uchun elektr xavfsizligi gruppasiga ega bo’lgan xodimlar tomonidan bajarilishi kerak.
Yog’och va temir-beton ustunlarga k¢tarilishda himoya kamarini osma arqoni yog’och ustun orqasidan aylantirib ¢tkazib olinishi, temir-beton ustunlarda esa ustun orqasidan aylantirib ¢tkazib olinishi yoki ustunga mahkamlangan narvonga mahkamlanishi kerak.Burilishlarga ¢rnatilgan shtirli izolyatorli ustunlarning ichki burchak tomonidan chiqish va ishlash man qilinadi. Ustunlarda ishlaganda himoya kamaridan foydala¬nish hamda ikkala montyor tirnog’i q¢llanilganda unga ¢rnashib ishlash shart.Ustunning asosiy tik turgan qismida ishlaganda shunday joylashish kerakki, bunda kuchlanish ostida b¢lgan eng yaqin turgan sim e’tibordan y¢qolmasligi zarur. Yerdan izolyatsiya qilingan mamaqaldiroqdan himoya qiluvchi trossga tushgan yerga ulagichni ulash va olishdan oldin tross avval yerga ulanishi zarur.
Havo elektr uzatish tarmoqlaridagi 240 mm2 va undan yo’g’on simlarda, 70 mm2 va undan yo’g’on trosslarda odamlarni sim va tross bo’ylab harakat qilishlariga ruxsat etiladi.Har bir fazasi kokillarga bo’lingan sim va trosslar bo’ylab harakat qilganda, xodim himoya kamari arqonini ularga, maxsus aravachalar ishlatilgan taqdirda esa, aravachaga mahkamlangan bo’lishi zarur. . Kabel aloqa tarmoqlarini yuqori kuchlanish bilan sinash jarayonida sinalayotgan uchastka cheklangan bo’lishi zarur. Kabel aloqa tarmoqlarini sinalmayotgan uchastkalarida sinash kuchlanishi paydo bo’lishini oldini olish uchun sinalayotgan uchastka bilan sinalmayotgan uchastka orasidagi hamma ulovchi simlar sinov jarayonida olib qo’yilgan bo’lishi shart. Izolyatsiyani elektr mustahkamligini sinash mobaynida kabel aloqa tarmoqlarini har ikkala tomonida turgan xodimlar orasida o’zaro aloqa bo’lishi zarur.
Kabel aloqa tarmog’ini ikkinchi tomoniga o’rnatilgan telefon apparata sinash ishlarini boshlashdan oldin, ajratgich kondensatorlari (sig’imi 0,1 mkf va ishchi kuchlanishi 5-6 kV) orqali aloqa uchun mo’ljallangan juft aloqa simining har biriga ulangan bo’lishi kerak. Telefon apparati va kondensatorlarni quduq, yoki chuqur tashqarisidagi dielektrik rezinali gilamcha to’shalgan taxta supada joylashtirish zarur. Telefon orqali gaplashishni, faqat ish rahbaridan chaqiriq olingan takdirdagina kabelda sinash kuchlanishi yo’q bo’lgan paytda amalga oshirish kerak. Kabel aloqa tarmog’ini sinash jarayonida telefon apparati va unga ulangan simlarga tegish man qilinadi.Sinash jarayonida ish rahbarini telefon apparati aloqa tarmog’idan uzilgan bo’lishi keraq uni ulash esa, sinash ishlari tamom bo’lgandan keyin hamda kabeldan elektr zaryadi olingandan keyingina bajarilishi lozim.Kabelga sinash kuchlanishini berishdan oldin, ish rahbari telefon orqali brigada a’zolarini sinash ishlari boshlanganligi to’g’risida ogohlantirishi zarur.Sinash jarayonida boksda va kabelning ajratilgan uchlaridagi simlarda qayta ulash ishlarini bajarish va kabelga tegish man qilinadi.
Kabel aloqa tarmoqlarida ko’chma o’lchov asboblari bilan o’lchash ishlari kamida 2 xodim, biri IV gruppali, boshqasi III gruppali xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim.Havo elektr uzatish tarmoqlari va o’zgaruvchan elektr toki bilan elektrlashtirilgan temir yo’lning «Xavfli ta’siri»-ga uchraydigan kabel elektr uzatish tarmoqlaridagi elektr o’lchash ishlarini hi¬moya vositalari qo’llab bajarish zarur.Kabellarni zanglashiga qarshi himoya qurilmalariga va daydi tok manbalariga himoya qiluvchi uskunalarni ulash hamda katod uskunalarida kuchlanishni olmay bajariladigan ishlar elektr himoya vositalarini qo’llab bajarilishi zarur.
Drenaj uskunalaridagi ta’mirlash ishlarini bu uskuna kontakt tarmog’i tarafidan va kabel o’chirilganidan keyin hamda drenaj kabeli elektrlashtirilgan temir-yo’l yoki tramvay kontakt tarmog’i tomonidan yerga ulangandan keyingina, bajarishga ruxsat etiladi.Kabelni mo’’tadil havo bosimi ostida saqlab turuvchi kompressor-Signal uskunalarini ekspluatatsiya qilish Davlat texnika Nazorati tasdiqlagan «Bosim ostida ishlayotgan idishlarni tuzilishi va xavfsiz ekspluatatsiya qilish qoidalari»-ga asosan olib borilishi shart. Kompressor-Signal uskunalarini ekspluatatsiya qilipsh III gruppaga ega bo’lgan xodimlarga ruxsat etiladi.Kompressor-Signal uskunalaridagi hamma ishlar uskunani o’chirib, kuchlanish olingandan keyin farmoyish bilan bajarilishi mumkin.Kompressor-Signal uskunalarini quritish va avtomatika bloklarini oldi, orqa va yon tomonidagi panellarni olib ish boshlashga, uskunadan kuchlanish olingandan so’ng 15 minut keyin ruxsat etiladi.
Quritish va avtomatika bloklari oldidagi hamma ishlarda rezinkali dielektrik gilamchadan foydalanish zarur.Kabel aloqa tarmoqlarida uzoqdan boshqariladigan navbatchisiz kuchaytirgich pupktlarning o’zgarmas va o’zgaruvchan tok manbalari quyidagi ishlarni bajarishda o’chiriladi:
- kabellarni boshqa yerga ko’chirish, almashtirish va yangisini osishda;
- buzilgan telefon aloqa tarmog’ini ta’mirlashda; kabel parametrlarini o’lchashda.
Navbatchisiz kuchaytirgich punktlarini uzoqdan boshqaruv manbai, dispetchsrlik va texnologik boshqaruv vositalari xizmati navbatchisining navbatchisi bo’lgan kuchaytirgich punkti boshlig’i yoki navbatchi nomiga berilgan talabnomasiga asosan o’chiriladi. Talabnomada kabel nomi, ish joyi xarakteri va uchastkasi, ishni boshlash va tugatish vaqti, uzoqdan boshqaruv manbai turi, ish rahbarining familiyasi ko’rsatiladi.Navbatchisiz kuchaytirgich punktining uzoqdan boshqaruv manbai, navbatchisi bo’lgan kuchaytirgich punktb boshlig’i yoki navbatchisi tomonidan unga javobgar vakil ruxsati bilan kuchaytirgich punkt manba’idan o’chiriladi.
Uzoqdan boshqaruv manbaini o’chirgan kalita va knopkalarga «Ulanmasin! Tarmoqda ish bajarilmoqda» degan shior osilishi shart.
Uzoqdan boshqaruv manbai zanjirida apparatura konstruktsiyasiga qarab, ushbu tarmoqda taalluqli dujka (sim qopqasi), saqlagich yoki boshqa elementlar (bo’laklar) olib uzilish joylari hosil qilish kerak. Bu ishlarni bajarishda dielektrik qo’lqopdan foydalanish zarur.Uzoqdan boshqaruv manbaini o’chirish bilan birga kabeldan teleboshqaruv va signalizatsiya uskunalariga berilayotgan kuchlanish ham olinishi va ularning platasiga «Ulanmasin! Tarmoqda ish bajarilmokda» degan shior osilishi zarur.Navbatchisiz kuchaytirgich punktlarida ish bajarishga ruxsat olingandan keyin ish rahbari ta’mirlash uchun mo’ljallangan kabelni aniqlashi, unda kuchlanish yo’qligini tekshirishi va elektr zaryadini olishi kerak. Bu ishlar himoya ko’zoynagi va dielektrik qo’lqopdan foydalanib bajarilishi zarur.
Navbatchisiz kuchaytirgich punktlaridagi kabellarda xavfsiz ishlashni ta’minlash uchun uzoqdan boshqaruv manbaidan kelayotgan zanjirda qo’shimcha uzilish joylarini tashkil qilish kerak. Simmetrik kabelni uzoqdan boshqaruv manbaidan ko’zga ko’rinarli ajrim hosil qilib, o’chirish uchun, bokslardan ikki juftli vilka olinishi zarur.
Koaksial juftlardan iborat kabellarda ko’zga ko’rinarli ajrim hosil qilish uchun filьtr va avtotransformator oralig’idagi platadan tegishli dujkalar olinishi, simmetrik juftlarda esa, qo’shimcha ustunlarda joylashgan bokslardagi dujkalar ham olinishi kerak. Olishga mo’ljallangan dujka va vilkalarni bir-biridan farqli bo’yoq bilan ajralib turishlari zarur. Navbatchisiz kuchaytirgich punktlaridagi kabellarda brigadani ishlashiga ijozat berish banddagi tadbirlar bajarilgandan keyin ish rahbari tomonidan amalga oshiriladi. So’zlar bilan ogohlantirish va ushbu ogohlantirishish hamma brigada a’zolari eshitganligi to’g’risida ishonch hosil qilgandan keyingina sinash uskunasini yuqori kuchlanishli tomonidan yerga ulagichni olib tashlab uskunani 380/220 V kuchlanishli tarmoqda ulashi zarur. shda quyidagi talablar bajarilishi lozim:
quruq, isitiladigan xonalardagi maxsus shkaflarda agressiv muhit ta’siridan saqlanishi;
shaxsiy ekranlovchi komplekt davriy ravishda tozalanishi (quruq kimyoviy tozalashga ruxsat etiladi, yuvish taqiqlanadi);
shaxsiy ekranlovchi komplekt elementlarining tashqi ko‘rinishini yaxshilash va elektr o‘tkazuvchanligini tiklash maqsadida ta’mirlanishi (ta’mirlash vaqtida ekranlovchi materialni oddiy materialga almashtirish taqiqlanadi). UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Qoidalarning talablari kuchlanish ostidagi 110—500 kV elektr uzatish havo liniyasida ish olib boradigan tashkilotlar uchun majburiydir.
Ushbu tashkilotlarda kuchlanish ostidagi elektr uzatish havo liniyasining tok o‘tkazuvchi qismlariga bevosita tegib turib bajariladigan ishlar maxsus tayyorgarlik va attestatsiyadan o‘tgan brigadalar tomonidan amalga oshiriladi.
2. Brigadaning mas’ul rahbari elektr xavfsizligi bo‘yicha IV guruhdan kam bo‘lmagan malakaga ega bo‘lishi lozim. Brigadaning qolgan a’zo (ishchi)lari elektr xavfsizligi bo‘yicha III guruh malakasiga ega bo‘lishlari mumkin.
3. Kuchlanish ostidagi elektr uzatish havo liniyasida amalga oshiriladigan ishlar Elektr uskunalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalariga (ro‘yxat raqami 1614-son, 2006-yil 18-avgust) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 33-son, 337- modda) muvofiq belgilanadi.
4. 110-500 kV elektr uzatish havo liniyasining tok o‘tkazuvchi qismlariga bevosita tegib turib kuchlanish ostida ish bajarilishida 50 Hz chastotali elektromagnit maydonlari, tojli razryad vaqtida hosil bo‘luvchi elektromagnit nurlanishi, aeroionlashishi, azot oksidlari, shovqindan, elektr maydonida mavjud bo‘luvchi sig‘im va impuls toklari bo‘lgan zararli omillardan himoyalanish kerak.
5. Ishchilarning tanasidan doimiy o‘tib turuvchi sig‘im toki me’yor 0,06 mA dan oshmasligi lozim.
6. Ishchilarning tanasidagi elektr maydon kuchlanganligi me’yoriy miqdor 5 kV/m dan oshmasligi kerak.
7. Ishchilarning tanasiga ta’sir etuvchi magnit maydonining kuchlanish qiymati me’yori 5,0 A/m dan oshmasligi lozim. 8. Kuchlanish ostidagi elektr uzatish havo liniyasida ishlovchi ishchilar qo‘lining barmoqlari magnit maydonida joylashgan simga tekkanida kaftning ichki qismidagi 5,0 A/m gacha bo‘lgan potensial ta’sirida 4 soatgacha ishlashiga ruxsat etiladi.
9. Kuchlanish ostidagi 500 kV elektr uzatish havo liniyasi potensiali ta’siridagi ish joyida 60 kNz dan 300 MNz gacha chastotali elektromagnit nurlanishi darajasi 15 V/m dan oshmasligi kerak.
10. Elektromagnit nurlanishidan himoyalash uchun 500 kV gacha bo‘lgan elektr uzatish havo liniyasida 0,06-3 MNz diapazon uchun elektromagnit nurlanishi 70 V/m, 3-30 Nz diapazon uchun 42 V/m hamda 30-300 MNz diapazon uchun 14 V/m bo‘lganda 4 soatgacha ishlashga ruxsat etiladi.
11. Potensial ta’sirida ishlovchi ishchilarning nafas olish organlarini himoyalash uchun aeroionlardan himoyalovchi vositalaridan foydalanilganda 8 soatlik ish kuni davomida elektr uzatish havo liniyasi atrofidagi aeroionlarning cheklangan miqdordagi konsentratsiyasi (bundan keyingi o‘rinlarda ChMK deb yuritiladi) har sm3 da 5000 zaryadlangan zarrachalardan oshmasligi lozim.
12. Kuchlanish ostidagi 500 kV gacha bo‘lgan elektr uzatish havo liniyasidan 0,1-1 m uzoqlikda dioksid va azot oksidi konsentratsiyasi sakkiz soatlik ish kuni uchun belgilangan ChMK 2 mg/m3 dan oshmasligi kerak.
13. Kuchlanish ostidagi 500 kV gacha bo‘lgan elektr uzatish havo liniyasida ishlovchi ishchilarning 8 soatlik ish kuni davomida shovqinning cheklangan miqdordagi darajasi 80 dB dan oshmasligi kerak. HIMOYa VOSITALARI
14. Elektr uzatish havo liniyalari potensiali ostida ishlovchi ishchilar asosiy himoya vositasi hisoblangan yozgi mavsumda EP-1 yoki EP-4(yo), qishki mavsumda EP-3 yoki EP-4(q) hamda EI-2 rusumli shaxsiy ekranlovchi komplektlar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak. Shaxsiy ekranlovchi komplektga qo‘yiladigan talablarning texnik tavsifi mazkur Qoidalar ilovasining 1 -jadvaliga muvofiq belgilanadi.
15. Shaxsiy ekranlovchi komplekt elektr uzatish havo liniyasi potensiali ta’sirida ishlovchi ishchilarni elektr maydoni va unga yo‘ldosh omillar, elektromagnit maydoni, aeroionlashish kabi faktorlar darajasini pasaytirib, himoya qilinishini ta’minlashi lozim.
16. Shaxsiy ekranlovchi komplektning himoyalash xususiyatlari kamida uch yil davomida o‘zgarmasdan saqlanishi kerak.
17. Shaxsiy ekranlovchi komplekt yopiq ekranlangan doirani (xususiy Faradey katagini) hosil qilishi lozim.
18. Shaxsiy ekranlovchi komplektning elementlari kurtka, kombinezon, kaska ustiga yoping‘ich, yuz uchun ekran, qo‘lqop, paypoq, poyabzallardan (teridan tikilgan botinka, rezina etik, rezina kalish) iborat bo‘lishi kerak.
19. Shaxsiy ekranlovchi komplektining elementlari elektr o‘tkazgich materiallardan tayyorlanishi va bir-biri bilan belbog‘lar va (yoki) kontakt tugmachalar orqali ulanishi, shuningdek ulagich, poyabzal va qo‘lqoplarda knopkali ulagichlar o‘rnatilishi lozim. 20. Kurtka, kombinezon va kaska yoping‘ichi to‘qimali ekranlovchi materialdan tayyorlanishi va mustahkam kontaktga ega bo‘lishi hamda kurtka va kombinezonlarning astari bo‘lishi shart.
21. Shaxsiy ekranlovchi komplekt qisqichi bor o‘tkazgich sim bilan ta’minlanishi kerak.
22. Shaxsiy ekranlovchi komplektning yuz uchun ekrani ko‘rishning 20 foizdan ortiq to‘smaydigan elektr o‘tkazuvchi toladan to‘r ko‘rinishida tayyorlanishi lozim.
23. Qo‘lqop va paypoqlar shaxsiy ekranlovchi komplekt tayyorlangan material tolalaridan tayyorlanishi hamda ular bilan birga paxta tolali pataklar bo‘lishi kerak.
24. Etik va kalishlar elektr o‘tkazuvchi rezinadan tayyorlanishi kerak. Botinkaning elektr o‘tkazuvchi tagcharmi va ekranlovchi materialdan tagligi bo‘lishi kerak.
25. Shaxsiy ekranlovchi komplektdan foydalanishda quyidagi talablar bajarilishi shart:
shaxsiy ekranlovchi komplektning elementlaridan birgalikda foydalanish va ular bir-biri bilan galvanik ulanishi;
foydalanilgan shaxsiy ekranlovchi komplektdan unga kimyoviy ishlov berilgandan keyin foydalanish uchun ruxsat berilishi;
sinov natijalari va tashqi ko‘rinishi bo‘yicha yaroqsiz holga kelib, uning xususiyatlarini tiklashning iloji bo‘lmaganda almashtirilishi.
26. Shaxsiy ekranlovchi komplektning tanaffussiz ishlash vaqti tashqi muhit haroratidan kelib chiqib, ruxsat etilgan ishlash davomiyligi interpolatsiya yo‘li bilan ushbu Qoidalar ilovasining 2-jadvaliga muvofiq aniqlanadi.
27. Shaxsiy ekranlovchi komplektning texnik holatini tekshirish undan tashish, saqlash va foydalanish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni aniqlash uchun amalga oshiriladi. 31. Qo‘lqop va paypoqlarning qarshiligi chiqish kuchlanishi 10 V dan yuqori bo‘lmagan kuchlanishli ommetr bilan o‘lchashda qo‘lqoplarning kurtka yengi bilan ulanadigan chiqishi va har bir barmog‘ining uchi o‘rtasidagi qarshilik, paypoqda uning yuqori qismi va uchi orasidagi qarshilik aniqlanadi. Aniqlovchi sifatida eng katta o‘lchangan qiymat tanlab olinadi.
32. Shaxsiy ekranlovchi komplektni foydalanishga tayyorlashda quyidagi talablar bajarilishi lozim:
a) shaxsiy ekranlovchi komplekt elementlarining quyidagicha ulanishi:
kurtka yoqasidagi chiqish kaska ustidagi yoping‘ichining chiqishi bilan;
kurtkaning yon choklari kombinezon ustki qismi chiqishi bilan;
kurtkaning yengidagi chiqishlar qo‘lqopning chiqishlari bilan;
kombinezonning etagidagi chiqishlar poyabzalning chiqishlari bilan;
yuz uchun ekranning chiqishi kurtka kapyushonining chiqishi bilan;
b) ishchilarning shaxsiy ekranlovchi komplektlarining elementlari ulanishining to‘g‘riligi va mustahkamligi mas’ul rahbar tomonidan tekshirilishi;
v) quyidagi holatlarda ishlash taqiqlanadi:
shaxsiy ekranlovchi komplekt elementlari nosoz bo‘lsa;
ulagich yoki tugmachali ulagich uzilgan bo‘lsa;
poyabzal tagcharmi ajralgan bo‘lsa yoki uning ajralayotganligiga gumon bo‘lsa;
shaxsiy ekranlovchi komplektning texnik holati tekshirilmagan bo‘lsa.
33. Shaxsiy ekranlovchi komplektni kiyib ish bajarishda quyidagi talablarga rioya etilishi kerak:
elektr uzatish havo liniyasi potensiali ta’sirida ish bajarilganda ekranlovchi komplekt ishchilar kabinasi (aravachasi) bilan bevosita galvanik ulanishi. Bunda texnologik uskunalar va ekranlovchi komplektlar potensialining teng taqsimlanishi ta’minlanishi kerak;
ishchining elektr uzatish havo liniyasiga ko‘tarilishidan oldin shaxsiy ekranlovchi komplekt sim potensialini ko‘chiruvchi shtanga bilan va komplekt potensialini texnologik uskunaga ko‘chiruvchi shtanga bilan ulanishi;
sim potensialini shtanga yordamida ko‘chirish sim va ekranlovchi komplekt orasida uchqunli razryad paydo bo‘lmasligiga imkon beradigan masofada amalga oshirilishi;
220 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish havo liniyasi tayanchi yoki traversida bo‘lgan ishchilar tayanchdan izolatsiyalangan chaqmoqdan himoyalovchi trossga 1m dan kam masofaga yaqin kelmasligi;
ish jarayonida shaxsiy ekranlovchi komplektning ulovchi kontaktlarida nosozliklar, choklarida ochiq joylar yoki boshqa nosozliklar aniqlansa, ish to‘xtatilishi va ishchi yerga tushirilishi, nosoz shaxsiy ekranlovchi komplekt esa ta’mirlanishi yoki boshqa ishga yaroqligiga almashtirilishi.
34. Shaxsiy ekranlovchi komplektni saqlash va ta’mirlashda quyidagi talablar bajarilishi lozim:
quruq, isitiladigan xonalardagi maxsus shkaflarda agressiv muhit ta’siridan saqlanishi;
shaxsiy ekranlovchi komplekt davriy ravishda tozalanishi (quruq kimyoviy tozalashga ruxsat etiladi, yuvish taqiqlanadi);
shaxsiy ekranlovchi komplekt elementlarining tashqi ko‘rinishini yaxshilash va elektr o‘tkazuvchanligini tiklash maqsadida ta’mirlanishi (ta’mirlash vaqtida ekranlovchi materialni oddiy materialga almashtirish taqiqlanadi).
35. Shaxsiy ekranlovchi komplektni elektr o‘tkazuvchanligini qayta tiklash maqsadida ta’mirlashga ruxsat etilmaydi.
36. Shaxsiy ekranlovchi komplektning biror qismini ko‘chirish va kontakt ulagichlarga ilib qo‘yish taqiqlanadi.
37. Elektr uzatish havo liniyasida ishlaydigan ishchilar uchun shaxsiy ekranlovchi komplektdan tashqari qo‘shimcha himoya vositalari talab etilmaydi.
38. Yerda ishlovchi ishchilar ish kuni davomida ekranlovchi komplektlarsiz ishlashlariga ruxsat etiladi.
39. Ishchilarning ekranlovchi komplektlarining elementlari ulanishi to‘g‘riligi va mustahkamligi mas’ul rahbar tomonidan tekshirilishi shart.
III bob. MEHNAT MUHOFAZASI BO‘YIChA ChORA-TADBIRLAR
40. Kuchlanish ostidagi 110-500 kV elektr uzatish havo liniyasida ish olib boradigan tashkilotlar tomonidan mehnat muhofazasi bo‘yicha texnik, davolash-profilaktik va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari belgilanishi lozim.
41. Texnik chora-tadbirlarda kuyidagilar nazarda tutilishi kerak:
110-500 kV elektr uzatish havo liniyasida ishlovchi bir ishchining ish kuni davomida potensial ta’sirida bo‘lish davomiyligini 4 soat bilan chegaralash, bunda ishchilarni vaqti-vaqti bilan almashtirib turish;
kuchlanish ostida ishlashni elektr uzatish havo liniyasining minimal yuklamali davrida tashkil etish;
potensial ta’sirida ishlovchi ishchilarni shamol esadigan tomonidan joylashtirish;
ish bajarish texnologiyasi bo‘yicha ishchi bevosita simga tegib turib ishlashi bo‘yicha belgilangan vaqt davomiyligini cheklash;
uchqunli razryad davomiyligini kamaytirish uchun potensialning tez ko‘chirilishini ta’minlash.
42. Davolash-profilaktik va sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarida quyidagilar nazarda tutilishi kerak:
psixofiziologik uslublarning tavsiyalari asosida kuchlanish ostida ishlovchi shaxslarni psixofiziologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha kasbiy tanlash;
ishchilarning dastlabki va davriy tibbiy ko‘rigi;
mas’ul rahbar tomonidan ish boshlanishidan oldin har bir ishchining sog‘lig‘i haqidagi subyektiv shikoyatlarini, kasallik, mastlik yoki karaxtlik sindromining tashqi alomatlarini tekshirish;
dam olish xonalarini, sport-sog‘lomlashtirish komplekslarini jihozlash;
ishlarni bajarishda fiziologik va biologik nazorat qiluvchi texnik vositalardan foydalanish.
Download 36.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling