Mavzu: Elektr chiqish signallarini birlamchi o‘zgartirgichlari datchiklar. Asosiy tushunchalar. Datchiklarga qo‘yiladigan asosiy talablar, tanlash usullari. Parametrik va generatorli datchiklar. Bajardi: 5b-17 eee guruh Ibragimov Javohir Qabul


Download 344.44 Kb.
Sana04.12.2020
Hajmi344.44 Kb.
#158895
Bog'liq
Mustaqil ish maruza

Mustaqil ish


Mavzu: Elektr chiqish signallarini birlamchi o‘zgartirgichlari - datchiklar. Asosiy tushunchalar. Datchiklarga qo‘yiladigan asosiy talablar, tanlash usullari. Parametrik va generatorli datchiklar.

Bajardi: 5b-17 EEE guruh

Ibragimov Javohir

Qabul qildi: Tovbayev A.

Navoiy – 2020-2021

Mavzu: Elektr chiqish signallarini birlamchi o‘zgartirgichlari - datchiklar. Asosiy tushunchalar. Datchiklarga qo‘yiladigan asosiy talablar, tanlash usullari. Parametrik va generatorli datchiklar. Reja: 1. Datchiklar haqida umumiy malumot. 2. Datchiklarning turlari va ishlatilish joylari.


Datchik (ruscha), birlamchi oʻzgartirgich — oʻlchanayotgan fizik kattalik (bosim, temperatura, elektr kuchlanish, siljish va b.)ni uzatish, unga ishlov berish va qayd qilish uchun signal (odatda, elektr signal)ga aylantirib beradigan vosita.

Oʻlchash, signal yoki rostlash qurilmalari tizimining muhim qismi; sezgir elementi tekshirilayotgan miqdorlar (bosim, temperatura, tezlik, yorugʻlik kuchi, elektr toki, kuchlanish va b.) taʼsirini sezadi. Ishi elektr qarshiligi, sigʻim, induktivlikka, shuningdek, nazorat qilinadigan mexanik, akustik, issiqlik, elektr, optik, magnit kattaliklar taʼsir etganda elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil boʻlishiga asoslangan datchiklar (sig’im datchigi, induktiv, induksion va h. k.) keng tarqalgan. Elektr zanjirlarida kontaktlarning ulanib-uzilishiga asoslangan datchiklar (kontakt datchigi) va elektr mashina datchiklari ham bor. Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish va ilmiy tadqiqot ishlarining amaliy kis-mini bajarishda ishlatiladi.



Datchiklar avtomatika va telemexanika qurilmalarining muhim qismi hisoblanadi.

Kontaktsiz datchiklar

Har xil texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot olish zarur hisoblanadi. Bu maqsadda birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki datchiklar) keng qo‘llaniladi. Datchik deb, nazorat qilinayotgan yoki rostlanayotgan kattalikni kerakli yoki avtomatika tizimining keyingi elementlarida qo‘llash uchun qulay qiymatga o‘zgartiradigan vositaga aytiladi. Datchiklarning aniq va ishonchli ishi, butun tizim ishini tegishli asosiy ko‘rsatkichlarini belgilab beradi. Datchiklar yuqori ta'sirchanlik (sezgirlik) va aniqlikka, uzoq xizmat muddati va ishda beshikastlikka, kichik o‘lcham va og‘irlikka, hamda past narxga ega bo‘lishlari kerak.

2.Datchiklarning turlari va ishlatilish joylari.

  • Mexanik o‘zgartirgichlar mexanik kirish ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, tezlik, sarf va hokazo) mexanik chiqish ko‘rsatkichlarga (aylanish chastotasi, bosim va hokazo) o‘zgartirib berish bilan xarakterlanadi. Bunday o‘zgartirgichlarning sezgirlik elementi sifatida elastik elementlar (membrana, prujina, balka kabilar) poplavoklar, krilchatkalar va drosselli qurilmalar ishlatiladi.
  • Elektromexanik birlamchi o‘zgartirgichlar (yoki elektrik datchiklar) kirish mexanik ko‘rsatkichlarni (bosim, kuch, sarf kabilarni) chiqish elektrik ko‘rsatkichlarga (kuchlanish, tok, qarshilik, induktivlik kabilarga) o‘zgartirib berish uchun xizmat qiladi. Elektromexanik o‘zgartirgichlar parametrik va generator o‘zgartirgichlarga bo‘linadi.

Parametrik datchiklar

  • Parametrik datchiklarda chiqish ko‘rsatkichi elektr zanjir kattaliklaridan (qarshilik, induktivlik, o‘zaro induktivlik, elektr sig‘imi kabilardan) tashkil topadi. Bunday turdagi datchiklarda elektr toki va kuchlanish sifatida chiqish signalini olish uchun ular maxsus elektr sxemalariga (ko‘prikli, differensialli) ulanishi hamda alohida energiya manbasiga ega bo‘lishi kerak .
  • Datchiklar kirish x signalini son va turi bo‘yicha o‘zgartirishiga qarab ham, ayrim guruhlarga ajratiladi. Kirish signalini bevosita o‘zgartiradigan datchiklar, kirish x signalni bevosita chiqish y signaliga o‘zgartiradi. Bunday datchiklar qulay, chunki oraliq o‘zgartiruvchi qismlarning hojati bo‘lmaydi.

Generator datchiklari.

  • Generator datchiklarida bevosita sezgir elementda kirish signali Х chiqish signali Y o‘zgartiriladi. Ushbu o‘zgartirish kirish signali energiyasi hisobiga bo‘ladi va chiqish signali E.YU.K. ko‘rinishida hosil bo‘ladi. Generator datchiklari juda oddiy bo‘ladi, chunki ular qo‘shimcha energiya manbaisiz ulanadi.
  • Elektr datchiklar–tok, kuchlanish, quvvat, chastota, magnit oqimni; issiqlik datchiklar–harorat va issiqlik miqdorini; mexanik datchiklar–kuch, bosim, siljish, tezlik, tezlanish; optik datchiklar–nur kuchi, yoritilishni; akustik datchiklar–tovush kuchi, uni chastotasi, quvvatini; suyuqlik va gaz datchiklari-bosim va tezlikni o‘lchashadi.

Xulosa

  • Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ularning ko‘rsatkichlarini olish uchun birlamchi o‘zgartirgichlardan ya’ni datchiklardan keng foydalaniladi.
  • Datchiklar kirish miqdorining  fizikaviy tarkibiga qarab, qabul qiluvchi qismining ishlash prinsipi bo‘yicha , chiqish miqdorini fizik tabiatiga qarab va kirish signalini soni va turi bo‘yicha turlarga bo‘linadi.
  • Datchiklarning turlari ko‘p bo‘lishiga qaramay ular bir xildagi bir necha asosiy ko‘satgichlarga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  • Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. ‘‘ Avtomatikaning tеxnik vositalari.’’ Toshkent, 2012.
  • Aripov N.M. “Avtomatik boshqarish nazariyasi va avtomatika elеmеntlari” ma'ruzalar matni. Toshkеnt, 2010.
  • Ismoilov A.I., Nazarov O.K. “Avtomatika va avtomatlashtirish asoslari” fanidan ma'ruzalar matni. Andijon, 2006.
  • Referat.uz

Download 344.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling