Mavzu Elektr energiya ishlab chiqarishda uzatishda va taqsimlash jarayonlarini avtomatlashtirish
Download 287.62 Kb. Pdf ko'rish
|
Elektr energiyani ishlab chiqarish turli xil tipdegi elektr stansiyalarning texnalogik sxemalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr energiyasini ishlab chiqarish va undan foydalanish jarayonlarini avtomatlashtirish to’g’risida umumiy tushunchalar E
- Sinov savollari
Mavzu Elektr energiya ishlab chiqarishda uzatishda va taqsimlash jarayonlarini avtomatlashtirish Elektrenergetikasi tizimining ish jarayonini boshqarish energotizimni dispetcherlik (D) avtomatik boshqaruvi bilan amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan boshqaruv boshqarilayotgan elektroenergetik ob’ektlar, ularning ish xolatlari, ish rejimlari, texnologik rejim parametrlari va turli avariya xolatlarini keltirib chiqaruvchi negativ ta’sirlarni ыlchash, qayta ishlash va taxlil etish asosida amalga oshiriladi. 2.1-rasmda elektrenergiyasi ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvini funktsional sxemasi keltirilgan. Elektr energiyasini ishlab chiqarish va undan foydalanish jarayonlarini avtomatlashtirish to’g’risida umumiy tushunchalar E 2.1-Rasm. Elektr energiyasini ishlab chiqarish jarayonini avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvni funktsional sxemasi. Z-negativ ta’sirlar. Bo’o’-birlamchi o’lchovchi uzgartirgich. AA+-avtomatik axborot qurilmasi. BEO-boshqarilayotgan energetik ob’ekt. AB+-avtomatik boshqarish qurilmasi. AT+-axborotni tasvirlash qurilmasi. D-dispetcher. XKB-xisoblash kompleksini boshqarish. X D -dasturiy topshiriq. X R -axborotni qayta ishlash natijasi qiymati (dispetcher uchun yuriqnoma). X U -boshqaruv ta’siri. X S -axborot manbasi signali. Y i -texnologik rejim parametrlari. Boshqarilayotgan elektroenergetik ob’ektlarni (BEO) texnologik rejim parametrlari birlamchi o’lchovchi ыzgartirgichlar (BЫЫ U ) bilan ыlchanadi va elektr signallar kыrinishida avtomatik boshqaruv qurilmalariga (AB+) uzatiladi. BEO larga turli negativ ta’sirlar qisqatutashuvlar, quvvat balanslarini buzilishi va boshqalar) esa negativ ta’sirlarni birlamchi o’lchovchi ыzgartirgichlari BЫЫ Z bilan qayd etiladi va elektr signallar kыrinishida yuqorichastotali aloqakanallari bыyicha avtomatik axborot qurilmalariga (AAK) uzatiladi. AAK lardan elektr signallari kыrinishidagi axborotlar щisoblash kompleksini boshqarish (XKB) qurilmasiga va axborotni tasvirlash qurilmasiga ATK uzatiladi. Axborotlar ATK da dispetcherga tushunarli bыlgan shaklda va dispetcher qandayxatti щarakat qilishitы\risida (yuriqnoma) namoyon bыladi. XKB qurilmasi dasturiy topshiriq (X D ) bilan ta’minlanadi. BEO lardan uzatilayotgan axborotlar (axborot manbasi signallari) (X S ) ABK larida dasturiy topshiriq X Di lar asosida taxlil etilib BEO larning ijro mexanizmlarini bajaruvchi organlariga ta’sir signallarini (X u1 …X un ) ishlab chiqadi va boshqaruv ta’sirini kыrsatadi. Ma’lumki, kыpincha avtomatlashtirilgan boshqaruv qurilmalarida axborot manbasidan olingan signallardan (X sui , X szi ) foydalaniladi. ABK da ishlatilayotgan axborot turi bilan BEO birgalikda ochiq, yopiqva kombinatsiyalashgan avtomatik boshqarish tizimini vujudga keltiradi. Ochiq avtomatik boshqarish sxemasida dasturli avtomatik qurilmalardan foydalaniladi va ular negativ ta’sirlar bыyicha ishlaydi. Yopiqavtomatik boshqarish sxemalarida boshqarilayotgan energotizim texnologik rejim parametrlari tы\risida olingan ishchi axborotlar teskari aloqazanjiri orqali uzatiladi. XBK, AAK va ABK birgalikda avtomatik boshqarish tizimini vujudga keltiradi. Elektrenergiyasini ishlab chiqish, uzatish va taqsimlash jarayonlarining boshqarishni avtomatlashtirish vositalari elektroenergetik tizimni normal ish rejimlarini avtomatik boshqarish va avariyaga qarshiavtomatik qurilma vositalariga bыlinadi. Elektroenergetik ob’ektlarni normal ish rejimlarini avtomatik boshqarish quyidagilarni ta’minlaydi: • Trubogeneratorlarni avtomatik ishga tushirish va sinxron generatorni parallel ishlashga ulash, ya’ni sinxronlash; • Sinxron generatorlarni reaktiv quvvatini va elektr stantsiya shinalaridagi kuchlanishni nominal qiymati avtomatik ravishda ushlab turish; • Sinxron ishlayotgan generatorlarni aylanish chastotasini o’zgarmas qiymatida avtomatik ushlab turish; • Elektroenergetik ob’ektlarni tasodifiy o’zgaruvchan elektr yuklamalarini elektr stantsiyalar orasida va elektr stantsiyalarni elektroenergetik bloklari orasida optimal taqsimlash. Avariyaga qarshiavtomatika quyidagi texnologik rejim parametrlarini xavfli ыzgarishlarini bartaraf etadi: • Kuchlanishni pasayishi va ortishini avtomatik chegaralash; • CHastotani pasayishi va ortishini avtomatik chegaralash. Uni asosiy vazifasi quvvatlar balansi buzilishlarini pasaytirish, uni to’liq tiklanishiga erishish va texnologik rejim parametrlarini nominal qiymatgacha tiklashdir. Keyingi paytlarda avtomatik boshqarish tizimiga mikroprotsessorlarni kiritilishi bilan elektr stantsiyalari umumiy tizimning podstantsiyalar tugunlari va yuqorikuchlanishli elektr uzatish magistrallarni elektroenergetik bloklarini ish rejimlarini kompleks avtomatik boshqarish tizimlari ishlab chiqilmoqda. Sinov savollari 1. Avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvni funktsional sxemasini tushuntiring? 2. Texnologik rejim parametrlari qanday qurilmalar bilan o’lchanadi? 3. Normal ish rejimlarini avtomatik boshqarish nimalarni ta`minlaydi? 4. Sinxron generatorlarni aylanish chastotasini avtomatik rostlashdan maqsad nima? 5. AChARS ni funktsional sxemasini tushuntiring. Download 287.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling