Mavzu: elektr energiyasi ishlab chiqarish
Download 1.23 Mb.
|
13-мавзу 15dcdbfa407efa4afde3f9a5500b3cc1
Elektr uzatish liniyalari. elektrostansiyalarda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi iste’molchilarga elektr uzatish liniyalari (eul) orqali yetkazib beriladi. amalda yer usti va yer osti eul mavjud. yer ustida qurilgan eul havo liniyalari deb ataladi. elektr energiyasini uzoq masofalarga uzatishda havo liniyalari qulay va arzon. Aholi zich yashaydigan joylarda, shaharlar va korxonalarning ichida xavfsizlik nuqtai-nazaridan va tevarak atrofga xalaqit bermslik uchun yer osti eul ishlatiladi. Yer osti liniyalari kabelli eul deb ataladi.
Elektr uzatish liniyalarida quvvat isrofini kamaytirish uchun uzatilayotgan tokning kuchlanish oshiriladi. masalan, manbadan chiqayotgan u1 kuchlanish elektr liniyasining qarshiligi hisobiga iste’molchiga yetib kelguncha u2 qiymatgacha kamayadi (2-rasm). 2-rasm. EUL da quvvat isrofiga doir. 2 Liniyaning aktiv qarshiligi hisobiga kuchlanishning pasayishi u u1 u2, kuchlanishning bu pasayishiga mos quvvat p iu i2 r, bu yerda i liniyadagi tok kuchi, rlin EUL ning aktiv qarshiligi. tok kuchini, kuchlanish va iste’molchi quvvati orqali I=P/U1 ko’rinishda ifodalab, liniyadagi quvvat isrofi uchun quyidagiga ega bo’lamiz P P2Rm/ U2 demak EULlarida simlarining qarshiligi hisobiga sodir bo’layotgan elektr quvvati isrofi liniyadagi kuchlanishning kvadratiga teskari proporsional. Shuning uchun ham elektr uzatish liniyalarida quvvat isrofini kamaytirish uchun kuchlanishni oshiriladi. Liniyaning uzunligi qancha katta bo’lsa, uning qarshiligi ham katta bo’ladi, isrofni kamaytirish uchun esa kuchlanishni ham shuncha ko’p oshiriladi. ya’ni eul sining uzunligi qancha katta bo’lsa, bu liniyadagi kuchlanishni ham shuncha yuqori bo’lishi ta’minlanadi. Shu usul bilan, elektr energiyasini uzatishdagi quvvat isrofi kamaytiriladi. Amalda 0,4 kV; 6kV; 10kV; 35kV; 110kV; 150kV; 220kV; 330kV; 750kV; 1150 kV kuchlanishli havo EULlari mavjud. EUL quyidagi turlarga bo’linadi: past kuchlanishli liniyalar- 0,4 kV (bu be’vosita iste’molchilarga uzatiluvchi kuchlanish bo’lib, iste’molchi liniyasidagi kuchlanish 380 v bo’ladi); o’rta kuchlanishli liniyalar 1 kV dan 35 kV kuchlanishgacha; yuqori kuchlanish liniyalari – 110 kV dan 220 kVkuchlanishgacha; o’ta yuqori kuchlanish liniyalari - 330 kV dan 500 kV kuchlanishgacha; ultra yuqori kuchlanish liniyalari – 750 kV dan yuqori kuchlanishlar. Mamlakatimiz elektroenergetika tizimlarida 500 kV gacha bo’lgan EUL mavjud. Undan katta kuchlanishli liniyalar Rossiya elektr tizimlarida mavjud (1150 kV gacha), chunki Rossiyaning hududi katta va juda katta masofalarga cho’zilgan elektr uzatish liniyalari mavjud. Bizning mamlakatimizda esa 500 kV kuchlanish bilan ham, yetarlicha katta quvvatni, kam isroflar bilan mamlakatning istalgan hududiga yetkazib berish mumkin. EUL lari faqatgina kuchlanishi bilangina emas, balki liniyaning konstruktiv tuzilishlari bilan ham farqlanadi. Chunki EUL elementlari kuchlanishga qarab turlicha bo’ladi. Shuningdek EUL kuchlanish turiga qarab turli maqsadlarda qo’llaniladi. 500 kV va undan katta kuchlanishli liniyalar o’ta uzoq masofalarga energiya uzatish uchun qo’llaniladi va aloxida mintaqalarning energetik tizimlarini o’zaro bog’laydi. Masalan Markaziy Osiyo davlatlari bir-biri bilan o’zaro 500 kV kuchlanishli liniyalar orqali bog’langan. 220 kV va 330 kV kuchlanishli liniyalar magistral liniyalar deb ataladi va katta quvvatli elektrostansiyalarni, hamda tarkibida kichik quvvvatli stansiyalar mavjud bo’lgan, alohida energetik tizimlarni o’zaro bog’laydi. a b 3-rasm. 110 kV (a) va 750 kV (b) kuchlanishli elektr uzatish liniyalari. 35 kV dan 150 kV gacha bo’lgan liniyalar ma’lum miqdordagi energiya iste’molchilarini (aholi punktlari, shaxarlar, katta korxonalar va xokazo), va energiya taqsimlash punktlarini o’zaro bog’laydi. a b 4-rasm. 10 kV kuchlanishli yog’och tayanchli EUL (a) va 0,4 kV kuchlanishli temir beton tayanchli EUL (b). 20 kV gacha bo’lgan liniyalar elektr energiyasini, taqsimlash punktlari dan bevosita iste’mol chilarning transformator stansiyalariga yetka zib beradi. Amalda ko’proq 6 kV va 10 kV kuchlanishli liniyalar keng tarqalgan. 0,4 kV kuchlanishli liniyalar esa iste’molchi transformatoridan bevosita iste’molchilarga ulangan, uch fazali uch simli, yoki uch fazali to’rt simli liniyalardir. 4-b rasmda uch fazali to’rt simli liniya ko’rsatilgan (rasmda 5 ta liniya ko’rsatilgan, beshinchi sim ko’cha yoritish tizimiga tegishli). Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling