Mavzu: Elektr mashinalarning rivojlanish istiqbollari. (2) Reja 1
Zamonaviy ishlab chiqarishning rivojlanishida elektr mashinalarining vazifalari
Download 168.15 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Zamonaviy ishlab chiqarishning rivojlanishida elektr mashinalarining vazifalari.
Elektr mashinalarni bir necha Vt dan bir necha yuz ming kVt quvvatga mo‟ljallab tayyorlash hamda osongina avtomatik boshqarish imkoni borligi sababli ular sano-at, transport va qishloq xo‟jaligini elektrlashtirishda asosiy ish mashinasi sifa tida ishlatiladi. Bug‟ va suv turbinalari, dizel va boshqa motorlar vositasida me-xanik energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi mashina elektr generato-ri deyiladi. Xalq xo‟jaligining turli sohalarida iste‟mol qilinadigan elektr energiyasining ko‟pchilik qismi ish mashinasi va mexanizmlarni harakatga kelti-rish uchun kerak bo‟lgan mexanik energiyaga aylantiriladi. Elektr energiyasini mexa nik energiyaga aylantirib beruvchi mashina elektr motor deyiladi. Elektr mashina larning asosiy afzalliklaridan biri ularning generator, motor hamda elektrmag- nit tormozlar sifatida ishlash imkoni hisoblanadi. Bunday mashinalar o‟zgaruv-chan tokni o‟zgarmas tokka, yoki past kuchlanishli o‟zgarmas tokni yuqori kuchlanishli o‟zgarmas tokka o‟zgartirib beruvchi o‟zgartgichlar sifatida ham qo‟llaniladi. Elektr mashinalar yordamida elektr signallarni kuchaytirish imkoni ham mavju ddir. Bunday mashinalar elektr mashina kuchaytirgichlari deyiladi. Elektr mashi-nalar turli signallarning elektromexanik o‟zgartgichi sifatida ham keng ishlati-ladi. Bunday elektr mashinalarning quvvati juda kichik bo‟lgani uchun ular mikro-mashinalar deb ataladi. Mikromashinalar ijrochi motorlar, taxogeneratorlar, sinxron bog‟lash mashinalari sifatida ishlatiladi. Ijrochi motorlar bilan elektr signallar mexanik boshqaruvga, taxogeneratorlar bilan esa mexanik signallar elektr boshqaruvga aylantiriladi. Sinxron bog‟lash mashinalari vositasida mexanik usulda o‟zaro bog‟lanmagan ikki valning sinxron burilishi yoki aylanishiga erishiladi. Quvvat bo‟yicha EM lar shartli ravishda quyidagi turkumlarga bo‟linadi: 1) quvvati bir necha Vattdan 500 Vattgacha bo‟lgan elektr mashinalar mikromashina lar turkumiga kiritiladi. Bunday mashinalar o‟zgarmas tokda va chastotasi normal hamda yuqori (400...500 Gts) bo‟lgan o‟zgaruvchan tokda ishlatiladi; 2) quvvati 0,5 dan 10 kVt gacha bo‟lganlari kichik quvvatli mashinalar turkumiga kiritiladi. Bunday mashinalar o‟zgarmas tokda va chastotasi normal hamda yuqori bo‟lgan o‟zgaruvchan toqda ishlatiladi; 3) quvvati 10 kVt dan bir necha yuz kVt gacha bo‟lganlari o‟rta quvvatli mashinalar turkumiga kiritiladi; 4) quvvati bir necha yuz kVt dan yuqorilari katta quvvatli mashinalar deyiladi. Elektr mashinalarda ishlatiluvchi izolyatsiya materiallarining yangi turlari ixtiro qilinishi natijasida gidrogeneratorlar kuchlanishi 110, 165 kV gacha ko‟ta-rilmoqda. Bu esa elektr energiyasini uzoq masofalarga transformatorlarsiz uza-tish imkonini yaratadi. Tok turiga ko‟ra elektr mashinalar o‟zgarmas va o‟zgaruvchan tok mashinalariga bo‟linadi. Ishlash printsipiga ko‟ra esa, o‟zgaruvchan tok mashina-lari asinxron va sinxron mashinalarga bo‟linib, ular bir, ikki va uch fazali tuzi-lishda ishlab chiqariladi. YAna bundan tashqari elektr mashinalaridan xisoblangan transformatorlarning xam zamonaviy ishlab chiqarishning rivojlanishida axamiya-ti katta. Uning ishlash printsipi elektromagnit induktsiya va elektromagnit kuch ha-qidagi fizik hodisalar ga asoslanadi. O‟tkazgichda hosil bo‟lgan e. yu. k. ning qiyma ti magnit kuch chiziqlari ning zichligi (magnit induktsiya), o‟gkazgich uzunligining aktiv qismi va o‟tkazgich-ning harakat tezligiga proportsional bo‟ladi. Ko‟p tarmoqli xo‟jalikning korxonalarida qo‟llanilayotgan transformatorlar elektrotexnologik uskunalarini elektr energiyasi bilan sifatli va ishonchli ta‟-minlashning garovi bo‟lib xisoblanadi. Sanoatning ayrim texnologik jarayonlari-ning tezligini o‟zgarmas tok dvigatellari va mikromashinalar yordamida keng ko‟lam da silliq rostlash mumkin. O‟zgarmas tok mashinalari ba‟zi texnologik qurilmalar da, yerdagi va xavo transportlarida xozirgacha keng qo‟llanilib kelinmoqda. Elektrotexnika – elektr energiyasi ishlab chiqarish, elektr va magnit xodisalaridan amalda foydalanish xaqidagi fandir. Bu fan elektr energiya ishlab chiqarish uni uzatish va undan foydalanish xaqidagi barcha masalalarni xal qtsiladi. Elektr energiya–energiyalarning universal bir formasi bo‟lib, u oldiga qo‟yilgan barcha vazifalarni bajara oladi; -elektr energiyani ishlab chiqaruvchi qurilmalarni tuzulishi va ishlash printtsipini o‟rgatadi; -elektr energiyasiga ishlaydigan elektr mashinalarini tuzulishi va ishlash printsipini o‟rgatadi; -elektr energiyasini boshqarish va ximoya vositalarini tuzulishi va ishlatilish soxalarini o‟rgatadi; -ishlab chiqarishni xar taraflama avtomatlashtirishga imkon beradi. XX asr energetika va elektrlashtirish soxasida muxim davr xisoblanadi. CHunki bu davr radio va yarim o‟tkazgichlar texnikasining paydo bo‟lishini, televideniyaning kashf etilishi, avtomatika va telemexanikani taraqqiy etishi, mikroelektronika va energetikaning misli ko‟rilmagan darajada o‟ishi, integral mikrosxemani va atom energiyasining kashf etilishi va taraqqiyoti bilan chambarchas bog‟liqdir. Umuman elektrotexnikaning yutuqlaridan xalq xo‟jaligining barcha soxalarida, keng foydalaniladi. Elektrotexnika–elektr zanjirlarida va elektromagnit maydonlarida elektr va magnit energiyalarining xosil bo‟lish va o‟zgarish qonuniyatlarini o‟gatadigan fan va texnika soxasidir. Elektr energiyasidan foydalanuvchi qurilmalarni takomillashib borishi, texnologik jarayonlarni shunday tezlikda va aniqlikda bajarilishini ta‟minlaydiki uni inson sezgi organlari bilan sezib ko‟rib boshqara olmaydi. Bu esa o‟z navbatida ishlab chiqarish jarayonlarida avtomatlashtirishni yuzaga kelishiga sabab bo‟ladi. Ayniqsa xalq xo‟jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish soxalarida erishilgan yutuqlarni elektr energiyasisiz tasavvur qilib bo‟lmaydi. O‟zbekiston Respublikasi yalpi sanoat maxsulotini xajmida elektroyenergetikani salmog‟i 10 % dan oshadi. Turli elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektrostantsiyalarning bitta yuqori voltli xavo liniyasiga birlashtirilishi va markazdan boshqarilishi elektroyenergetika tizimi deyiladi. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini 85–90 % ni issiqlik elektrostantsiyalarida xosil qilinmoqda. IYESlar tez va arzon narxlarda qursa bo‟ladigan elektrostantsiyalar xisoblanadi. Xozirgi kunda mavjud bo‟lgan texnika imkoniyatlari bilan, quvvati 6 mln kVt soat ga ega bo‟lgan IYES lar qurish mumkin. Mamlakat iqtisodiyoti uchun elektr energiyasining tan narxi arzon bo‟lgani muximroq xisoblanadi. Bu energiyaning tannarx avvalo shu energiyani ishlab chiqarish uchun sarflanadigan yoqilg‟ini qazib olish va tashib keltirishga sarflanadigan xarajatlarga bog‟liq bo‟ladi. SHuning uchun yangi elektrostantsiyalarni barpo etishda shu faktorlarni xisobga olish muxim xisoblanadi. Agar yonilg‟ini tashib keltirish xarajatlari elektr energiyasini uzatish xara-jatlaridan yuqori bo‟lsa, u xolda elektrostantsiyani joyini o‟zgartirgan maqulroq bo‟ladi. Elektr energiyasini uzatish masofasi fan–texnika taraqqiyotini o‟sishi bilan yil sayin ortib borayapti. Elektr energiyasini simlar orqali uzatish uning avfzalliklaridan biridir. Iqtisodiyotning xamma soxalarida elektr energiyasidan foydalanilishi bu energiyaning ikkinchi muxim avfzalliklaridan xisoblanadi. Maxalliy yoqilg‟ilardan keng foydalanish mumkinligi imkoniyatlari uning uchinchi avfzalligi va nixoyat elektr energiyasini qudratli elektrostantsiyalarda ishlab chiqarish mumkinligi, ya‟ni bir joyni o‟zida bir necha mln kVt soat energiyaning xosil qilinishi mumkinligi uning navbatdagi avfzalligidir. IYES larning juda ulkanlari boshqa viloyatlarni xam elektr energiyasi bilan ta‟minlay oladilar va ularni GRES lar deb yuritiladi. Mamlakatimizda Sirdaryo, Toshkent, YAngi Angren, Navoiy, Taxiyatosh, Angren GRES lari ishlab turibdi. Birgina Sirdaryo GRES i o‟zi yiliga 13 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi . Istiqlol yillarida Qashqadaryo viloyatida quvvati 3,2 mln kVt bo‟lgan Talli-marjon GRES ining 800 megavattli birinchi blokining ishga tushirilishi ulkan loyixalardan biri sifatida e‟tirof etildi. Ko‟pgina IYES lar elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga issiqlik energiyasi (issiq suv) xam ishlab chiqaradi. Ularni biz IYEM lar deb yuritamiz. Masalan, Farg‟ona neftni qayta ishlash zavodi qoshidagi Issiqlik Energiya markazi. Mamlakatimizda IYES lardan tashqari GES lar xam ishlab turibdi. Bunga misol qilib Bo‟zsuv kanalida birinchi bo‟lib qurilgan GES ni aytishimiz mumkin. Keyinchalik qurilgan Xisrav, Tuyamo‟yin, Farxod, Xodjakent GES lari xam mamlakat iqtisodiyotida katta axamiyat kasb etadi. Tezoqar daryolarda GES larni bir–biriga yaqin qilib qurish mumkin. Bunga misol qilib, CHirchiq – Bo‟zsuv energetika inshoatidagi GES lar kaskadini aytishimiz mumkin. YAna bundan tashqari boshqa energiya manbaalarini o‟zlashtirish maqsadida Toshkent viloyati Parkent tumanida “Fizika - quyosh” instituti qurib ishga tushirildi. Bu yerda juda katta terretoriyada quyosh energiyasidan foydalaniladigan laboratoriya barpo qilindi. Bunday tadbirlarni barchasi Respublikamizda elektr energiyasi xosil qilishning boshqa manbaalari xam mavjudligini isbot qiladi. O‟zbekiston Respublikasi elektr energetika tizimi asosiy № Elektr energiya manbayi Ishlab chikarilgan energiya mikdori 1 Sirdaryo GRES 66,0 mlrd kVt/soat 2 Toshkent GRES 4 Navoiy GRES 5 GES (19ta) № Elektr energiya manbayi Ishlab chikarilgan energiya mikdori 1 Sirdaryo GRES 66,0 mlrd kVt/soat 2 Toshkent GRES 4 Navoiy GRES 5 GES (19ta) 2 % 3 18 % 2 1 80% 2-rasm.Elektr energiya ishlab chiqarishni turlari bo‟yicha 1.IYES – 80 %, 2.GES - 18 %, 3.NES – 2 % Umuman olganda mamlakatning taraqqiyoti xamda xalq xo‟jaligini rivojlantirishda elektroyenergetik tizim asosiy vazifalarni xal etuvchi kafolatli omil xisoblanadi. Ma‟lumki, mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari o‟z energetika bazasiga ega ekanligi bilan belgilanadi. Bu jixatdan O‟zbekiston Respublikasi qudratli energetika tizimga ega. O‟zbekistonda 1970 yilda 18,3 mlrd kVt soat, 1980 yilda 33,9 mord kVt soat, 2007 yilda 49, 0 mlrd kVt soat, 2010 yilda 55 mlrd kVt soat, 2013 yil statistika ma‟lumotlariga ko‟ra 66,0 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Quyida 3-rasmda O‟zbekiston Respublikasi elektr energiya ishlab chiqarish va undan foydalanish diagrammasi keltirilgan. 66,0 54,0 W mlrd 49,0 kVtG`s 33,9 18,3 6,1 0,9 0,01 0 t 1930 y 1940 y 1950 y 1970 y 1980 y 2007 y 2010 y 2013 y Elektr energiyasi xaqida ma‟lumot–elektr zaryadi, maydoni, elektr toki, potentsial, qarshilik, diyelektrik, fotoeffekt, termoelektron emissiya. Bizdan tashqi muxitdagi jismlar xammasi atomlardan, ya‟ni proton va neytron lardan iboroat ekan, ularni aloxida xossalariga xaqida to‟xtalib o‟tishimiz zarur bo‟ladi. Elektronlar – manfiy zaryadlangan zarrachalar, musban zaryadli protonning atrofida maxsus orbita tashkil qilib, shu orbitada aylanib yuradilar. Bu orbita bo‟yicha chekka qismlarda joylashgan elektronlarni yadro markazidan uzoqda bo‟lganligi uchun ozgina tashqi energiya yordamida uni shu orbita ta‟siridan chiqarib yuborish mumkin. Tabiiy xolatda atom tarkibidagi elektronlar va protonlar tashqi muxit bilan o‟zaro muvozanatda bo‟ladi. Agar biror ta‟sir natijasida u o‟zini tarkibidan elektronlarni yoki protonlarni yo‟qotsa, u xolda muvozanat buziladi. Atom o‟zini tarkibidan qancha ko‟p zaryadini yo‟qotsa u shuncha kuchli elektrlanadi. Zaryadlangan jismdagi elektr miqdori elektr zaryadi deb ataladi va q xarfi bilan belgilanadi. Ikki zaryad orasidagi o‟zaro ta‟sir kuchini Kulon qonuni bilan ifodalanadi. Bu qonun quyidagi formuladagidek topiladi. Elektr zaryadi ta‟sir eta oladigan fazo elektr maydoni deyiladi. Zaryadlangan xar bir jism atrofida elektr maydoni bo‟ladi. Elektr maydonining ma‟lum nuqtasidagi zaryadni bu maydon ta‟siridan tashqariga chiqarish uchun maydondagi kuchlar ish bajarishi lozim, ana shu ishni ifodalovchi kattalik shu nuqtaning potentsiali deyiladi. Tashqi kuchlar ta‟sirida zaryadlangan zarrachalarni tartibli xarakatiga elektr toki deyiladi. Uzunligi 1 m, yo‟g‟onligi 1mm bo‟lgan o‟tkazgichning o‟zidan 1 A miqdordagi elektr tokini o‟tganda zaryadlangan zarrachalarning xarakatiga ko‟rsatadigan ta‟sir kuchi shu o‟tkazgichni qarshiligi deyiladi. Tashqi kuchlar ta‟sirisiz o‟zidan elektr tokini o‟tkazmaydigan materiallarga diyelektrik materiallar deyiladi. Mendeleyevning kimyoviy jalvalidagi yarim o‟tkazgichli elementlar shunday bir ajoyib xossaga egaki, ular yorug‟lik nuri ta‟siridan o‟zidan elektronlarni qo‟yib yuboradi yoki elektronlarni o‟ziga oladi. Bu ajoyib xodisa fotoefekt deb ataladi. Buni birinchi bo‟lib 1888 yili rus olimi A.G.Stoletov kuzatgan. Issiqlik ta‟sirida metallardagi elektronlarning xarakati tezlashadi elektr o‟tkazuvchanligi ortadi. Bu xodisa termoelektron emissiya deyiladi. Elektr mashinalarda ishlatiluvchi izolyatsiya materiallarining yangi turlari ixtiro qilinishi natijasida gidrogeneratorlar kuchlanishi 110, 165 kV gacha ko‟ta-rilmoqda. Bu esa elektr energiyasini uzoq masofalarga transformatorlarsiz uza-tish imkonini yaratadi. Tok turiga ko‟ra elektr mashinalar o‟zgarmas va o‟zgaruvchan tok mashinalariga bo‟linadi. Ishlash printsipiga ko‟ra esa, o‟zgaruvchan tok mashina-lari asinxron va sinxron mashinalarga bo‟linib, ular bir, ikki va uch fazali tuzi-lishda ishlab chiqariladi. YAna bundan tashqari elektr mashinalaridan xisoblangan transformatorlarning xam zamonaviy ishlab chiqarishning rivojlanishida axamiya-ti katta. Uning ishlash printsipi elektromagnit induktsiya va elektromagnit kuch ha-qidagi fizik hodisalar ga asoslanadi. O‟tkazgichda hosil bo‟lgan e. yu. k. ning qiyma ti magnit kuch chiziqlari ning zichligi (magnit induktsiya), o‟gkazgich uzunligining aktiv qismi va o‟tkazgich-ning harakat tezligiga proportsional bo‟ladi. Download 168.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling