Mavzu: Elektr mashinalarning rivojlanish istiqbollari. (2) Reja 1


Zamonaviy ishlab chiqarishning rivojlanishida elektr mashinalarining vazifalari


Download 168.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana15.02.2023
Hajmi168.15 Kb.
#1202316
1   2
Zamonaviy ishlab chiqarishning rivojlanishida elektr mashinalarining vazifalari.
Elektr mashinalarni bir necha Vt dan bir necha yuz ming kVt quvvatga mo‟ljallab
tayyorlash hamda osongina avtomatik boshqarish imkoni borligi sababli ular sano-at, transport 
va qishloq xo‟jaligini elektrlashtirishda asosiy ish mashinasi sifa tida ishlatiladi. Bug‟ va suv 
turbinalari, dizel va boshqa motorlar vositasida me-xanik energiyani elektr energiyasiga 
aylantirib beruvchi mashina elektr generato-ri deyiladi. Xalq xo‟jaligining turli sohalarida 
iste‟mol qilinadigan elektr energiyasining ko‟pchilik qismi ish mashinasi va mexanizmlarni 
harakatga kelti-rish uchun kerak bo‟lgan mexanik energiyaga aylantiriladi. Elektr energiyasini 
mexa nik energiyaga aylantirib beruvchi mashina elektr motor deyiladi. Elektr mashina larning 
asosiy afzalliklaridan biri ularning generator, motor hamda elektrmag- nit tormozlar sifatida 
ishlash imkoni hisoblanadi. Bunday mashinalar o‟zgaruv-chan tokni o‟zgarmas tokka, yoki past 
kuchlanishli o‟zgarmas tokni yuqori kuchlanishli o‟zgarmas tokka o‟zgartirib beruvchi 
o‟zgartgichlar sifatida ham qo‟llaniladi. 
Elektr mashinalar yordamida elektr signallarni kuchaytirish imkoni ham mavju ddir. Bunday mashinalar elektr 
mashina kuchaytirgichlari deyiladi. Elektr mashi-nalar turli signallarning elektromexanik o‟zgartgichi sifatida ham 
keng ishlati-ladi. Bunday elektr mashinalarning quvvati juda kichik bo‟lgani uchun ular mikro-mashinalar deb 
ataladi. Mikromashinalar ijrochi motorlar, taxogeneratorlar, sinxron bog‟lash mashinalari sifatida ishlatiladi. 
Ijrochi motorlar bilan elektr signallar mexanik boshqaruvga, taxogeneratorlar
bilan esa mexanik signallar elektr boshqaruvga aylantiriladi. Sinxron bog‟lash mashinalari vositasida mexanik 
usulda o‟zaro bog‟lanmagan ikki valning sinxron burilishi yoki aylanishiga erishiladi. 
Quvvat bo‟yicha EM lar shartli ravishda quyidagi turkumlarga bo‟linadi: 


1) quvvati bir necha Vattdan 500 Vattgacha bo‟lgan elektr mashinalar mikromashina lar 
turkumiga kiritiladi. Bunday mashinalar o‟zgarmas tokda va chastotasi normal 
hamda yuqori (400...500 Gts) bo‟lgan o‟zgaruvchan tokda ishlatiladi
2) quvvati 0,5 dan 10 kVt gacha bo‟lganlari kichik quvvatli mashinalar turkumiga kiritiladi. 
Bunday mashinalar o‟zgarmas tokda va chastotasi normal hamda yuqori bo‟lgan o‟zgaruvchan 
toqda ishlatiladi; 
3) quvvati 10 kVt dan bir necha yuz kVt gacha bo‟lganlari o‟rta quvvatli mashinalar turkumiga 
kiritiladi; 
4) quvvati bir necha yuz kVt dan yuqorilari katta quvvatli mashinalar deyiladi. 
Elektr mashinalarda ishlatiluvchi izolyatsiya materiallarining yangi turlari 
ixtiro qilinishi natijasida gidrogeneratorlar kuchlanishi 110, 165 kV gacha ko‟ta-rilmoqda. Bu esa elektr energiyasini 
uzoq masofalarga transformatorlarsiz uza-tish imkonini yaratadi. Tok turiga ko‟ra elektr mashinalar o‟zgarmas va 
o‟zgaruvchan tok mashinalariga bo‟linadi. Ishlash printsipiga ko‟ra esa, o‟zgaruvchan tok mashina-lari asinxron va 
sinxron mashinalarga bo‟linib, ular bir, ikki va uch fazali tuzi-lishda ishlab chiqariladi. YAna bundan tashqari elektr 
mashinalaridan xisoblangan transformatorlarning xam zamonaviy ishlab chiqarishning rivojlanishida axamiya-ti 
katta. Uning ishlash printsipi elektromagnit induktsiya va elektromagnit kuch ha-qidagi fizik hodisalar ga 
asoslanadi. O‟tkazgichda hosil bo‟lgan e. yu. k. ning qiyma ti magnit kuch chiziqlari ning zichligi (magnit 
induktsiya), o‟gkazgich uzunligining aktiv qismi va o‟tkazgich-ning harakat tezligiga proportsional bo‟ladi. 
Ko‟p tarmoqli xo‟jalikning korxonalarida qo‟llanilayotgan transformatorlar elektrotexnologik 
uskunalarini elektr energiyasi bilan sifatli va ishonchli ta‟-minlashning garovi bo‟lib xisoblanadi. 
Sanoatning ayrim texnologik jarayonlari-ning tezligini o‟zgarmas tok dvigatellari va mikromashinalar 
yordamida keng ko‟lam da silliq rostlash mumkin. O‟zgarmas tok mashinalari ba‟zi texnologik qurilmalar
da, yerdagi va xavo transportlarida xozirgacha keng qo‟llanilib kelinmoqda.

Elektrotexnika – elektr energiyasi ishlab chiqarish, elektr va magnit xodisalaridan amalda foydalanish 


xaqidagi fandir. Bu fan elektr energiya ishlab chiqarish uni uzatish va undan foydalanish xaqidagi barcha 
masalalarni xal qtsiladi. 
Elektr energiya–energiyalarning universal bir formasi bo‟lib, u oldiga qo‟yilgan barcha vazifalarni 
bajara oladi; 
-elektr energiyani ishlab chiqaruvchi qurilmalarni tuzulishi va ishlash printtsipini o‟rgatadi; 
-elektr energiyasiga ishlaydigan elektr mashinalarini tuzulishi va ishlash printsipini o‟rgatadi; 
-elektr energiyasini boshqarish va ximoya vositalarini tuzulishi va ishlatilish soxalarini o‟rgatadi; 
-ishlab chiqarishni xar taraflama avtomatlashtirishga imkon beradi.
XX asr energetika va elektrlashtirish soxasida muxim davr xisoblanadi. CHunki bu davr radio va 
yarim o‟tkazgichlar texnikasining paydo bo‟lishini, televideniyaning kashf etilishi, avtomatika va 
telemexanikani taraqqiy etishi, mikroelektronika va energetikaning misli ko‟rilmagan darajada o‟ishi, 
integral mikrosxemani va atom energiyasining kashf etilishi va taraqqiyoti bilan chambarchas bog‟liqdir.
Umuman elektrotexnikaning yutuqlaridan xalq xo‟jaligining barcha soxalarida, keng foydalaniladi. 
Elektrotexnika–elektr zanjirlarida va elektromagnit maydonlarida elektr va magnit energiyalarining xosil 
bo‟lish va o‟zgarish qonuniyatlarini o‟gatadigan fan va texnika soxasidir. Elektr energiyasidan 
foydalanuvchi qurilmalarni takomillashib borishi, texnologik jarayonlarni shunday tezlikda va aniqlikda 
bajarilishini ta‟minlaydiki uni inson sezgi organlari bilan sezib ko‟rib boshqara olmaydi. Bu esa o‟z 
navbatida ishlab chiqarish jarayonlarida avtomatlashtirishni yuzaga kelishiga sabab bo‟ladi. Ayniqsa xalq 
xo‟jaligini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish soxalarida erishilgan yutuqlarni elektr energiyasisiz 
tasavvur qilib bo‟lmaydi. 
O‟zbekiston Respublikasi yalpi sanoat maxsulotini xajmida elektroyenergetikani salmog‟i 10 % 
dan oshadi. Turli elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektrostantsiyalarning bitta yuqori voltli xavo 
liniyasiga birlashtirilishi va markazdan boshqarilishi elektroyenergetika tizimi deyiladi. Mamlakatda 
ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasini 85–90 % ni issiqlik elektrostantsiyalarida xosil qilinmoqda. 
IYESlar tez va arzon narxlarda qursa bo‟ladigan elektrostantsiyalar xisoblanadi. Xozirgi kunda mavjud 
bo‟lgan texnika imkoniyatlari bilan, quvvati 6 mln kVt soat ga ega bo‟lgan IYES lar qurish mumkin. 
Mamlakat iqtisodiyoti uchun elektr energiyasining tan narxi arzon bo‟lgani muximroq xisoblanadi. Bu 
energiyaning tannarx avvalo shu energiyani ishlab chiqarish uchun sarflanadigan yoqilg‟ini qazib olish 
va tashib keltirishga sarflanadigan xarajatlarga bog‟liq bo‟ladi. SHuning uchun yangi elektrostantsiyalarni 
barpo etishda shu faktorlarni xisobga olish muxim xisoblanadi. Agar yonilg‟ini tashib keltirish xarajatlari 
elektr energiyasini uzatish xara-jatlaridan yuqori bo‟lsa, u xolda elektrostantsiyani joyini o‟zgartirgan 
maqulroq bo‟ladi. Elektr energiyasini uzatish masofasi fan–texnika taraqqiyotini o‟sishi bilan yil sayin 


ortib borayapti. Elektr energiyasini simlar orqali uzatish uning avfzalliklaridan biridir. Iqtisodiyotning 
xamma soxalarida elektr energiyasidan foydalanilishi bu energiyaning ikkinchi muxim avfzalliklaridan 
xisoblanadi. Maxalliy yoqilg‟ilardan keng foydalanish mumkinligi imkoniyatlari uning uchinchi 
avfzalligi va nixoyat elektr energiyasini qudratli elektrostantsiyalarda ishlab chiqarish mumkinligi, ya‟ni 
bir joyni o‟zida bir necha mln kVt soat energiyaning xosil qilinishi mumkinligi uning navbatdagi 
avfzalligidir. IYES larning juda ulkanlari boshqa viloyatlarni xam elektr energiyasi bilan ta‟minlay 
oladilar va ularni GRES lar deb yuritiladi. Mamlakatimizda Sirdaryo, Toshkent, YAngi Angren, Navoiy, 
Taxiyatosh, Angren GRES lari ishlab turibdi. Birgina Sirdaryo GRES i o‟zi yiliga 13 mlrd kVt soat elektr 
energiyasi ishlab chiqaradi . 
Istiqlol yillarida Qashqadaryo viloyatida quvvati 3,2 mln kVt bo‟lgan Talli-marjon GRES ining 
800 megavattli birinchi blokining ishga tushirilishi ulkan loyixalardan biri sifatida e‟tirof etildi. Ko‟pgina 
IYES lar elektr energiyasi ishlab chiqarish bilan birga issiqlik energiyasi (issiq suv) xam ishlab chiqaradi. 
Ularni biz IYEM lar deb yuritamiz. Masalan, Farg‟ona neftni qayta ishlash zavodi qoshidagi Issiqlik 
Energiya markazi. 
Mamlakatimizda IYES lardan tashqari GES lar xam ishlab turibdi. Bunga misol qilib Bo‟zsuv 
kanalida birinchi bo‟lib qurilgan GES ni aytishimiz mumkin. Keyinchalik qurilgan Xisrav, Tuyamo‟yin, 
Farxod, Xodjakent GES lari xam mamlakat iqtisodiyotida katta axamiyat kasb etadi. Tezoqar daryolarda 
GES larni bir–biriga yaqin qilib qurish mumkin. Bunga misol qilib, CHirchiq – Bo‟zsuv energetika 
inshoatidagi GES lar kaskadini aytishimiz mumkin. YAna bundan tashqari boshqa energiya manbaalarini 
o‟zlashtirish maqsadida Toshkent viloyati Parkent tumanida “Fizika - quyosh” instituti qurib ishga 
tushirildi. Bu yerda juda katta terretoriyada quyosh energiyasidan foydalaniladigan laboratoriya barpo 
qilindi. Bunday tadbirlarni barchasi Respublikamizda elektr energiyasi xosil qilishning boshqa manbaalari 
xam mavjudligini isbot qiladi.
O‟zbekiston Respublikasi elektr energetika tizimi asosiy 
№ 
Elektr energiya manbayi 
Ishlab chikarilgan energiya mikdori 

Sirdaryo GRES 
66,0 mlrd kVt/soat 

Toshkent GRES 

Navoiy GRES 

GES (19ta) 
№ 
Elektr energiya manbayi 
Ishlab chikarilgan energiya mikdori 

Sirdaryo GRES 
66,0 mlrd kVt/soat 

Toshkent GRES 

Navoiy GRES 

GES (19ta) 
2 % 

18 % 2 1 
80%
2-rasm.Elektr energiya ishlab chiqarishni turlari bo‟yicha 
1.IYES – 80 %, 2.GES - 18 %, 3.NES – 2 %
Umuman olganda mamlakatning taraqqiyoti xamda xalq xo‟jaligini rivojlantirishda 
elektroyenergetik tizim asosiy vazifalarni xal etuvchi kafolatli omil xisoblanadi. Ma‟lumki, mamlakatning 
iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari o‟z energetika bazasiga ega ekanligi bilan belgilanadi. Bu jixatdan 
O‟zbekiston Respublikasi qudratli energetika tizimga ega. O‟zbekistonda 1970 yilda 18,3 mlrd kVt soat, 


1980 yilda 33,9 mord kVt soat, 2007 yilda 49, 0 mlrd kVt soat, 2010 yilda 55 mlrd kVt soat, 2013 yil 
statistika ma‟lumotlariga ko‟ra 66,0 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Quyida 3-rasmda 
O‟zbekiston Respublikasi elektr energiya ishlab chiqarish va undan foydalanish diagrammasi keltirilgan. 
66,0 
54,0 
W mlrd
49,0 
kVtG`s 
33,9 
18,3 
6,1 
0,9 
0,01 
0

1930 y 1940 y 1950 y 1970 y 1980 y 2007 y 2010 y 2013 y 
Elektr energiyasi xaqida ma‟lumot–elektr zaryadi, maydoni, elektr toki, potentsial, qarshilik, 
diyelektrik, fotoeffekt, termoelektron emissiya. 
Bizdan tashqi muxitdagi jismlar xammasi atomlardan, ya‟ni proton va neytron lardan iboroat 
ekan, ularni aloxida xossalariga xaqida to‟xtalib o‟tishimiz zarur bo‟ladi. Elektronlar – manfiy 
zaryadlangan zarrachalar, musban zaryadli protonning atrofida maxsus orbita tashkil qilib, shu orbitada 
aylanib yuradilar. Bu orbita bo‟yicha chekka qismlarda joylashgan elektronlarni yadro markazidan 
uzoqda bo‟lganligi uchun ozgina tashqi energiya yordamida uni shu orbita ta‟siridan chiqarib yuborish 
mumkin. Tabiiy xolatda atom tarkibidagi elektronlar va protonlar tashqi muxit bilan o‟zaro muvozanatda 
bo‟ladi. Agar biror ta‟sir natijasida u o‟zini tarkibidan elektronlarni yoki protonlarni yo‟qotsa, u xolda 
muvozanat buziladi. Atom o‟zini tarkibidan qancha ko‟p zaryadini yo‟qotsa u shuncha kuchli 
elektrlanadi. Zaryadlangan jismdagi elektr miqdori elektr zaryadi deb ataladi va q xarfi bilan belgilanadi. 
Ikki zaryad orasidagi o‟zaro ta‟sir kuchini Kulon qonuni bilan ifodalanadi. Bu qonun quyidagi 
formuladagidek topiladi. Elektr zaryadi ta‟sir eta oladigan fazo elektr maydoni deyiladi. Zaryadlangan 
xar bir jism atrofida elektr maydoni bo‟ladi. Elektr maydonining ma‟lum nuqtasidagi zaryadni bu maydon 
ta‟siridan tashqariga chiqarish uchun maydondagi kuchlar ish bajarishi lozim, ana shu ishni ifodalovchi 
kattalik shu nuqtaning potentsiali deyiladi. Tashqi kuchlar ta‟sirida zaryadlangan zarrachalarni tartibli 
xarakatiga elektr toki deyiladi. Uzunligi 1 m, yo‟g‟onligi 1mm bo‟lgan o‟tkazgichning o‟zidan 1 A 
miqdordagi elektr tokini o‟tganda zaryadlangan zarrachalarning xarakatiga ko‟rsatadigan ta‟sir kuchi shu 
o‟tkazgichni qarshiligi deyiladi. Tashqi kuchlar ta‟sirisiz o‟zidan elektr tokini o‟tkazmaydigan 
materiallarga diyelektrik materiallar deyiladi. Mendeleyevning kimyoviy jalvalidagi yarim o‟tkazgichli 
elementlar shunday bir ajoyib xossaga egaki, ular yorug‟lik nuri ta‟siridan o‟zidan elektronlarni qo‟yib 
yuboradi yoki elektronlarni o‟ziga oladi. Bu ajoyib xodisa fotoefekt deb ataladi. Buni birinchi bo‟lib 1888 
yili rus olimi A.G.Stoletov kuzatgan. Issiqlik ta‟sirida metallardagi elektronlarning xarakati tezlashadi
elektr o‟tkazuvchanligi ortadi. Bu xodisa termoelektron emissiya deyiladi. 
Elektr mashinalarda ishlatiluvchi izolyatsiya materiallarining yangi turlari 
ixtiro qilinishi natijasida gidrogeneratorlar kuchlanishi 110, 165 kV gacha ko‟ta-rilmoqda. Bu esa elektr energiyasini 
uzoq masofalarga transformatorlarsiz uza-tish imkonini yaratadi. Tok turiga ko‟ra elektr mashinalar o‟zgarmas va 
o‟zgaruvchan tok mashinalariga bo‟linadi. Ishlash printsipiga ko‟ra esa, o‟zgaruvchan tok mashina-lari asinxron va 
sinxron mashinalarga bo‟linib, ular bir, ikki va uch fazali tuzi-lishda ishlab chiqariladi. YAna bundan tashqari elektr 
mashinalaridan xisoblangan transformatorlarning xam zamonaviy ishlab chiqarishning rivojlanishida axamiya-ti 
katta. Uning ishlash printsipi elektromagnit induktsiya va elektromagnit kuch ha-qidagi fizik hodisalar ga 


asoslanadi. O‟tkazgichda hosil bo‟lgan e. yu. k. ning qiyma ti magnit kuch chiziqlari ning zichligi (magnit 
induktsiya), o‟gkazgich uzunligining aktiv qismi va o‟tkazgich-ning harakat tezligiga proportsional bo‟ladi. 
 

Download 168.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling