Mavzu: Elektr pechlar konstruksiyasi Reja


Vakuumli induksion pechlar


Download 27.07 Kb.
bet4/4
Sana21.04.2023
Hajmi27.07 Kb.
#1371049
1   2   3   4
Bog'liq
Elektr pechlar konstruksiyasi

Vakuumli induksion pechlar.
Vakuumli induksion pechlar yuqori sifatli po‘lat, rangli metallar va qotishmalarni eritish uchun ishlatiladi. Shu bilan birga ularni oyna tayyorlash va monokristallar olish uchun ham ishlatish mumkin. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra pechlar laboratoriya, sanoat- tajriba va sanoat pechlariga bo‘linadi.
Laboratoriya pechlari (bir nechta grammdan bir nechta kilogrammgacha) chastotasi 70500kGs, o‘rta sig‘imli pechlar (2,5 tonnagacha) chastotasi 50010000Gs va sanoat pechlari (o‘nlab tonna ) chastotasi 50Gs bo‘lgan tok manbasidan ta’minlanadi.

Kanalsimon pechlar asosiy elementlarining konstruksiyalari tarkibiga kiruvchi elementlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar oldingi, ya’ni 19-ma’ruzada keltirilgan. Ulardan asosiylari to‘g‘risida yana bir bor to‘xtaladigan bo‘lsak:


-pech futerovkasi – olovbardosh g‘ishtlardan (magnezit, shamot) teriladi yoki kukun (poroshok)dan suvaladi.
-pech kanal qismining futerovkasi quyiladigan metallga bog‘liq ravishda xar xil sostavli massalardan yasaladi.
-induktor – to‘rtburchak kesimli simdan (transformatorga o‘xshash) yoki suv bilan sovutishni ta’minlash uchun qalinligi bir hil bo‘lgan mis trubkadan yasaladi. Pech quvvati 100250 kVt bo‘lganda havo orqali sovutishning o‘zi yetarli, katta quvvatli pechlar uchun esa suv bilan sovutish zarur. Induktor bir qatlamli cho‘lg‘amga ega. Induktor va kanal futerovkasi orasida magnit o‘zak va induktorni sovutish uchun 2030mm xavo oralig‘i ko‘zda tutiladi.

IKP lar kuchlanishi 220, 380, 500 V, tok chastotasi 50 Gs bo‘lgan elektr energiya manbasiga ulanadilar. Ular manbaga sex podstansiyasiga o‘rnatilgan pasaytiruvchi kuch transformatorlari orqali ulanadilar.


Rudani quritish, dastlabki eritish kabi jarayonlar iste’mol quvvati mikdorini nominal qiymatga ko‘ra 25 - 30 foiziga kamaytirishni toqazo etadi. Buning uchun pechlar kuch transformatorlariga avtotransformatorlar orqali ulanadilar. Bunda avtotransformator quvvati pech quvvatining 45 - 50 foiziga teng deb qabul qilinadi.
Amaliyotda IKP larning manbaga shaxsiy (individual) va gruppalab ulash sxemalari mavjud. Gruppalab ulashda bitta transformatorga bir necha pechni ( odatda 3 ta yoki 6 ta ) ulash ko‘zda tutiladi.
Download 27.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling