Mavzu: Elektr yurutmalarning quvvatini tanlash


Download 222.12 Kb.
bet1/6
Sana18.01.2023
Hajmi222.12 Kb.
#1098935
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elektr yuritma quvvatini tanlash


Mavzu: Elektr yurutmalarning quvvatini tanlash
Reja
1.Elektr yuritmalarning quvvatini tanlash.
2. Elektr yuritmalarni boshqarish.
3. Elektr yuritmalarni avtomatlahgan tarzda boshqarish

Ishchi mashina va mexanizmlar uchun mos keluvchi elektr yuritmani tanlash bir necha omillar asosida amalga oshiriladi.


Eng avval ishchi mashina yoki mexanizm bajaradigan texnologik jarayondan kelib chiqib, qo’yiladigan talablarga ko’ra va bu talablarga mos keladigan elektromexanik xususiyatlari bo’yicha elektr yuritgichning turi tanlanadi.
Keyin hosil qilinadigan yuklama bo’yicha uning quvvati hisoblanadi va tezlikni hisobga olgan holda rusumi tanlanadi. So’ngra elektr yuritmani ishga tushirish, tezlikni rostlash, to’xtatish usullari va uni boshqarish usulini tanlash masalalari hal qilinadi. Bulardan elektr yuritgichning quvvatini hisoblash ma’suliyatli vazifalardan biri hisoblanadi.
Elektr yuritgichlarning keragidan ortiq quvvatlisi tanlansa, kapital xarajatlarning oshishiga, F.I.K va quvvat koeffitsientlarining kamayishi hisobiga elektr energiyasining isroflanishiga olib keladi.
Aksincha, kam quvvatlisi tanlansa, elektr yuritgichning zo’riqib ishlashiga, unumdorlikning pasayishiga va amal qilish muddatining kamayishiga olib keladi.
SHu sababli, elektr yuritgichning quvvati ishchi mashina va mexanizmning yuklamasiga va ishlash rejimiga qat’iy asoslangan holda tanlanishi lozim.
Ma’lumki, elektr yuritgichlarda elektr energiya mexanik energiyaga aylanayotganda uning bir qismi issiqlik ajralib chiqishiga sarf bo’ladi. Bu elektr yuritgichning ba’zi qismlari haroratini atrof muxit xaroratidan oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Elektr yuritgich chulg’amlari izolyatsiyalari issiqqa chidamsiz hisoblanadi. Ko’p mashina va mexanizmlar o’zgaradigan yuklama bilan ishlaydi va shu bilan birga qisqa muddatli zo’riqishlar bo’lishi mumkin. Bunda, tok va momentlar miqdori nominaldan oshib ketadi. Elektr yuritgichning maksimal momenti bunday zo’riqishlarni yengish uchun yetarli bo’lishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, elektr yuritgichning quvvati ruxsat etilgan qizish shartlari bo’yicha tanlanishi va zo’riqishga chidamlilik imkoniyati bo’yicha tekshirilishi lozim.
Elektr yuritgichlarning quvvatlarini qizish bo’yicha hisoblash uchun amaliyotda yuklamalarning o’zgarishi va davomiyligiga muvofiq Davlat standarti bo’yicha ular uchun uch xil ish rejimlari qabul qilinadi.
Uzoq muddatli ish rejimi. Bunda, elektr yuritgichning ishlash vaqti uning harorati barqarorlashgan miqdoriga tenglashadi
Qisqa muddatli ish rejimi. Bunda, elektr yuritgich ishlash vaqti oz bo’ladi va uning harorati barqarorlashgan miqdorga tenglashmaydi. Tanaffus vaqti shuncha uzoq bo’ladiki, u atrof-muhit haroratigacha sovishga ulguradi Davlat standarti bo’yicha quyidagi ishlash vaqtlari belgilangan—15, 30, 60 va 90 minut.
Takrorlanuvchan qisqa muddatli ish rejimi. Bunda ishlash vaqti bilan tanaffus vaqti qisqa bo’ladi va ular navbatma navbat takrorlanadi. Yuritgich harorati ishlash vaqtida barqarorlashgan miqdorga tenglashmaydi va tanaffus vaqtida atrof-muhit haroratigacha sovimaydi.

Elektr yuritgichlarning ish rejimlari grafiklari.

Download 222.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling