9-AMALIY MASHG’ULOT
-
Uzunligi =150 sm va Q1=2∙10-7 Kl zaryad miqdori tekis taqsimlangan to‘g‘ri simdan r=4 mm masofada zaryadi Q2=-2∙10-16 Kl bo‘lgan zarracha joylashgan. Shu zarrachaga ta’sir etuvchi kuch F topilsin.
-
Radiusi r=10-3 mm bo‘lgan zaryadlangan yog‘ tomchisi maydon kuchlanganligi E=7.85 kV/m ga teng bo‘lgan elektr maydonida muvozanatda turibdi. Yog‘ning zichligi =900 kg/m3. Yog‘ tomchisi zaryadi topilsin.
-
Bir-biridan r=20 mm masofada turgan va zaryadlarning zichligi =3∙10-5 Kl/m bo‘lgan cheksiz uzun parallel iplarning har bir uzunlik birligiga to‘g‘ri keladigan o‘zaro ta’siri topilsin.
-
Zaryadlari miqdori Q1=8 nKl va Q2=-5.3 nKl bo‘lgan ikkita zaryadlar bir-biridan r=40 sm masofada joylashgan. Zaryadlar orasidagi masofani teng o‘rtasida elektr maydon kuchlanganligi E1 topilsin. Agar ikkinchi zaryad Q2 ning ishorasi musbat bo‘lsa, elektr maydon kuchlanganligi E2 topilsin.
-
Bir xil ishorali zaryad bilan zaryadlangan va yuza bo‘ylab zaryad tekis taqsimlangan ikkita cheksiz parallel plastinkalarning sirt zaryad zichligi 1 nKl/m2 ga teng. Elektr maydon kuchlanganligi topilsin: 1) plstinkalar orasida; 2) plastinkalar tashqarisida.
-
Ikkita doira shaklida va yuzasi S=100 sm2 bo‘lgan plastinkalar bir-biriga parallel joylashgan. Plastinkalar birini zaryadi Q1=100 nKl, ikkinchisiniki Q2=-100 nKl. Ular orasidagi masofa r=2 sm. Plastinkalarning o‘zaro tortishuv kuchi topilsin.
-
Nuqtaviy Q=1 mkKl zaryad cheksiz katta (zaryadi tekis taqsimlangan) plastinkaning markazidan ma’lum masofada joylashgan. Plastinka nuqtaviy zaryadga F=60 mN kuch bilan ta’sir etadi. Plastinkaning sirt zaryad zichligi topilsin.
-
Sirti tekis zaryadlangan metall plastinka zaryadining sirt zichligi =10 nKl/m2 . Plastinkaning unga yaqin joylashgan va zaryadi Q=100 nKl ga teng bo‘lgan nuqtaviy zaryadga tasir etuvchi kuchi topilsin.
-
Yassi kondensatorning plastinkalari orasida nuqtaviy Q=30 nKl zaryad joylashgan. Unga kondensatorning elektr maydoni F=10 mN kuch bilan ta’sir etadi. Kondensator plastoinkalarining o‘zaro tortishuv kuchi F2 topilsin. Plastinka yuzasi S=100 sm2.
-
Zaryadi Q1=4∙10-9 Kl ga teng bo‘lgan sharcha ipak ipda yassi plastinkalar orasida osib qo‘yilgan. Kondensator plastinkalari gorizontal holda joylashgan. Agar plastinkalarga Q2=10-6 Kl zaryad berilsa, ipning taranglik kuchi ikki barobar oshadi. Kondensator plastinkalarining yuzasi S= 100 sm2. Sharchaning massasi topilsin. Ipning massasi hisobga olinmasin. Kondensator ichidagi maydon bir jinsli deb hisoblansin.
-
Ipak ipga osilgan va zaryadi Q1=2∙10-9 Kl bo‘lgan sharcha vertikal holda joylashgan zaryadlangan kondensator plastinkalari orasiga tushirilgan. Kondensator plastinkalariga Q2=0.9∙10-6 Kl zaryad berilsa, sharcha osilgan ip tik holatdan =300 ga og‘’adi. Kondensator plastinkalarining yuzasi S=30 sm2, uning ichidagi maydonni bir jinsli deb qabul qilamiz. Ipni massasi hisobga olinmasin, sharchaning massasi topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |