Ikkita nuqtaviy Q1=+9q va Q2=q zaryadlar orasidagi masofa r=8 sm. Zaryadlar yotadigan to`g`ri chiziq bo`ylab, birinchi zaryaddan qanday r1 masofada joylashgan nuqtada berilgan zaryadlar hosil qilgan elektr maydonning E natijaviy kuchlanganligi nolda teng?
Vertikal joylashgan cheksiz tekislik bir tekis zaryadlangan. Shu tekislik yaqiniga massasi m=10 g, zaryadi Q=0.88∙10-4 Kl bo‘lgan sharcha osilgan. Sharcha osilgan tekislik bilan =450 burchak hosil qilgan. Ipni cheksiz uzun va vaznsiz deb olib, tekislikdagi zaryadni sirt zichligi topilsin.
Zaryadlari Q=2.5∙10-8 Kl bo‘lgan ikkita musbat nuqtaviy zaryadlar r1=5 sm masofada joylashtirilgan. Ularning har biridan r2=5 sm masofada joylashgan nuqtada maydan kuchlanganligi E va potensiali topilsin.
Teng tomonli ( =4 sm) uchburchakning ikkita uchiga miqdorlari teng Q=3.2∙10-5 Kl va ishoralari teskari zaryadlar joylashtirilgan. uchburchakning uchinchi uchida paydo bo‘lgan maydon kuchlanganligi E va potensiali topilsin.
Ikkita ingichga uzun parallel joylashtirilgan simlar orasi r=20 sm. Ikkala sim ham bir tekis qarama qarshi ishorali zaryadlangan bo‘lib, chiziqli zaryad zichligi =1.1∙10-9 Kl/m. Birinchi zaryaddan r1=6 sm va ikkinchisidan r2=8 sm masofada joylashgan nuqtada elektr maydon kuchlanganligi E topilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |