Mavzu: Elektrokimyoviy jarayonlar


Download 137.64 Kb.
bet2/8
Sana19.08.2023
Hajmi137.64 Kb.
#1668220
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Elektrokimyoviy jarayonlar

Sn2+-2e= Sn4+ jarayonida qalayning oksidlanish darajasi +2 dan +4 gacha ortdi,
Cr6++3e=Cr3+ jarayonida xromning oksidlanish darajasi +6 dan +3 gacha kamayadi.
Element atomi o‘zining eng yuqori oksidlanish darajasida (masalan: S6+, R5+, Cl7+, Cu2+, Mn7+ ionlarda) boshqa elektron yo‘qota olmaydi va faqat oksidlovchi xossasini namoyon qiladi. Va aksincha, element atomi o‘zining eng kichik oksidlanish darajasida uziga elektron qabul qila olmaydi va faqat qaytaruvchi xossasini namoyon qiladi. Agar element atomi o‘zining o‘rtacha oksidlanish darajasiga ega bo‘lsa, u eritmaning muhitiga qarab yo oksidlovchi yoki qaytaruvchi xos-sasini namoyon qiladi.
Q aytaruvchidan oksidlovchiga elektronlar o‘tganda odatda reakciyada ishtirok etayotgan elementlarning valentligi o‘zgaradi. Lekin oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarida element valentligi o‘zgarmay qolishi mumkin. Masalan:
H02+Cl02=2HCl
CH4+2O2=CO2+2H2O
Birinchi reaksiyada vodorod va xlorning valentligi reaksiyadan oldin ham keyin ham birga teng. Metanning yonish reaksiyasida uglerod, kislorod va vodorodlarning valentliklari o‘zgarishsiz kolyapti. Lekin bu reaksiyalarda atomlarning holatlari o‘zgaradi. Demak, molekulada atom holatini valentlik tushunchasi to‘liq tushuntira olmaydi. SHuning uchun ham, oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarida oksidlanish darajasi tushunchasidan foydalanish maksadga muvofiq bo‘ladi. Valentlik kovalent bog‘lanishda (musbat yoki manfiy) ishoraga ega emas. U faqat bosim sonini ko‘rsatadi. Kimyoviy bog‘lanishda esa elektronlar elektromanfiyroq element atomiga siljigan bo‘ladi, natijada atomlar ma’lum zaryadga ega bo‘ladi.
Quyidagi misollar valentlik bilan oksidlanish darajasini farqini yakkol ko‘rsatadi.

  1. Azot molekulasida ikkita azot (N≡N) atomi o‘zaro uch juft elektron orqali birikkan. Uning oksidlanish darajasi nolga teng. CHunki kimyoviy bog‘ hosil kilgan umumiy elektron jufti xar ikki azot atomidan bir xil masofada joylashgan.

  2. Gidrazin - N2H4 molekulasida, xar bir azot atomining valentligi uchga teng, oksidlanish darajasi esa minus ikkiga teng chunki xar bir azot vodorod bog‘da umumiy elektron jufti azot atomi tomon siljiydi.

  3. Oksidlanish darajasi musbat, manfiy, nol va kasrli bo‘lishi mumkin.

  4. Umumiy elektron juftini uziga tortgan elektr manfiyrok element manfiy (-) va ikkinchi element musbat (+) oksidlanish darajasiga ega bo‘ladi. Bu qiymatlar odatda element simvolining tepasiga yoki yuqoriga (ung burchagiga ) raqam oldidan plyus yoki minus ishorasi ko‘rsatib yozib kuyiladi. Masalan, Cr6+O2-3, N02 bo‘larda kislorodning oksidlanish darajasi –2, xromning oksidlanish darajasi +6 va vodorodniki 0 ga teng. Kimyoviy birikmada yoki eritmada xaqiqiy bo‘lgan ionlarni ko‘rsatish uchun plyus va minus ishorasi rakamdan keyin yoziladi. Masalan : Fe3+, Mn 2+, S024, Mn0-4, Cl-, Na+ va boshqalar.

Kimyoviy birikmalarda atomning oksidlanish darajasini aniqlashda quyidagi qonundan foydalinadi.

  1. Oddiy moddalarda atomning oksidlanish darajasi nolga teng(N2, 02, Fe, S).

  2. Metallar hamma vaqt musbat oksidlanish darajasiga ega

  3. Vodorod gidridlardan tashkari hamma birikmalarda +1, gidridlarda esa – oksidlanish daraja namoyon etadi.

  4. Kislorod birikmalarda (OF2 dan tashqari) -2 oksidlanish daraja namoyon etadi. Peroksid (-O-O-gruppali)larda esa kislorodning oksidlanish darajasi –1 ga teng.

  5. Metalmaslarning oksidlanish darajasi ham musbat, ham manfiy bo‘lishi mumkin.

Bu ma’lumotlarga asoslanib murakkab birikmalardagi atomlarning oksidlanish darajasini xisoblab topish mumkin, bunda molekuladagi atomlar oksidlanish darajalarining algebraik yig‘indisi doimo nolga, murakkab ionda esa ionning zaryadiga teng bo‘lishini e’tiborga olish kerak.
Asosiy oksidlovchilar. O‘ziga elektron qabul qilib, davriy sistema qatoridagi inert gazning elektron strukturasiga ega bo‘lgan yoki manfiy zaryadlangan ionlar hosil kiluvchi neytral atomlar oksidlovchi bo‘ladi. Masalan , galogenlarning neytral atomlari F2, Cl2, Br2, I2 oksidlovchi funkciyasini bajarib manfiy zaryadlangan F-, Cl-, Br-, I- ionlarga aylanadi. Galogenlardan ftor va xlor kuchli oksidlovchi hisoblanadi.
Asosiy oksidlovchilarga yana kislorod , oltingugurt va boshqalar misol bo‘la oladi. Ba’zi metall ionlari uzlarining eng yuqori valentliklarida oksidlovchi bo‘lishi mumkin.
Asosiy qaytaruvchilar. Erkin holda barcha metallar, asosan ishqoriy (Li, Na, K, Rb, Cs) va ishqoriy-er (Ca, Sr, Ba) metallari, kislorodsiz kislota koldiqlarining ionlari (Br-, I¯, S2¯) hamda gidridlar (KH, CaH2) qaytaruvchi bo‘ladi.
Shuni nazarda to‘tish kerakki, oksidlovchi bilan qaytaruvchi urtasida keskin chegara yo‘q, bitta modda bir sharoitda oksidlovchi, ikkinchi sharoitda qaytaruvchi bo‘lishi mumkin.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzishda elektron - balans va ion-elektron (yarim reaksiyalar) metodlaridan foydalaniladi.

  1. Elektron-balans metodi yordamida oksidlanish-qaytarilish reak-ciyalarining tenglamalarini tuzishda oksidlovchi va qaytaruvchilarni qabul kilgan va yo‘qotgan elektronlar sonini aniqlash kerak. Kaytaruvchining umumiy yo‘qotgan elektronlar soni,

o ksidlovchining umumiy qabul kilgan elektronlar soniga teng bo‘lishi kerak. Masalan, alyuminiyning kislorod bilan oksidlanish reaksiyasi misol bo‘ladi:

Download 137.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling