Mavzu: Elеktrolitlardagi kimyoviy muvozanat reja
Noelektrolit eritmalar uchun
Download 133.21 Kb.
|
MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- NaCl
- (E=81; 25 O S
1) Kislota, asos va tuz eritmalarning yuqoridagi qonuniyatdan chetlanishi, ya’ni 2 guruh eritmalariga kirishi tajribalarda aniqlangan. Bu eritmalar elektr tokini o‘tkazadi. Elektr oqimini o‘tkazuvchi eritmalar elektrolit eritmalar, yoki elektrolitlar deb ataladi. Bunga asosiy sabab eritmada molekulalarning ionlarga ajralishidir. Bu nazariya Arreniusning elektrolitik dissotsialanish nazariyasi nomi bilan yuritiladi. Dissotsialanish. Elektrolit moddalar bilan bir qatorda erituvchining qator xossalariga ham bog’liq. Ko’pchilik qattiq elektrolit moddalar ion va ion panjaraga yaqin kristall panjaradan tashkil topgan. Ma’lumki NaC1 singari molekulalardagi bog’lanishlar ion bog’lanishdir. Bu molekulalar osh tuzi molekulasi Na va Cl atomlaridan iborat bo’lmay, balki Na bilan Cl ionidan iboratdir. Osh tuzi kristali suvda eriganda suv molekulalari dipoli Na va ionini manfiy va Cl - ionini esa musbat qutblari bilan qurshab oladi. Natijada suv dipollari bilan ionlar orasida tortishish vujudga keladi. (Ion - dipol bog’lanish). 1 - rasm NaCl kristallarini suvda eriganda dissotsialanish sxemasi ( a ) va gidratlangan ionlar ( b ). Suv ta’sirida Na va Cl ionlarining o’zaro tortishishi kuchsizlanadi va ular orasidagi bog’ uzilib Na va Cl ionlari bir - biridan ajraladi. Bu 1-rasmda ko’rsatilgan. Ionlar orasidagi tortishishning kuchsizlanishiga muhitning dielektrik konstantasi ta’sir qiladi. Ma’lumki Kulon qonuniga ko’ra, zaryadlangan zarrachalarning o’zaro tortishish kuchi quyidagicha bo’ladi. Demak, erituvchining dielektrik konstantasi (E) qanchalik katta bo’lsa, unda erigan modda molekulasining ionlari orasidagi tortishish kuchi shunchalik ko’p kamayadi, ya’ni erituvchining ionlash qobiliyati shunchalik kuchli namoyon bo’ladi. Suvning dielektrik konstantasi juda katta (E=81; 25OS) shuning uchun elektrolitlar suvda yaxshi dissotsiyalanadilar ham kuchli dissotsiyalovchi erituvchilar jumlasiga kiradi. Moddalarning qutbliligi bilan ularning dielektrik konstantasi orasida ma’lum bog’lanish bor: qutblilik oshgan sari dielektrik konstanta ham osha boradi. Shuning uchun erituvchining qutbliligi oshgan sari uning dissotsialanish xususiyati ham osha boradi. Moddalarning dissotsiyalanishiga yuqorida bayon etilganlardan tashqari, vodorod bog’lanish va donor-akseptor bog’lanishning hosil bo’lishi ham katta ta’sir qiladi. Agar erituvchi elektrolit bilan vodorod bog’ yoki donor akseptor bog’ hosil qilsa, bunday erituvchilarning dissotsialovchi xossasi kuchli ifodalangan bo’ladi, H2O va HF ning yaxshi dissotsialovchiligiga sabab, ularning vodorod bog’ hosil qila olishidir. Etil spirt va dinitrobenzolning dielektrik konstantasi taxminan bir xil, lekin HCl etil spirtda yaxshi dissotsialinadi, chunki etil spirtda H - bog’lanish mavjuddir. Ma’lumki suvning vodorod bog’i hosil qilish xususiyati anchagina kuchli, shu sababli suvning, hatto molekulyar kristallangan moddalarni ham disotsialashga kuchi yetadi. Erituvchilarning dissotsiyalash qobiliyatiga, ularning dielektrik konstantasidan tashqari, erigan modda bilan erituvchi orasidagi ta’sir natijasida oson dissotsialanuvchi yangi molekula, kompleks birikma hosil bo’lishi ham ta’sir etadi. Download 133.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling