Mavzu: elektron biznes va mobil-tijorat


İnternet magazin funktsiyalari (turlari)


Download 456.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana27.01.2023
Hajmi456.05 Kb.
#1130124
1   2   3
Bog'liq
14 laboratoriya ishi

İnternet magazin funktsiyalari (turlari) 
-Tovarni sotish va xizmat ko’rsatish; 
-mijozni tovar haqidagi ma’lumot bilan ta’minlash; 
-o’zining biznesi bilan tanishtirish


-«klient-sotuvchini» avtomatlashtirish; 
-qo’shimcha klientlarni tortish; 
-resursga kelivchilar bilan aloqa o’rnatish; 
-internet magazin boshqaruvchisi imidji (xizmat tuzilishi) 
Natijasi: 
-tovar va mahsulotni sotishning ko’tarilishi; 
-yangi ma’lumotlarga ega bo’lish; 
-mahsulot birligin rivojlantirish yo’nalishi; 
-mijoz-portretin olish mumkinchiligi; 
-sotib oluvchilar bazasin kengaytirish; 
3. Internetda elektron magazin va tijorat modeli 
Internet-texnologiyalardan foydalanuvchi kompaniyalar raqiblariga nisbatan afzallikka avvalo 
masalalarni operativ hal qilishlari evaziga erishdilar. B2C, B2B va P2P sxemalari hozirda 
elektron biznesni olib borishning asosiy modellari hisoblanadi. 
B2C - “biznes istemolchi” sxemasi Internet orqali xususiy kishiga mollarni va xizmatlarni 
chakana sotishni ifodalaydi. 
B2B - “biznes-biznes” sxemasi kompaniyalarning bir biri bilan mahsus axborot 
texnologiyalaridan va ma’lumotlarni elektron almashish standartlaridan foydalangan holda 
o’zaro aloqasini ifodalaydi. 
P2P – biznes munosabatning “teng-teng” sxemasi Internetda bir xil holatda bo’lgan sheriklar 
o’rtasidagi biznes munosabatni ifodalaydi. 
B2B “biznes-istemolchi” modeli. Tijorat nuqtai nazaridan B2C “biznes istemolchi” modeli 
elektron tijoratning eng istiqbolli yo’nalishi hisoblanadi, chunki uning asosini elektron chakana 
savdo tashkil etadi. Internet orqali chakana savdo iqtisodiyotning tez rivojlanayotgan sohasi 
bo’lib, elektron tijorat bozorining katta ulushini tashkil etadi. 
B2C tizimlariga quyidagilar taaluqli: 

Savdo kompaniyalarining Web-dizayn vositalari yordamida rasmiylashtirilgan Web-
vitrinalar; 

Internet-magazinlar, ularda, odatda, vitrinadan tashqari internet orqali elektron savdo 
jarayonini boshqarish uchun kerakli biznes – infratuzilma – back office mavjud; 

Back office lari kompaniyaning savdo biznes – jarayonlari bilan to’la integrasiyalangan 
Internet magazinlargan iborat savdo Internet tizimlar. 
Uchchala holda ham Internet orqali savdo qilinsada, har bir variant savdo jarayonining turli 
avtomatlashtirilgan darajasiga ega. Xaridorlarga xizmat qilish murakkabligi nuqtai nazaridan 
turli saviyaga ega, savdo qilishga xarajat ham turlicha. 
Ba’zida elektron biznes va elektron tijorat tushunchalarini aralashtirishadi, ammo ular orasida 
anchagina farq bor: 
1. Elektron biznes –faoliyat samaradorligini ko’tarish maqsadida kompaniya asosiy biznes 
jarayonlarini Internet texnologiyalaridan foydalanib amalga oshirishdir. Boshqacha aytganda 
elektron biznes – kompaniyaning ichki va tashqi aloqalarini amalga oshirish uchun global 
axborot tarmoqlaridan foydalanuvchi xizmat faoliyatidir. 
2. Elektron tijorat elektron biznesning muhim tarkibiy qismidir. Elektron tijorat biznes-
faoliyatining turli shakllarni – chakana va ulgurji savdo, marketing, korxonalar orasidagi bitim, 
ilovalarni arendaga berdi, xizmatlarni taqdim etdi shu va hokozolar qamrab oladi. Bu barcha 
xizmat amallari elektron shaklda kompyuter tarmoqlari yordamida amalgam oshiriladi. 
Yangi bozor zamonaviy axborot texnologiyalarining qo’llanishiga asoslangan va istemolchi bilan 
operativ aloqa qilinishiga mo’ljallangan. Yaqin orada elektron savdo amallari har qanday 
biznesning asosiy qismi bo’lib, qoladi. 
Web-vitrinalar amalgam oshirilishida nisbatan arzon va yetarlicha oddiy saytlar hisoblanadi. 
Texnika nuqtai nazaridan Web-vitrina-katalog, navigasiya tizimi va buyurtmani rasmiylashtirish 
majmuidir. Boshqacha aytganda Web-vitrinalar yordamida buyurtma savdo tashkil etiladi. 
Bunday saytlarda ma’lum kompaniyaning Tovar ro’yxati onlayn katalog ko’rinishida qo’yiladi. 


Ta’kidlash lozimki, Web-vitrinaning rentabelligi oddiy savdo yuritish rentabelligidan unchalik 
farq qilmaydi. Elektron biznesni ko’pincha uchinchi ming yilning texnologiyasi deb atashadi. 
Internetda elektron biznesning rivoji 1995 – yildan, tarmoqni xususiy foydalanuvchilar 
tomonidan o’zlashtira boshlashlaridan boshlangan. Xuddi shu yili birinchilardan bo’lgan 
Amazon-Internet magazini ochilgan. 

Download 456.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling