Mavzu. Elektron biznes va tijorat modellari


Rasm. 9.2. Iste'molchilar portreti va iste'molchilar segmentini qamrab olish bo'yicha bozor turlari.2


Download 1.17 Mb.
bet3/11
Sana21.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1641805
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-mavzu. Elektron tijoratning modellari

Rasm. 9.2. Iste'molchilar portreti va iste'molchilar segmentini qamrab olish bo'yicha bozor turlari.2


Ko'p tomonlama platformalar boshqa modellar orasida eng barqaror hisoblanadi. Ushbu kompaniyalar turli xil ehtiyojlarga ega bo'lgan turli iste'molchilar segmentlariga xizmat ko'rsatadilar. Facebook, Alibaba Group, Google va boshqalar shular jumlasidandir. Alibaba Group o'z qidiruv tizimi, ijtimoiy tarmog'i, to'lov tizimi, kim oshdi savdosi va boshqa xizmatlarga ega. 9.2-rasmda Alibaba guruhi kompaniyalari keltirilgan. Alibaba guruhining o'sishiga nafaqat ko'p tomonlama platformaning yaxshi qurilgan biznes modeli, balki Xitoy bozori monopollashtirilganligi ham yordam beradi. Kompaniyalar kirishi qiyin bo'lgan yopiq bozorda har doim yirik o'yinchilar va diversifikatsiyalangan kompaniyalar mavjud bo’ladi.
Bozor o'rnini tanlashga marjinallik va Unit-iqtisodiyoti ta'sir qiladi. Unit- iqtisodiyoti mumkin bo'lgan talabni aniqlaydi va kompaniya bitta operatsiyadan (sotilgan mahsulot birligidan) qancha pul topishi mumkin degan savolga javob berishga imkon beradi.

So’ngi yillarda bozorga tegishli ma'lumotlarini yig'ish va tahlil qilishga yo'naltirilgan yangi elektron xizmatlarning paydo bo'lishi kompaniyalar uchun qidiruv so'rovlari asosida talabni tahlil qilish imkoniyatini ochmoqda (Google AdWords adwords.google.com, wordstat.yandex.ru). Ushbu usul kalit so'zlar statistikasi deb ham nomlanadi. Masalan, mashhur Angry Birds kompyuter o'yinini har kuni 1 millionga yaqin odam yuklab olgan. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, agar 3000 ta qidiruv so'rovi amalga oshirilgan bo'lsa, unda ushbu tovar/xizmatlarga talab mavjud degan xulosaga kelish mumkin.


Qidiruv so'rovlari bo'yicha talabni tahlil qilish usulidan tashqari, elektron biznesda ushbu mahsulot/xizmatlarni muhokama qilish uchun forumlarda, ijtimoiy tarmoqlarda, suhbatlarda salohiyatli mijozlarning faolligini belgilaydigan bozorning quyi qatlami emotsionalligini baholash usuli qo'llaniladi. O’ziga xos emotsionallik - odamlar mahsulot/xizmatlarga qanday munosabatda bo'lishlari, unga ehtiyojlari mavjudligi, mahsulotni yoki xizmatni qanchalik faol muhokama qilishlari, ularni tashvishga soladigan jihati hisoblanadi.





Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling