Mavzu. Elektron biznes va tijorat modellari


Download 1.17 Mb.
bet1/11
Sana21.06.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1641805
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-mavzu. Elektron tijoratning modellari



MAVZU. ELEKTRON BIZNES VA TIJORAT MODELLARI





    1. Elektron tijorat kompaniyalarining modellari.
    2. Elektron savdo maydonchalarini tashkil etish modellari.


    3. Onlayn doʻkonlarning biznes modellari.
    4. Elektron tijoratda muvaffaqiyatga erishish omillari va risklari.



    1. Elektron tijorat kompaniyalarining modellari.

Internet va raqamli texnologiyalarning paydo bo’lishi bilan yangi shakldagi turli tadbirkorlik yo’nalishlari paydo bo’la boshladi. Elektron tijorat va internet- magazinlar bularning yorqin misoli bo’lib, dastlabki tadbirkorlar bu borada hech qanday tajribaga ega bo’lmay va bozor shakllarini to’liq anglamasdan faoliyat yuritganlar. Bugungi kunda mashhur bo’lgan ko’plab biznes modellarga dastlabki tadbirkorlar tajribasi asos sifatida xizmat qiladi.
Dastlabki internet kompaniyalardan ko'pincha o'zgarishlarga tezkor munosabatda bo'lishlari va biznes yuritish jarayonini yaxshilash va muammoga yo'naltirilgan qarorlar qabul qilishlari talab etilardi. Bunday sharoitda tashkiliy tuzilmalar moliyaviy rejalarni hisoblash yoki bashorat qilish mumkin emas edi, ular tashqi muhit ta'sirida shakllangan va kompaniya menejmenti tomonidan boshqaruvda ishonch yuqolishiga olib kelar edi. Natijada ko'plab kompaniyalarning bozorni tark etishiga olib keldi. Investorlar kompaniyaning qiymatini boshqarish jarayonlarini tushunish borasida aniq tasavvurga ega emas edilar, bu esa "moliyaviy ko'pik" inflyatsiyasiga hissa qo'shdi va natijada "dot.com" inqirozi bilan yakunlandi.
Hozirgi vaqtda Internetda biznes yuritishning muvaffaqiyatli tajribasi mavjud va biznes modellarini shakllantirishning samarali usullari paydo bo'lgan.

Tadbirkorlarlar ko'plab savollarga, xususan, elektron biznesning risklarini hisobga olgan holda asosiy va yordamchi biznes jarayonlarini tashkil etish bilan bog'liq savollarga javob topishlari mumkin.
Shunday bo’lsada, electron tijorat uchun bir qator savollar doim dolzarbligicha qoladi:
Muvaffaqiyatli biznes modellari kompaniyalar uchun qanday quriladi? Turli bizneslar, messenjerlar va axborot biznesi kompaniyalari qanday qilib daromad olishadi? Mobil ilovalar va ijtimoiy tarmoqlar uchun turli xil monetizatsiya modellarining kuchli va zaif tomonlari nimadan iborat? Qanday qilib muvaffaqiyatsizlikka yo'l qo'ymaslik kerak? Chunki biznes modellar yangi texnologiyalar asosida doim o’zgarib va moslashib boradi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling