Mavzu: Elektron hukumat – mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalashning asosiy faktori. Iqtidorli yoshlarni raqobatdosh kadr sifatida shakllantirishda electron hukumatning o`rni


Download 18.51 Kb.
bet1/2
Sana20.12.2022
Hajmi18.51 Kb.
#1037452
  1   2

Mavzu:Elektron hukumat – mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiyalashning asosiy faktori. Iqtidorli yoshlarni raqobatdosh kadr sifatida shakllantirishda electron hukumatning o`rni.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada rivojlantirishning qo‘shimcha vazifalari etib belgilansin:
2023-yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga ko‘paytirishni nazarda tutgan holda, shu jumladan ishlab chiqarishni boshqarishda axborot tizimlari kompleksini joriy qilish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatda hisobot yuritishda dasturiy mahsulotlardan keng foydalanish, shuningdek, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish orqali uni jadal shakllantirish;
2020-2021-yillarda barcha sog‘liqni saqlash muassasalari, maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘iga ulash hamda aloqa xizmatlari sifatini oshirishni ko‘zda tutgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini to‘liq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
2022-yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha yetkazishni nazarda tutgan holda davlat axborot tizimlari va resurslarini yaratish hamda integratsiya qilish, davlat ma’lumotlar bazalaridagi axborotlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibotlarini optimallashtirish va tartibga solish orqali elektron hukumat tizimini rivojlantirish;
dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va texnologik maydonchalar yaratish orqali “raqamli tadbirkorlik”ni rivojlantirish, 2023-yilga kelib ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish va ularning eksportini 100 million dollarga yetkazish;
ta’lim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo‘lgan raqamli bilimlarning darajasini oshirish, ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, “Besh tashabbus” loyihasini amalga oshirish doirasida 2022-yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga o‘qitish markazlarini ochish.
2. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik):
raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi;
raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish doirasida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarning loyihalari va texnik hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini majburiy ekspertizadan o‘tkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-iyuldagi PF-6268-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son)
3. Vazirlik huzurida quyidagilar:
a) “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasi tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
elektron hukumatni rivojlantirishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash;
davlat organlari va tashkilotlarida raqamli rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomining yagona idoralararo elektron tizimini joriy etish;
elektron hukumat sohasidagi loyihalar va dasturlarni amalga oshirish bosqichlarini muvofiqlashtirish;
b) “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishga raqamlashtirish jarayonlarining ta’sirini baholash;
ekspertlar hamjamiyati bilan hamkorlikda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasida yangi yo‘nalishlar va zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish orqali ularni davlat organlari va tashkilotlarida keng joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
iqtisodiyotning turli tarmoqlarida “aqlli” va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi texnologiyalarni joriy etishning konseptual va uslubiy asosini shakllantirish.
4. Vazirlik markaziy apparati tuzilmasida:
agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalariga mas’ul bo‘lgan vazir o‘rinbosari lavozimi kiritilsin;
Agrar sohada raqamli texnologiyalarni rivojlantirish boshqarmasi va Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi tashkil qilinsin.
Belgilab qo‘yilsinki, ushbu bandda nazarda tutilgan vazir o‘rinbosari lavozimini kiritish va boshqarmalarni tashkil qilish Vazirlik markaziy apparati va uning hududiy boshqarmalari xodimlarining umumiy cheklangan soni doirasida amalga oshiriladi.
6. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining markaziy apparati tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hududiy boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
7. Vazirlik, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Agentlikning:
“Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator UZINFOCOM” MChJning ustav kapitalidagi davlat ulushini (keyingi o‘rinlarda — Yagona integrator) Vazirlikka beg‘araz asosda o‘tkazib berish;
Vazirlik tashkiliy tuzilmasidagi xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlarini (ulushlarini) Vazirlikka o‘tkazib berish;
Agentlik qoshidagi “Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi” davlat unitar korxonasining axborot tizimlari va boshqa apparat-dasturiy komplekslarini bir hafta muddatda Vazirlik huzuridagi “Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi” davlat muassasasiga beg‘araz asosda o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
8. Quyidagilar:
“Elektron hukumat” tizimining arxitekturasi 4-ilovaga muvofiq;
2020 — 2022-yillarda elektron hukumatni yanada rivojlantirish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati 5-ilovaga muvofiq;
2020 — 2022-yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati 6-ilovaga muvofiq;
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 7-ilovaga muvofiq;
2020 — 2022-yillarda axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati 8-ilovaga muvofiq;
2020-2021-yillarda qishloq va suv xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 9-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga ushbu qaror bilan tasdiqlangan loyihalar ro‘yxatiga aniqlik kiritish huquqi berilsin.

Download 18.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling