Mavzu: Elektron hukumatni joriy etishning jahon tajribasi Reja


Download 486.5 Kb.
bet7/8
Sana21.11.2023
Hajmi486.5 Kb.
#1791520
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
С

Qo‘llab-quvvatlash:
Portalga «O‘zinfokom» kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi huzuridagi Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini axborot bilan ta’minlash va rivojlantirish guruhi tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
Meyoriy hujjatlar bazasi:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 dekabrdagi "Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida"gi 259-son qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 yanvardagi "Ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1041-son qarori
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 21 apreldagi "Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida"gi 116-son qarori
My.Gov.uz - Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) — foydalanuvchilarning interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan erkin foydalanishini, shuningdek elektron shaklda davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlovchi Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalidagi ma’lumot-axborot portali.
Yagona portal foydalanuvchilar tomonidan interaktiv davlat xizmatlaridan, shu jumladan pulli asosda erkin foydalanish maqsadida tashkil etilgan. Yagona portalning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • foydalanuvchilarga davlat organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;

  • foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;

  • foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;

  • davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik

to‘siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;

  • «Elektron hukumat»ni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko‘maklashish.

Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchining shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo‘ljallangan.

2-rasm. Yagona interaktiv davlat portal.

Xulosa
Hozirgi kunda yagona portalda taqdim etilayotgan interaktiv davlat xizmatlari Litseniyalash va ruxsatnomalar, elektron to‘lovlar, Bank va Moliya xizmatlari, Uy-joy va kommunal xo‘jaligi sohasi, Axborot texnologiyalari va aloqa, Konsullik xizmatlari, Mehnat, Tadbirkorlik, Sug‘urta, Ko‘chmas mulk, Sog‘liqni saqlash, Soliqqa tortish, Arxiv, Investitsiyalar va savdo, Madaniyat va Sport, Intellektual mulk, Transport, Bojxona, Huquq va Ta’lim yo‘nalishlarida, jami - 20 ta tematik bo‘limlarga birlashtirilgan bo‘lib, ular ham o‘znavbatida tarkibiy qismlarga bo‘linadi:
Foydalanuvchilar YAIDXPda shuningdek alohida bo‘lim-ilova orqali, vazirliklar, davlat tashkilot, idora va muassasalarining ro‘yxatiga o‘tish va ularning aloqa manzillari, rahbariyat qabul jadvallari, on-layn murojaat shakllari bilan tanishishlari, giperilovalar orqali kerakli tashkilot yoki idoraning rasmiy veb-saytiga o‘tishlari mumkin. Ishonch telefonlari bo‘limi ham portalning o‘ziga xos jihatlaridan biri bo‘lib, bu yerda hozircha 20 ta muassasaning ishonch telefonlari qayd etilgan. Undan tashqari YADXIPning o‘zida ham Qo‘ng‘iroqlar markazi (Sallcenter) tashkillangan bo‘lib, internetga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar mazkur funksiyadan foydalanib, o‘z murojaatlarini bayon qilishlari imkoniyati mavjud.
Portaldan foydalanuvchi fuqaro, o‘ziga zaruriy masalada taklif, shikoyat yoki ariza bilan, mazkur masalaga aloqador mas’ul davlat idorasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat etuvchi fuqaro, istagiga ko‘ra o‘z murojaatining ko‘rib chiqilishi jarayoni qaysi bosqichga yetganligi haqida SMS ma’lumotlari orqali xabardor bo‘lib turishi, murojaatiga javobni istasa elektron pochta orqali, xohlasa, oddiy pochta orqali olishi mumkin.


Download 486.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling