Mavzu: elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari


Download 335.9 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi335.9 Kb.
#1534321
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Elektron jadvallardan foydalanish texnologiyalari

Funksiyalar


Microsoft Excel da Funksiyalar deb muayyan vazifani yechish uchun bir necha hisoblash operatsiyalari birlashmalari ataladi. Microsoft Excel da funksiyalar bir yoki bir necha argumentlarga ega formulalarni ifodalaydi. Argumentlar sifatida son qiymatlari yoki kataklar manzillari ko‗rsatiladi. Argumentlar
qavslar ichida ( ) yoziladi. Argumentsiz funksiyalarda ham qavslar qo‗yiladi. Funksiyalar quyidagi vazifalarni bajarish imkonini yaratib beradi:
-formulalarni qisqartirish;
-murakkab hisob ishlarini bajarish;
-har xil jarayonlarni avtomatlashtirish.
Iqtisodiy va boshqa turdagi masalalarni yechishda eng ko‗p qo‗llaniladugan asosiy matematik, statistik va boshqa standart funksiyalarga quyidagilarni misol qilish mumkin:
SUMM (argumentlar ro‗yxati) - argumentlar ro‗yxtidagi sonlarni qo‗shish;
SRZNACH (argumentlar ro‗yxati) - argumentlar ro‗yxtidagi sonlarning o‗rta qiymatini hisoblash;
MAKS (argumentlar ro‗yxati) - argumentlar ro‗yxtidagi sonlarni maksimal qiymati;
MIN (argumentlar ro‗yxati) - argumentlar ro‗yxtidagi sonlarni minimal qiymati;
KOREN(son) – manfiy bo‗lmagan sonning kvadrat ildizini hisoblash; FAKTR(son) – sonning faktorialini hisoblash;
SLCHIS(tasodifiy son) - tasodifiy sonni chiqarish (0 va 1 orasidan);
SUMMESLI(diapazon; shart; yig‗indi) – berilgan diapazondagi berilgan shartni qanoatlantiruvchi sonlar yig‗indisini hisoblash;
SCHYOTESLI(diapazon; shart) – berilgan diapazondagi berilgan shartni qanoatlantiruvchi kataklar sonini hisoblash;
ABS(son) – sonning absolyut qiymatini hisoblash;
LN(son) – noldan katta sonning natural logarifmini hisoblash; EXP(son) – sonning eksponentasini hisoblash;
SIN(son) – sonning sinusini hisoblash; COS(son) – sonning kosinusini hisoblash; TAN(son) – sonning tangensini hisoblash;
ESLI( shart;1-ifoda; 2-ifoda) – agar shart rost bo‗lsa, u holda 1-ifoda bajariladi, aks holda esa 2-ifoda bajariladi;
I( 1-shart, 1-shart,…) – agar barcha shartlar rost bo‗lsa, u holda natija ham rost bo‗ladi, aks holda yolg‗on bo‗ladi;
ILI( 1-shart, 1-shart,…) – hech bo‗lmaganda bitta shart rost bo‗lsa, u holda natija ham rost bo‗ladi, aks holda yolg‗on bo‗ladi;

Masalan:


Download 335.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling