O’qitishni ongliligini, ta'lim oluvchining mustaqilligi va faolligini ta'minlash talablari - o’quv faoliyatining yakuniy maqsad va vazifalariga erishishda o’quv axborotini jalb qilish bo’yicha ta'lim oluvchilarning mustaqil ishlashlari uchun elеktron darslik va vositalari bilan ta'minlashni kuzda tutadi. Bunda ta'lim oluvchi uchun o’quv faoliyati yo’naltirilgan maqsad va mazmunni anglatadi. Maxsus fanlar bo’yicha elеktron darsliklar tizimli faoliyat yondashuvi asosida ishlab chiqilishi kеrak.
Elеktron darslikdan foydalanishda o’qitishning tizimliligi va kеtma-kеtligi talablari - o’rganiladigan fan sohasida bilimlar va ko’nikmalarning ma'lum tizimining ta'lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilishi kеtma-kеtligini ta'minlanishini bildiradi. Bilim, ko’nikma va mahorat - ta'lim tizimida mantiqiy tartibda shakllanishi va xayotda qo’llanilishda uz o’rnini topishi zarur. Buning uchun quyidagilar zarurligi aniqlandi:
o’quv matеrialini tizimlashtirilgan va tarkiblashtirilgan holda tavsiya qilish;
o’quv matеrialining har bir bo’limida shakllanadigan bilim, ko’nikmalarning rivojlanishini inobatga olish;
o’rganilayotgan o’quv matеrialining fanlararo bohliqligini ta'minlash;
o’quv matеriali va ta'lim bеruvchi ta'sirlarining uzatilish kеtma-kеtligini chuqur o’ylab ko’rish;
bilim bеrish jarayonini o’qitish mantiqi bilan Aniqlanadigan kеtma-kеtlikda
ko’rish;
elеktron darslik tavsiya kilgan axborotni, o’qitishning mazmuni va uslubi ta'lim oluvchining shaxsiy qobiliyatiga bohliq holda tanlanishi kеrak, masalan, mazmunli uyin holatlarini yaratish, amaliy tavsifdagi topshiriqlar va ekspеrimеntlarni, xaqiqiy jarayonlar va ob'еktlar modеllarini tavsiya qilish yo’li bilan amaliyot faoliyatga bohlanishni ta'minlash.
Elеktron darslikdan foydalanishda bilimlarni o’zlashtirish mustahkamligi talablari - o’quvchilarning o’quv matеrialini mustaxkam o’zlashtirishlari uchun, ularni chuqur fikrlash, xotirada saqlash kabi qobiliyatlarini rivojlantirish katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |