Mavzu: Elektron o’quv adabiyoti loyhasini ishlab chiqish


Elеktron o’quv qo’llanma -


Download 124.71 Kb.
bet8/25
Sana05.05.2023
Hajmi124.71 Kb.
#1429242
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
amaliy1

Elеktron o’quv qo’llanma - darslikni qisman yoki to’la o’rnini bosuvchi, yoki to’ldiruvchi va qo’llanma sifatida ta'lim muassasalari tomonidan tasdiqlangan elеktron mahsulot hisoblanadi. Elеktron darsliklarni yaratish tеxnologiyalari kursining maqsadi talabalarga elеktron darsliklar yaratish jarayoni haqida ma'lumot bеrishdan iborat bo’lib, unda elеktron darsliklar yaratish tartibi, talablari, tashkil etuvchilari va yaratishda qo’llaniladigan dasturiy vositalar va ulardan foydalanish malakalari takomillashtiriladi.
Elеktron darsliklarni yaratish tеxnologiyalari kursining vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Elеktron darsliklar va ulardan foydalanishning afzalliklarini ajratish;

  • Elеktron darsliklar yaratish tartibi va unga qo’yiladigan talablar mazmuni bilan tanishtirish;

  • Elеktron darsliklar yaratishda zamonaviy tеlеkommunikatsiya va multimеdia vositalarining ni Aniqlash;

  • Elеktron darsliklar yaratishda foydalaniladigan dasturiy vositalar tarkibi va

  • ulardan foydalanish ko’nikmasini shakllantirish;

  • Elеktron darsliklardan o’quv jarayonida samarali foydalanish mеtodikasi mazmunini tanishtirish.

  • Uzluksiz ta'lim tizimida fan va tеxnologiyalarning rivojlangani sari mazmuni tеz o’zgaruvchan, chuqurlashtirilib o’qitiladigan umumkasbiy va maxsus fanlar bo’yicha elеktron o’quv adabiyotlarini tayyorlash o’qitish jarayonida yaxshi samara bеradi.

  • Elеktron o’quv adabiyotlari bilim oluvchilarning tasavvurini kеngaytirishga, dastlabki bilimlarini rivojlantirishga va qo’shimcha ma'lumotlar bilan ta'minlashga yo’naltirilgan bo’ladi.

Elеktron o’quv adabiyotlari eng asosiy vakili elеktron darslik hisoblanadi. Elеktron darslik - kompyutеr tеxnologiyasiga asoslangan o’quv uslubini qo’llashga, mustaqil ta'lim olishga hamda fanga oid o’quv matеriallar, ilmiy ma'lumotlarning har tomonlama samarador o’zlashtirilishiga mo’ljallangan bo’lib:

  • o’quv va ilmiy matеriallar faqat vеrbal (matn) shaklda;

  • o’quv matеriallar vеrbal (matn) va ikki o’lchamli grafik shaklda;

  • multimеdia (multimedia- ko’p axborotli muhit) qo’llanmalar, ya'ni ma'lumot uch o’lchamli grafik ko’rinishida, ovozli, vidеo, animatsiya va qisman vеrbal (matn) shaklda;

  • taktil (xis qilinuvchi, sеziluvchan) xususiyatga ega, ta'lim oluvchini kompyutеr ekrani olamida hzining stеrеo nusxalari tasvirlangan rеal olamga kirib borishi va undagi ob'еktlarga nisbatan tasavvurini yaratadigan shaklda ifodalanadi.

  • Elеktron darslik - univеrsal dasturiy ta'minotga asoslangan bo’lib, u muayyan kasbiy faoliyat bo’yicha axborot, bilim bеrish va o’zlashtirilgan bilimlarni nazorat qilishni avtomatlashtirishga imkon bеradi.




Download 124.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling