Mavzu: Elektron o’quv-metodik va dasturiy ta’minot Reja: «Informatika»
Download 32.14 Kb.
|
Mavzu-6
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Informatika» kursining o‘quv-metodik ta’minoti
- O‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodlari.
- Elektron ma’lumotnoma
Mavzu: Elektron o’quv-metodik va dasturiy ta’minot Reja: «Informatika» kursining o‘quv-metodik ta’minoti. O‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodlari. «Informatika» kursining dasturiy ta’minoti. «Informatika» kursining dasturiy ta’minoti turlari. «Informatika» kursining o‘quv-metodik ta’minoti O‘quv-metodik ta’minot sohasida informatika o‘qitish metodikasi o‘z oldiga o‘quvchilar uchun qiziqarli darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini, o‘qituvchilar uchun esa uslubiy ishlanmalarni yaratishni maqsad qilib qo‘yadi. O‘quv-metodik ta’minot o‘quv dasturlari, darsliklar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni o‘z ichiga oladi. Bunda asosiy o‘rin darslik va o‘quv qo‘llanmalariga ajratilgan. Qolgan o‘quv-metodik ta’minot asosiy darslik bilan yaqindan bog‘langan bo‘lib, darslikdagi g‘oyalarni tushuntirish va rivojlantirishga xizmat qilishi lozim. O‘quv-metodik ta’minot tarkibiga davriy nashrlardagi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim va xalq ta’limi vazirliklari nashrlaridagi uslubiy materiallarni va me’yoriy hujjatlarni kiritish mumkin. O‘quv-metodik ta’minotning hozirgi davrdagi muhim bir bo‘lagi bu, elektron o‘quv- metodik materiallardir. O‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodlari. O‘zbekiston Respublikasi o‘quv jarayonida elektron darsliklar keng qo‘llanilmoqda. O‘quv-uslubiy adabiyotlarning yangi avlodini yaratish kontseptsiyasi, an’anaviy materiallardan foydalanishdan tashqari, quyidagi elektron o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqishni nazarda tutadi: elektron ma’lumotnomalar; elektron o‘quv qo‘llanmalar; elektron darsliklar; elektron entsiklopediyalar; elektron plakatlar elektron laboratoriya ishlari • elektron xrestomatiya va hokazo. Elektron ma’lumotnoma foydalanuvchiga zarur vaqtda kerakli axborotni kompakt shaklda tezkor olish imkoniyatini beradi. Odatda elektron ma’lumotnoma terminlarning ro’yxatidan iborat bo’lib, ro’yxatning har bir elementi giperaktiv hisoblanadi, ya’ni uni faollashtirish natijasida termin mazmuni, tarjimasi yoki izoxi keltirilgan giperssilkaga murojaat etiladi. Elektron ma’lumotnomaning mavjudligi ixtiyoriy O‘quv-uslubiy adabiyotlar uchun zaruriy shart hisoblanadi. Download 32.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling