Mavzu: elektron o`quv qo`llanmani ishlanmalarini tuzilishini yaratish va birinchi slaydini loyihalash


Download 1.58 Mb.
bet11/14
Sana24.12.2022
Hajmi1.58 Mb.
#1054561
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Boboyev Muxriddin

Animatsion effektlar


Animatsiya — bu, ob'yektlar, kameralar, yorug‘lik manbalarining o‘zaro joyini almashtirish yoki ularning parametrlarini vaqt bo‘yicha o‘zgarishiga ega bo‘lgan vazifa yoki topshiriqdir. Hozirgi paytda kompyuterli grafika vositalarini qo‘llashning ushbu sohasi kuchli rivojlanishni boshdan kechirmoqa. Animatsion
grafika o‘zida rang, tasvir va illyustrativ grafika (mashinaviy tasvirlar, illyustrativ matnlar, chizmalar, eskizlar va boshqalar) bilan ishlay olish imkoniyatiga ega.
Televizorimiz ekranida har kuni tomosha qiladigan reklama kliplari, turli multfilmlarning ko‘pchiligi ana shu animatsion grafika asosida yaratilgan. Misol uchun Uolt Disnеy studiyasi tomonidan bundan 50 yil mukaddam yaratilgan «Okkiz va еtti gnomlar» multfilmi birinchi animatsion tasma bo‘lgan . Yoki 1991 yilda ushbu kompaniya tomonidan yaratilgan «Soxibjamol va maxluk» multfilmini kupchiligingiz sеvib tomosha kilasiz.
Animatsion effektlarni qo‘llash uchun bichimlash uskunalari panelidagi tugmachasi bosiladi. Natijada quyidagi «анимации» (Animatsiya effektlari) uskunalar paneli hosil bo‘ladi

Ushbu uskunalar panelidagi asosiy elementlar bilan tanishib chiqamiz:



  1. Sarlavha animatsiyasi. Bunda animatsiya nomi yoziladi.

  2. Slayd matnlarining animatsiyasi. Matn yozilgan barcha slaydlarni ekranda namoyish etadi.

  3. Kirish effekti. Bu piktogrammaga sichqoncha ko‘rsatkichi keltirib bosilgandan so‘ng, namoyish ekranida belgilarning chiqish tezliklari hosil bo‘ladi. Ya'ni, belgilarning ketma-ket tartibda chiqishi ta'minlanadi.

  4. Uchish effekti. Belgilarning namoyish ekranida ketma-ket uchib tushishini ta'minlaydi.

  5. Kamera effekti. Namoyish slaydining tasvirini ta'minlaydi.

  6. Portlash effekti. Bunda slaydga yozilgan axborotlarning ekranda bir marta hosil bo‘lib, yo‘qolish holati ta'minlanadi.

  7. Lazerli effekt. Slayddagi yozuvlarning uchish tezligini va turli tomonlardan uchib tushish parametrlarini o‘zgartirish piktogrammasidir.

  8. Yozuv mashinkasi animatsiyasi. Bunda kiritilgan belgilar endi yozilayotgan yozuv mashinkasidagi kabi hosil bo‘ladi.

  9. Otib tushirish effekti. Bunda yaratilgan slayddagi belgilar biror tugma bosilgungacha yashirinib turadi.

  10. Animatsiyalarni sozlash. Bu piktogramma animatsiyalar parametrlarini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling