Mavzuning dolzarbligi: Axborotlashtirish, axborotlarni himoya qilish hozirgi paytda dolzarb masalalardan hisoblanadi. Internet tarmog‘i orqali kundan - kunga ma’lumotlarning ko‘payishi axborotlarning himoyalanishiga muhim turtki bo‘lib xizmat qilmoqda. Qolaversa, elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonunning e’lon qilinishi uning ahamiyatini naqadar yuqori ekanligini bilib olish qiyin emas. Shuning uchun qo‘yilgan masalani dolzarb deb qarash o‘rinli bo‘ladi.
Bitiruv malakaviy ishining ob’еkti: Axborotlarni himoya qilish, Axborotlarni kriptografik himoyalash usullari, elektron raqamli imzo algoritmlari.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Axborotlarni himoyalash usullarini, elektron raqamli imzo algoritmlari va uning tadbig‘ini o‘rganish.
Bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifasi:
1. Elektron raqamli imzo mohiyatan elektron hujjatning yuridik maqomini ta’minlovchi kriptografik vosita ekanligini yoritish.
2. ERI axborot kommunikatsiya tarmog‘ida elektron hujjat almashinuvi jarayonida quyidagi uchta masala:
- elektron hujjat manbaini haqiqiyligini aniqlash;
- elektron hujjat to‘laligini (o‘zgarmaganligini) tekshirish;
- elektron hujjatga raqamli imzo qo‘ygan subyektni mualliflikdan bosh tortmasligi ta’minlanishi hal etish imkonini berishini izohlash.
3. ERI tizimini yaratish yo‘nalishlari:
1) ochiq kalitli shifrlash algoritmlariga asoslangan;
2) simmetrik shifrlash algoritmlariga asoslangan;
3) imzoni hisoblash va uni tekshirishning maxsus algoritmlariga asoslangan raqamli imzo tizimlarining o‘ziga xos tomonlarini ko‘rsatish.
4. Ba’zi mavjud ERI algoritmlari standartlari: DSА, ГОСТ Р 34.10-94, EC DSA -2000 va ГОСТ Р 34.10-2001 batafsil yoritish.
5. Mavjud hisoblash murakkablik masalalari kompozitsiyasiga asoslangan yangi ERI algoritmi taklif etildi.
Ilmiy-uslubiy tadqiqot mеtodlari:
mavzu bo‘yicha ilmiy uslubiy nazariy adabiyotlarni o‘rganish;
ta’lim to‘g‘risida davlat hujjatlari, DTS talablari, ilg‘or mutaхassis olimlarning fikrlarini o‘rganish;
- ta’lim va ishlab chiqarish jarayoniga elektron raqamli imzo bo‘yicha chiqariladigan qaror va farmonlarni o‘rganish;
Tadqiqotning ilmiy uslubiy yangiliklari:
- Elektron imzo haqidagi boshlang‘ich ma’lumotlar o‘rganildi.
- Elektron raqamli imzo algoritmlaridan foydalanish o‘rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |