Mavzu: Elektron sxema simulyatorlari Mundarija 1
Elektron sxema simulyatorlari
Download 3.17 Mb.
|
Elektron simulyatsiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Quyida modellashtirishning bir qator afzalliklarini keltiramiz
2.2. Elektron sxema simulyatorlari.
2. Simulyator hisoblash va maʼlumotlarga asoslangan – tadqiqotning uchinchi ustuni sifatida nazariya va tajriba oʼrtasini bogʼlovchi muhim vositadir. Shu bilan bir qatorda, taʼlimning barcha sohalarini, ilmiy izlanishlarni, ishlab chiqarish amaliyotini, shuningdek, mahalliy va jahon iqtisodiyotini tubdan oʼzgartirish potentsialiga ega. Sistemalar va ularning tabiatini zamonaviy texnologiyalar yordamida erishib boʼlmaydigan nano oʼlchamdagi aniqlik bilan tushunish uchun kompьyuter simulyatsiyasidan foydalanish mumkin. Agar bizda baʼzi sistemalarning eksperimental kuzatish asosida qanday harakat qilishini tahlil qilib beradigan maʼlumotlar mavjud boʼlsa, biz ushbu hodisalar qanday sodir boʼlgani yoki aslida nima sababdan yuz bergani haqidagi savollarga javob berishimiz mumkin. Quyida modellashtirishning bir qator afzalliklarini keltiramiz: Xavfsizlik – odamga yoki atrof-muhitga zarar bermasdan sinab koʼrish yoki tajriba oʼtkazish. Prototip – yakuniy mahsulot ishlab chiqarilishidan avval yangi mahsulotlarni loyihalash va sinash uchun modellardan foydalanishdan iqtisodiy tejash. Bashorat qilish – kelajakka boqib, ehtimoliy taʼsirlarni yoki yoʼqotishlarni taʼkidlab, muammolar paydo boʼlishidan oldin ularga yechim topish. Vizualizatsiya – tizimdagi munosabatlarni koʼrish, tushunish va tahlil qilish. Jarayonni vaqt boʼyicha tezlashtirish yoki sekinlashtirish. Takrorlash – model sistemani turli xil senariylar asosida parametrlarni oʼzgartirib qayta takrorlash 1-rasm 2-rasm 3-rasm 4-rasm 6-rasm 7-rasm 8-rasm Hozirgi kungacha о'quv laboratoriyalarida asosan an’anaviy о‘lchov asboblari qo‘llanib kelinar edi. Endi virtual o'lchov asboblari yordamida yaratilgan komputerdagi о‘lchov asboblaridan foydalanish talab etilmoqda. О‘quv laboratoriyasidagi virtual asbob (VA) - qo'shimcha maxsus dasturiy ta’minot va turli o'lchov modullari, masalan, ko'p funksional kirish - chiqish platasi bilan ta 'minlangan komputerdir. VA o'lchanayotgan axborotni yig'ish, qayta ishlash va aks ettirishni avtomatlashtirish imkonini beradi, foydalanuvchi uchun qulay interfeysga ega, uning dasturiy va apparat vositalari esa an’anaviy o'lchov vositalariga xos bo'lgan vazifalami amalga oshirish imkonini beradi, natijalami monitor ekranida foydalanuvchiga qulay shaklda aks ettiradi. VA dasturiy ta’minoti ham Visual C++, Visual Basic va boshqalar kabi standart vositalar yordamida, ham maxsus dasturlar yordamida tuzilishi mumkin. Hozirgi kunda maxsus dasturiy ta ’minot sifatida National Instruments kompaniyasining MULTISIM amaliy dasturiy paketi eng mos va qulay hisoblanadi.O'lchov jarayonlarini avtomatlashtirish bo'yicha yaratilayotgan zamonaviy apparat vositalarining deyarli barchasi MULTISIM drayverlari bilan mos keladi. Mazkur muhitda ilovalar yaratish visual vositalar yordamida amalga oshiriladi va dasturlash bo'yicha maxsus bilimga ega bo 'lish talab qilinmaydi. Download 3.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling