Mavzu: Elektron sxema simulyatorlari Mundarija 1


Simulyator o’zi nima va xayotimizdagi o’rni


Download 3.17 Mb.
bet6/7
Sana12.07.2023
Hajmi3.17 Mb.
#1660018
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Elektron simulyatsiyalar

4.Simulyator o’zi nima va xayotimizdagi o’rni

Simulyatorlar oʼquv jarayonning qariyb barcha jabhalarida foydalanilmoqda. Simulyator dasturlaridan meditsina sohasida boʼlajak jarrohlarni va hamshiralarni oʼqitishda, tijorat sohasida biznes-simulyator oʼyin dasturlardan foydalanilmoqda. Simulyatorlardan foydalanishning asosiy sabablaridan biri uning haqiqiy asbob-uskuna va jihozlarsiz virtual laboratoriya ishlarini oʼtkazishga imkoniyat yaratishidir. Bu oʼz-oʼzidan nafaqat katta miqdorda mablagʼlar tejalishiga, balki ularga umuman ehtiyoj ham tugʼdirmaydi. Simulyatorlarning qariyb hech qanday moliyaviy mablagʼlar talabetmasligi maʼlum tadqiqotlarni talabalar tomonidan koʼp marotaba qaytaqayta amalga oshirishga imkoniyat yaratadi. Simulyatorlardan foydalanishning yana bir afzallik tomoni ularning xavfsiz ekanligidadir. Baʼzi tadqiqotlarni amalga oshirish inson hayoti uchun xavf tugʼdiradi, masalan,samolyotlarni boshqarish, yadro fizikasiga oid va kimyoviy hodisalarni oʼrganish. Bunday tadqiqotlar katta miqdorda moliyaviy xarajat talab etibgina qolmasdan, tadqiqotni olib boruvchilar hayotiga havf ham tugʼdiradi. Hozirda turli simulyator dasturiy vositalardan foydalanib, maʼruza,amaliy va laboratoriya mashgʼulotlarini, shuningdek talabalarning mustaqil taʼlimini tashkil etish mumkin Masalan, Crocadile – clips kompaniyasining Crocodile Physics, Crocodile Technology, Crocodile Chemistry, Crocodile ICT dasturlarini, bundan tashqari Beginnings of Electronics, Interactive Physics, WorkingModel, Electronics Workbench, PhET Simulations, Pintar virtualLab Wave, MathCad, MatLab amaliy dastur paketlari va boshqa dasturiy taʼminotlarni keltirish mumkin. Crocodile Technology dasturidan oliy taʼlim muassasalari talabalari,professor-oʼqituvchilari “Elektrotexnika”, “Sxemotexnika”, “Elektr zanjirlar nazariyasi“ fanlarida qoʼshimcha pedagogik dasturiy vosita sifatida keng foydalanishlari mumkin.


Crocodile Chemistry dasturi orqali kimyoviy jarayonlarni modellashtirish, turli reaktsiyalar jarayonlarini modellashtirish va eng asosiysi, buni xavfsiz amalga oshirish mumkin.

Download 3.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling