Мавзу: Электрон тулов тизимларида маълумотлар мухофазасини ташкиллаштириш


Download 284 Kb.
bet2/10
Sana06.04.2023
Hajmi284 Kb.
#1334142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
elektron tolov tizimlarida qollanilayotgan malumotlarning ishonchli ximoyalanish darajasini aniqlash dasturiy vositasini ishlab chiqish

Masalaning qo’yilishi. Ishlab chiqarishga elеktron to’lov tizimilarining joriy etilishi undagi ma'lumotlarni ishonchli himoyalash zaruriyatini ham kеltirib chiqardi. Ushbu muammoni hal qilish uchun zamonaviy himoya vositalarni ishlatishga to’g’ri kеladi. Mavzuda elеktron to’lov tizimlari, xususan, tijorat banklarida qo’llanilayotgan himoyalash vositalari o’rganib chiqiladi va ularning ishonchli himoyalanganlik darajasini aniqlah algoritmi va dastuy ta’minoti ishlab chiqiladi.
Qo’yilayotgan masalaning dolzarbligi shundaki, bank sohasiga taalluqli bo’lgan barcha ma’lumotlar qiymati pul (naqd pullik yoki naqd pullarsiz) ma’lumotlariga aloqadordir. Ularning himoya va daxlsizligini ta’minlash esa har doim ham eng dolzarb masala bo’lib hisoblanadi.
Bundan tashqari tijorat banklarigagi ETTga yangi axborot texnologiyalari asosidagi himoya vositalarini qo’llash samaradorligini baholash ham bigungi kunning talabidir. Mavzuida tijorat banklarida mavjud elektron to’lov tizimlari himoy vositalarini tahlil qilish orqali shu tizimning to’liqligicha ishonchli himoylanganlik darajasi ham aniqlanadi.
Mavzuida ko’rilayotgan masala tijorat banklaridagi avtomatlashtirish ishlarining ishonchliligini ta’minlaydi va bugungu kunda muammo bo’lib turgan inqiroz talofatlaridan bezarar chiqishga hissa qo’shadi. Inqirozdan chiqish muammosini O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov o’zinig “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari” asarida inqirozdan chiqishda kompyuter texnologiyalarinig o’rni buyk ekanligini alohida ta’kidlaydai, ya’ni - “Bugungi kunning eng dolzarb masalasi – bu 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi, uning ta’siri va salbiy oqibatlari, yuzaga kelayotgan vaziyatdan chiqish yo’llarini izlashdan iborat.
Inqirozga qarshi choralar dasturining konkret bo’limlari-belgilangan kompleks chora-tadbirlar quyidagi asosiy vazifalarni hal etishga qaratilgan.
Birinchdan- korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni yanada jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni kehg joriy etish;
Ikkinchidan- joriy kon’ogi’rliktura keskin yomonlashib borayotgan hozirgi sharoitda eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarning tashqi bozorlarda raqobatdosh bo’lishini qo’llab-quvvatlash bo’yicha konkret chora-tadbirlarni amalgam oshirish va eksportni rag’batlantirish uchun qo’shimcha omillar yaratis.
Uhinchdan- qat’iy tejamkorlik tizimini joriy etish, ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini kamaytirishni rag’batlantirish hisobidan korxonalarning raqobatdoshligini oshirish;
To’rtinchidan- elektroenergetika tizimini modernizatsiya qilish, energiya iste’molini kamaytirish va energiya tejashning samarali tizimini joriy etish choralarini amalgam oshirish;
Beshinchidan- jahon bozorida talab pasayib borayotgan bir sharoitda, ichki bozorda talabni rag’batlantirish orqali mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini saqlab qolishda g’oyat muhim ahamiyatga ega” [2].

Download 284 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling