Мавзу: Электрон тулов тизимларида маълумотлар мухофазасини ташкиллаштириш


Download 284 Kb.
bet1/10
Sana06.04.2023
Hajmi284 Kb.
#1334142
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
elektron tolov tizimlarida qollanilayotgan malumotlarning ishonchli ximoyalanish darajasini aniqlash dasturiy vositasini ishlab chiqish


M U N D A R I J A


Kirish ……………………………………………………………....… 4
I-bob. O’zbekiston Respublikasi to’lov tizimlari to’g’risida
umumiy ma’lumotlar....................................................................... 7
1.1. O’zbekiston Respublikasida elektron to’lov tizimlarining
shakllanishi ......................................…………………..….....…... 6
1.2. Elektron to’lov tizimlaridagi ma’lumotlar bazasida
qo’llanilayotgan tushunchalar ….......................……………......... 9
1.3. Mamlakatimizdagi elektron to’lov tizimlarida qo’llanilayotgan
hozirgi davrdagi ma’lumotlarni himoyalash vosita turlari ...….... 12
II-bob. Elektron to’lov tizimlari strukturasi (Tijorat banklari misolida)
2.1.Tijorat banklari elektron to’lov tizimlarida ma’lumotlar
bazasini himoyalashni tashkillashtirish .....................…..……... 17
2.2. Elektron to’lov tizimlari ma’lumotlar bazasining himoyalanganlik
darajasini aniqlash usullari……….……………………………….... 24
III-bob. Dasturiy ta’minot va undan foydalanish tartibi
3.1. Tijorat banklari elektron to’lov tizimlari ma’lumotlarining
butligini ta’minlovchi himoya vositalari ishonchliligini aniqlash
algoritmi va dasturi………............................................................... 29
3.2. Elektron to’lov tizimlari ma’lumotlaridan foydalanish
jarayonida rioya qilish lozim bo’lgan texnika xavfsizligi ............. 34
Xulosa……………………………………………………………….... 37
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………..……………..... 38
Ilova …………………………………………………………….….... 40
Кirish
Bu yil davlatimiz mustaqilligining yigirma uch yilligi nishonlanadi va bu o’tgan davr kelajak sari tanlangan siyosatimiz va yo’limizning to’g’ri tanlanganligini butun dunyo miqiyosida isbotladi. Mamlakatimiz ko’p sohalarda eng yuqori yutuqlarga erishdi. Bunday sohalarga sport, mashinasozlik, qishloq xo’jaligi, medisina va bank sohalarini misol qilib aytishimiz mumkin. Bank sohasinung dunyo miqiyosidagi taraqqiyoti alohida tahlilga loyiq.
Yurtimiz mustaqillikka erishganidan so’ng, mamlakatimiz miqiyosida elеktron to’lov tizimlari (ETT) birinchi bor bank tizimiga joriy etish ishlab chiqildi va uni joriy etish 1994 yil 18 martdagi Vazirlar Maxkamasining 146–sonli «Bank tizimini takomillashtirish va pul-krеdit muomalasini barqarorlashtirish chora- tadbirlari to’grisida»gi Nizom asosida amalga oshirila boshlagandi. Bank sohasidagi elеktron to’lovlar tizimi - bu qog’ozsiz tеxnologiyaga va markaziy bankning elеktron pochtasi vositalari bilan ma'lumotlarni uzatishga va qabul qilishga asoslangan umumdavlat to’lov tizimidir.
Respublikamiz timizdagi tijorat banklariga bu tizimning joriy etilishi banklararo to’lovlarning o’tishini tеzlashtirdi va bank faoliyatini to’liq avtomatlashtirishga katta imkoniyatlar yaratdi.
Bugunga kelib mamlakatimizdagi banklar o’rtasida elеktron to’lovlarni o’tkazishning Intеrnеt aloqalariga asoslangan elеktron to’lov tizimi ishlab turibdi va bu tizim butun jahon to’lov tizimlari talablariga to’liq javob bеradigan darajadadir.
Zamonaviy texnikalar, xususan kompyuter texnologiyalarini ishlab chiqarishga joriy etish muhimligini O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimov o’zinig “Yulsak ma’naviyat - engilmas kuch”,- asarida shunday ta’riflaydi: - “Bugun biz tez sur’atlar bilan o’zgarib boraytgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechirgan davrlardan tubdan farq qiladigan o’ta shiddatli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalistlar bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni ogi’rliksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda.
Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig’iz, shu qadar tezkorki, endi ilgaridek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo’q, deb beparvo qarab bo’lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas.”[1].
Shining uchun ham Mavzuida hozirgi davrda dolzarb masalalardan biri bo’lgan tijorat banklari ma’lumotlar bazasi xavfzisligini ta’minlovchi himoya vositalarini tahlil qilish va ishonchli himoyalash tizimlarni aniqlash vazifasi qo’yildi.

Download 284 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling