Мавзу: Электрон тулов тизимларида маълумотлар мухофазасини ташкиллаштириш
III-bob. Dasturiy ta’minot va undan foydalanish tartibi
Download 284 Kb.
|
elektron tolov tizimlarida qollanilayotgan malumotlarning ishonchli ximoyalanish darajasini aniqlash dasturiy vositasini ishlab chiqish
III-bob. Dasturiy ta’minot va undan foydalanish tartibi
3.1. Tijorat banklari elektron to’lov tizimlari ma’lumotlarining butligini ta’minlovchi himoya vositalari ishonchliligini aniqlash algoritmi va dasturi Har qanday tashkilotning, xususan, tijorat banklari elektron to’lov tizimlari ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarning himoyalanganlik darajasini aniqlash dolzarb masalalardan bo’lib, uni amalga oshirish natijasida ma’lumotlar bazasining uzluksiz ishlashi ta’minlanadi. Asosini ma’lumotlar bazalari tashkil etuvchi sxemalar “yangi informatsion texnologiya”lar deb yiritiladi. Bu texnologiyalar qo’llash bizga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: ma’lumotlar bilan ishlashda tezkorlik; istalgan talabga ishonchli javoblar olish; ma’lumotlarni saqlashning yuqori darajadagi muxofazasiga erishish. Tijorat banklari ma’lumotlar bazasi predmet sohasi ob’ektlar majmuasi bilan, shu ob’ektlarning o’zaro aloqalari va bu ob’ektlardan foydalanadigan ishchi guruhlari bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham ma’lumotlar bazasi xavfsizligini ta’minlashda va himoyalanganlik darajasini aniqlashda shu guruhlar faoliyatini chuqur o’rganib chiqishga to’g’ri keladi. Umiman olganda shaxsiy kompyuterlardagi MBBT bajaradigan ishlarini quyidagi uchta jarayonga ajratish mumkin [21]. Tayyorlov bosqichi: dastur va ma’lumotlar bazasini ishga tayorlash bilan bog’liq. Bu bosqich boshlang’ich davrda, vazifaning tadbiq etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Hisobchi mashinaga korxonaning ma’lumotlarini kiritadi. Ana shu ma’lumotlarning to’g’ri kiritilishi nazoratini tashkil qilish ma’lumotlar himoyasining asosini tashkil etadi. Boshlang’ich bosqich: birlamchi hujjatlarni yig’ish va ro’yxatga olish bilan bog’liq. Birlamchi hujjatlarning ma’lumotlarini mashinaga kiritish davriy ravishda amalga oshiradi. Bu ma’lumotlar nazoratini tashkil qilish ham himoyalanganlik darajasiga katta ta’sir etadi. Asosiy bosqich: ishning tugallovchi bosqichi bo’ladi va har xil hisobot shakllarini olish bilan bog’liq. Ma’lumotlarni himoyalash to’g’ri yo’lga qo’yilgan bo’lsa, bu hisobotlarning to’g’ri va ishonchli olinishi ta’minlanadi. Tijorat banklari elektron to’lov tizimlari ma’lumotlarining butliginita’minlovchi himoya vositalari ishonchliligini aniqlash bir necha bosqichda amalga oshirlisi mumkin. Hozirgi vaqtda asosan quyidagi bosqichlada amalga oshiriladi: Texnik qurilmalar bosqichida: bu bosqichda himoyalashning texnik vositalaridan (kompyuterlarning maxsus qulflari, Server xonalaridagi panjaralar, sovqin soluvchi maxsus qurilmalar kabi) foydalanishadi. Operatsion tizim bosqichida: komputerlarga kirishni qiyinlashtiruvchi dasturlar (masalan, Satan dasturi) dasturlar o’rnatiladi. Foydalanuvchilar bosqichida: har bir javobgar shaxsga parollar beriladi va bu parollar maxsus jurnallarda qayd qilinub, aniq muddatlarda o’zgartirib turiladi. Yaratilayotgan dasturiy ta’minotda har uchhala bosqichda qo’llanilayotgan himoy vositalarini tahlil qilish asosida ma’lumotlar bazasining himoyalanganlik darajasi aniqladi. Dasturiy ta’minotni boshqa tizimlar himoyasini baholash uchun ham engil o’zgartirib, modernizatsiya qilish mumkin. Bundan tashqari dasturiy ta’minotga yangi himoy vasitalari tizimga qo’shilganda, uni dasturga qo’shish imkoniyatlari mavjud. Shuning uchun bu dasturiy ta’minotni ma’lum ma’noda ochiq dasturiy tizim deyish ham mumkin. 2-rasm. Ma’lumotlar himoyalanganlik darajasini aniqlovchi dastur algoritmi. Program Himoyalash; Var k:integer; y,n,g:INTEGER; Begin cls; Writeln('Identifikatsiyalash'); Writeln('autentifikatsiyalash'); Writeln('usullari mavjudmi?'); Writeln; Writeln('Kiriting 1/0'); Readln(g); Begin if g=1 then k:=1; Begin if k=1 then Writeln('Himoyalanganlik darajasi talab darajasidan past.'); Writeln; Writeln('Amaliy dasturlar'); Writeln('mavjudmi?' ); Writeln; Writeln('Kiriting 1/0'); Readln(g); Begin if g=1 then k:=k+1; if k=2 then writeln('Himoyalanganlik darajasi talab darajasida.'); Begin Writeln; Writeln('Satan dasturi ', 'mavjudmi?' ); Writeln; Writeln('Kiriting 1/0'); Readln(g); Begin if g=1 then k:=k+1; if k=1 then Writeln('Himoyalanganlik darajasi talab darajasidan past.'); if k=2 then writeln('Himoyalanganlik darajasi talab darajasida.') else if k=3 then writeln('Himoyalanganlik darajasi yuqori darajada taminlangan.'); end; Begin if k=0 then Writeln; Writeln('Himoyalanganlik talab darajasida taminlanmagan.'); end; end; end; end; end; end. Download 284 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling