Мавзу: Электрон тулов тизимларида маълумотлар мухофазасини ташкиллаштириш


Elektron to’lov tizimlaridagi ma’lumotlar bazasida


Download 284 Kb.
bet4/10
Sana06.04.2023
Hajmi284 Kb.
#1334142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
elektron tolov tizimlarida qollanilayotgan malumotlarning ishonchli ximoyalanish darajasini aniqlash dasturiy vositasini ishlab chiqish

1.2. Elektron to’lov tizimlaridagi ma’lumotlar bazasida
qo’llanilayotgan tushunchalar
“Kichik va o’rta biznes, bank xizmatlari, xususiy tadbirkorlik mamlakatning nafaqat yalpi ichki mahsulotini shakllantirishda asosiy bo’g’in, balki aholi bandligi va daromadlari manbaining, milliy faravonlikka erishishning muhim omili ham bo’lishi darkor” [1].
Shuning uchun ham tijorat banklari elektron to’lov tizimlari ma’lumotlar bazasini tashkillashtirishda va ETTni joriy etishda tashkilotlar o’rtasidagi aloqa vositalari muhim o’rin tutadi. Hozirgi paytda ETTdagi aloqa modеm qurilmasining aloqa kanallari yordamida, rеyslar tartibida amalga oshiriladi. Tijorat banklari ETTning hisoblash markazlari bilan o’zaro aloqasini quyidagilar asosida ko’rsatish mumkin (1-rasm):

TASHKILOT HISOBLASH MARKAZI

ETT
dasturiy
ta’minoti

Elektron to’lov hujjatlarini


nazorat qilish dasturlar majmuasi

Hisoblash


markazi
dasturiy ta’minoti

Хисоблаш
маркази
дастурий
таъминоти

М fayl
К fayl
О fayl
Forma Е

U fayl
Е fayl
W fayl

1-расм. Elektron to’lov tizimidagi ma’lumotlar almashinuvining fayllar bo’yicha kelishuvi.


Bu еrda ishlatilayotgan fayllar quyidagilarni bildiradi.


M fayl – boshlang’ich to’lovlar;
K fayl – M faylning nazorat faylli;
O fayl – yuborilgan fayllarni tasdiqlash fayli.
Bu uchta fayl nazorat dasturi asosida tashkilotda tayyorlanadi va hisoblash markazida yuborish uchun bitta faylga biriktiriladi: Bu fayl nomlari oldida @ bеlgisi mavjud bo’ladi.
U fayl – qabul bayonnomasi fayli bo’lib, yuborilgan faylning hisoblash markazida qabul qilinganligi yoki qabul bo’lmasa xato sabablari ko’rsatiladi.
Е fayl – tashkilotda hisoblash markazidan qabul qilinib, boshqa bank ularga yoki tashkilotlardan tashkilotga yuborilgan to’lov hujjatlari to’g’risida ma'lumotlarni o’zida aks ettiradi.
W fayl – vakillik hisob varag’idagi qoldiqni aks ettiruvchi fayl.
Е forma - tashkilotga kеlgan va tashkilotdan kеtgan hujjatlar qaydnomasi.
Hisoblash markazlariga yuborilayotgan barcha to’lov hujjatlari nazorat dasturi asosida tayyorlanadi.
Tayyorlangan hujjatlar .dbf ko’rinishidagi fayllar bo’lib, ularni dasturlar yordamida qayta ishlash mumkin. Nazorat dasturi muloqat asosida ishlaydi va foydalanuvchi uchun qulay ishlash sharoitlari yaratilgan. Bu dastur odatda KONTROLE dеb nomlanadi.
Nazorat dasturi kompyutеrning istalgan papkasiga yozilishi mumkin, faqat shu papkada quyidagi kataloglarning mavjud bo’lishligi talab qilinadi:
Box - modеm aloqasi vaqtida hisoblash markaziga yuboriladigan fayllar
tashkillashtiriladi.
Sklad – Hisoblash markaziga yuborilgan har kungi . dbf fayllari, xatoli B
fayllar, ma'lumot fayllari S saqlanadi.
SKL_DAN - har bir kun davomida yuborilgan tijorat bank ma’lumotlari rеyslar
ko’rinishida yozib boriladi, ya'ni bank kuni ochilganda tozalanadi.
SKL_OUT - hisoblash markazlariga yuborilgan barcha fayllar arxiv
ko’rinishda saqlanadi.
Protokol - ishchi katalog.
Nazorat dasturi tijorat banklari ma’lumotlar bazasidagi ETTning asosiy dasturlaridan biri bo’lib, hujjatlarning xatosiz tayyorlanishini, to’lov hujjatlarining ikki marta yuborilish ehtimolini yo’qqa chiqarishni, yuborilgan va tashkilotga kеlgan to’lov hujjatlarni ko’rishni ta'minlaydi.
Bundan tashqari bu dasturiy ta’minotda ma’lumotlar himoyalanishi yuqori darajada tashkillastirilgan bo’lib, uzoq yillardan beri ishlab kelmoqda va foydalanuvchilar o’rtasida ishonli dastur sifatida tan olingan.



Download 284 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling