Mavzu: elektron xotira tushunchasi
Xotiraga kirishning o`rtacha vaqti
Download 298 Kb.
|
Jo\'rayeva G
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kesh-xotirada xaritalash usullari
Xotiraga kirishning o`rtacha vaqtiOdatda xotira bilan bog`liq bo`lgan qat`iy hisoblashlarni amalga oshirishimiz mumkin. c – kesh-xotiraga kirish vaqti; m – asosiy xotiraga kirish vaqti h – kesh hitlari (hit ratio) koeffitsienti – kesh-xotiraga va xotiraga umumiy murojaatlarning ja`mi soni o`rtasidagi nisbatni ifodalaydi. h = (k-1)/k. Ba`zi xollarda kesh miss ratio koeffitsienti qo`llaniladi, 1-h Bu orqali kirishlar uchun sarflangan o`rtacha vaqtni hisoblash mumkin: o`rtacha kirish vaqti = c + (1 — h) m Kesh-xotirada xaritalash usullariMantiqiy jihatdan kesh-xotira protsessor va asosiy xotira o`rtasida joshlashadi. Lekin amaliy jihatdan ularni 3 xil usulda xaritalash (mapping) orqali joylashtirish mumkin Kesh-xotira uchun uch xil xaritalash turi qo'llaniladi: to'g'ridan-to'g'ri xaritalash, assotsiativ xaritalash va Set-Assotsiativ xaritalash. Kesh xotira bugungi kunda juda ko'p sohalarda qo'llaniladi. U siz bilan bizga ma'lumotlarimizni odatdagidan ko'ra tezroq olishimizda yordam beradi. Protsessorlarda , tashqi va ichki xotiralarda veb sayt, veb brauzerlarda DNS tizimlarida ishlatiladi.Foydalanuvchiga kerakli ma'lumotni olishi uchun uni vaqtinchalik xotira misolida indeksalab saqlash orqali qayta murojaat vaqtida ma'lumotlarni katta tezlik bilan olish imkoniki yaratadi. Protsessorlarda siz menimcha allaqachon xususiyatlarini ko'rish vaqtida L1 , L2, L3 cache kabi punktlarga ko'zingiz tushgan. L1 bularni ichida eng tezkori hisoblanib birinchi darajali kesh deb nomlanadi va protsessorning funksional bloklari tarkibiga kiradi, protsessor kristtalli bilan yonma yon joylashadi. Tabiiy ravishda L2 va L3 lar tezlik borasida biroz farq qiladi. Tashqi va ichki xotiralarda ham keshlash texnologiyasi ishlatiladi. Bu bizga : protsessor ishlash tezligi , operativ xotiraga kam kuchlanish va ma'lumotlarni o'qilishini tezlatish, Disklar hayot faoliyatini uzaytirish,Xotira bloklariga tezkor murojaat kabi plyuslarni beradi. Cache - so'zi inglizcha "berkitish" so'ziga to'g'ridan to'g'ri bog'lanadi. Vaqtinchalik kerakli ma'lumotlarni buferga olish uchun kerak.Bu atama IT ga 1968-yili IBM jurnali uchun yozilgan maqola orqali kirib kelgan. 1967 - yili IBM Systems Journal ga berilgan IBM System/360 seriyasiga mansub 85-modeli uchun operativ xotirani kuchaytirish mavzusida yozilgan maqoladagi "tezkor bufer" atamasini soddalashtirish uchun "Cache" ni ishlatishgan. Download 298 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling