Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi
Download 0.82 Mb.
|
9-sinf Kimyo konspekt [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni.
Dasrning turi: an`anaviy
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik Darsning tashkiliy qismi: 1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash. 3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash. Yangi darsni rejasi. Yangi darsning bayoni. Metall qancha faol bo'lsa, u shuncha tez oksidlanadi. Aluminiy temirdan ancha faolroq bo'lsa-da, nima uchun u havoda barqaror?Elementlar davriy sistemasida joylashgan o'rni. Aluminiy davriy sistemaning III guruhi bosh guruhchasida 13-tartib raqami bilan joylashgan. Kimyoviy belgisi- Al. Nisbiy atom massasi 26,9815 ga teng. Aluminiy p-elementlar oilasiga kiradi. Atom tuzilishi. Aluminiyning tashqi elektron pog'onasida uchta elektron bor. Kimyoviy reaksiyalarda uchta elektronini berib, aluminiy +3 zaryadlangan ionga aylanadi. Barcha barqaror birikmalarida +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Tabiatda tarqalishi. Aluminiy tabiatda eng ko'p tarqalgan metall bo'lib, Yer qobig'idagi massa ulushi 7,45 % ni tashkil etadi. Erkin holda uchramaydi. Tarkibida aluminiy tutgan 250 dan ortiq mineral borligi ma'lum. Aluminiyning asosiy qismi alumosilikatlar shaklida uchraydi.
Aluminiy asosan quyidagicha ishlatiladi:Yengil qotishmalar Elektrotexnikada Maishiy turmushda Alum ino term iyada Po'lat va cho'yan sirtini qoplashda.Alumosilikatlar - anion sifatida tarkibiga aluminiy va kremniy, kationlar sifatida tarkibiga ishqoriy va ishqoriy-yer metallar kiradigan tuzlardir. Alumosilikatlarga dala shpatlciri K/J-Al/J/^SiO, yoki K(AlSi3Os), slyudalar K20-2H20-3Al2 O3-6Si02 yoki KAl2(AlSi3O10)(OH), kiradi. Alumosilikatlarning nurashi natijasida gillar hosil bo'ladi, masalan, oq gil - kaolin Al10/2Si01-2H10-Odatda, gillar qo'shimchalar tutadi. Korund mineralida aluminiy A12 O3 shaklida bo'ladi. Boksitlar - АЦО^пН.,0 tog' jinslari ham aluminiy tutadi. Ular tarkibida qo'shimcha sifatida temir, marganes, kremniy oksidlar bo'ladi. Aluminiy aluminiy oksid, boksitlar va nefelin (Na,K)10-Al1 O3-2Si01 yoki (K, Na) [AlSiOJdan olinadi.Aluminiy muskul to'qimasida 0.07-2.8-10 4 %, ilikda (4-27)-10 4 %, qonda 0,39 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kuni ovqat bilan 2,45 mg iste'mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 61 mg miqdorda bo'ladi.Olinishi. Aluminiy elektrotermik usulda olinadi. Bunda suyuqlantirilgan kriolitda (Na3AlF6) erigan aluminiy oksid elektrolit bo'ladi. Bu suyuqlanmaga biroz miqdor aluminiy ftorid qo'shiladi. Bunday elektrolit elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Elektroliz 950°C da olib boriladi. Suyuqlanmadan 5-8 volt kuchlanishdagi, 80000 ampergacha tok kuchiga ega bo'lgan doimiy tok o'tkaziladi. Bunda katodda aluminiy, anodda kislorod ajraladi, kislorod ugleroddan tayyorlangan anod bilan ta'sirlashadi: Sanoatda ishlatiladigan elektrolizyor po'latdan tayyorlangan bo'lib, uning ichi ко'mir bilan qoplangan, ko'mir qatlami manfiy qutbga ulanib, katod vazifasini bajaradi. Suyuqlanmaga tepadan tushiriladigan qalin ko'mir plastinkalari anod vazifasini bajaradi. Anod vaqt o'tishi bilan yemirilib boradi, shuning uchun uni vaqti-vaqti bilan o'stirib almashtirib turiladi. Elektrolizyor uzluksiz ishlaydi. Aluminiy oksid ham elektro- lizyorga uzluksiz yetkazib beriladi. Har 2-3 sutkadan so'ng hosil bo'lgan aluminiyni vakuum yordamida kovshga quyib olinadi. Olingan aluminiy temir, kremniy va boshqa metall tabiatga ega bo'lmagan, gazsimon qo'shimchalar bilan ifloslangan holda bo'ladi; keyingi bosqichda uni qayta suyuqlantirish va elektroliz yo'li bilan tozalab olinadi.Aluminiy oksidni kriolit (Na3AlF6)ning suyuqlanmasidagi eritmasini elektroliz qilib aluminiy olishda chiqindi sifatida ftor va uning birikmalari ajralib chiqadi. Bu atrof-muhitni zaharli ftor birikmalari bilan ifloslantiradi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling