Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi
Download 323.86 Kb.
|
9-sinf kimyo fanidan konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning maqsadi: 1. Ta`limiy maqsad
- 2.Tarbiyaviy maqsad
- Darsning tashkiliy qismi
- Yangi darsning bayoni.
Telegramdagi @Kimyo kanali uchun maxsus tayyorlandi ! Manba:Internet “Tasdiqlayman” O`quv ishlari bo`yicha direktor o`rinbosari : ________________ Sana: _____________________ Sinf: _________________________ Dars: ____ Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun.Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi: 1. Ta`limiy maqsad: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun.Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi haqida bilim ko`nikma va malaka berish; 2.Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga mavzuda keltirilgan misollar asosida nutqini oshirish va tarbiya berish; 3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchhilarni ongini tafakkurini o`stirish dunyoviy bilimlarini rivojlantirish. Dasrning turi: an`anaviy Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik Darsning tashkiliy qismi: 1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash. 3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash. Yangi darsni rejasi. 1: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. 2 Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. 3. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Yangi darsning bayoni. Davriy qonun asosida elementlar davriy sistemasi vujudga kelgan.Davriy sistemaning dastlabki variantida (1-mart 1869-y.) 63 ta element aks etgan bo`lsa, uning zamonaviy variantida 118 ta element aks ettirilgan.Davriy sistemada elementlarning joylashish tartibi ularning fizik va kimyoviy xossalarining davriy o`zgarishi bilan tavsiflanadi. Davriylik deganda ma'lum intervaldan so`ng xossalarning takrorlanishi tushuniladi. Masalan, ishqoriy metallar, galogenlar va inert gazlar jadvalda 8 yoki 18 elementdan iborat to`g`ri interval (davr) orqali joylashadi. Xossalarning bunday o`zgarish tartibi atomlar elektron pog`onalarining to`lib borishi bilan bog`liqdir.Atom tuzilishi nuqtayi nazaridan kimyoviy elementlar davriy sistemasi va davriy qonuni. Davriy qonun kashf qilindi va davriy sistema tuzildi, lekin D.I.Mendeleyev elementlar xossalarining o`xshashligi va farqlarini, davriy o`zgarish sabablarining tub mohiyatini tushuntirib bera olmadi.XIX asrda atom kimyoviy reaksiyalarda o`zgarishga uchramaydigan zarra deb hisoblangan. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida kimyo fanida erishilgan yutuqlar bu tasavvurni o`zgartinb yubordi: X-(rentgen) nurlarining ochilishi (nemis olimi K.Rentgen, 1895). Radioaktivlikning ochilishi (fransuz olimi A.Bekkerel, 1896).Elektronning ochilishi (ingliz olimi J.Tomson, 1897). Atom yadrosi zaryadining elementning davriy sistemadagi tartibraqamiga tengligi (ingliz olimi D.Mozli, 1913). Yadro tuzilishi proton-neytron nazariyasining yaratilishi (rus olimlariDJDJvanenko va E.N.Gapon hamda nemis olimi V.Geyzenberg, 1932).Kimyoviy elernentning davriy sistemadagi o`rni uning atom tuzilishi va xossalariga bog`liq.Radioaktivlikni o`rganish (MSkladovskaya-Kyuri, P.Kyuri, E.Rezerford) kimyoviy element atomi murakkab sisteraa ekanligini ko`rsatdi. Atom musbat zaryadga ega bo`lgan yadrodan va uning atrofida harakatlanuvchi elektronlardan iborat (elektron (e) 9,1-1O31 kg massaga va 1,6-1O19 Kl manfiy elektr zaryadiga ega). Atomdagi elektronlar to`plami elektron qobiq deb ataladi. Atom elektroneytral zarra, demak, atom elektron qobig`idagi elektronlar soni yadro zaryadiga yoki davriy sistemadagi element tartib raqamiga (Z) tengdir.Proton-neytron nazariyasiga ko`ra, atom yadrosi proton va neytronlardan iborat (proton (p) 1 a.m.b. massaga va + 7 zaryadga ega zarra; neytron (n) proton massasiga yaqin massaga ega elektroneytml zarra).Yadro zaryadi uning tarkibiga kiruvchi protonlar soni bilan belgilanadi, demak, atom yadrosidagi protonlar soni elementning davriy sistemadagi tartib raqamiga teng.Elementlar davriy sistemasi va davriy qonunAtom massasi (A) atom tarkibiga kiruvchi barcha zarralar massalari yig`indisiga teng: A=protonlar massasi+neytronlar massasi+elektronlar massasiElektronlar massasi shu qadar kichikki, atom massasini proton va neytronlar massasidangina iborat deb olish mumkin. Proton va neytronlarning umumiy massasi massa soni (A) deb ataladi va u butun songacha keltirilgan element nisbiy atom massasi (Ar)ga teng: Ar=Z (proton soni, tartib raqami)+N (neytron soni).Atom yadrosidagi neytronlar soni element nisbiy atom massasi va uning tartib raqami orasidagi farqqa teng: N=Ar- Z.Shunday qilib, elementning davriy sistemadagi o`rriiga qarab, uning atom tarkibini aniqlash mumkin.Ko`rib turganimizdek, atom tarkibiga musbat va manfiy zaryadli zarralar-elektronlar va protonlar kiradi va u qarama-qarshi xossali zarralar to`plamidan iborat.Proton, neytron, elektron elementar zarralar hisobianib, hozirgi kungacha turli xossalarga ega (massa, zaryad va b.) ko`plab zarrachalar ma'lum. Biz ularni ko`ra olmasak-da, ularning haqiqatda mavjudligi olimlar tajribalarida aniqlangan ko`rsatkichlar bilan tasdiqlanadi.Elementar zarralar ham atom va molekulalar singari materiya turlaridir.Atom tuzilishini o`rganish shuni ko`rsatdiki, davriy sistemada elementlar atomlarning elektron pog`onalari tuzilishiga mos ravishda ma'lum tartibda joylashadi.Qo`zg`almagan holatda atomning elektron tuzilishi undagi elektronlar soni bilan belgilanadi. Bunda elektronlar energiyasi minimal bo`lgan orbitallarni egallaydi. Elektronlar soni yadro zaryadiga teng bo`ladi. Shunday qilib, aynan yadro zaryadi atomning elektron tuzilishini va shu bilan birgalikda element xossalarini belgilovchi tavsif bo`lib hisoblanadi. Bundan davriy qonunning quyidagi ta'rifi kelib chiqadi: Download 323.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling