Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi:
Kimyoviy element, birikmalar formulasini, nomini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;
Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi:
Kimyoviy moddalar, jihozlardan foydalana oladi;
Kommunikativ kompetensiya:
inson hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan kimyoviy elementlar, moddalar, birikmalar haqida og‘zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qilish, mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to‘g‘ri qo‘yish, o‘zaro muloqotda muomala madaniyatiga amal qilish va jamoaviy hamkorlikda ishlash.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
axborot manbalaridan anorganik, organik birikmalar, ular asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari haqidagi ma’lumotlarni izlab topish, ularni saralash va ulardan foydalanishda axborot xavfsizligi qoidalariga amal qilish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
o‘qib-o‘rgangan bilim va tajribalarini kundalik kuzatuvlar yordamida mustaqil ravishda oshirib borish, turmushda uchraydigan muammolarni hal eta olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
fuqarolik burchini bilish va kimyoviy jarayonlar asosida yangi-yangi ishlab chiqarilayotgan kundalik turmush mahsulotlari haqida axborotga ega bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
sog‘lom turmush tarziga amal qilishda kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: Amalaiy mashg`ulot.
Darsning usuli: Amalaiy mashg`ulot. Savol- javob
Darsning jihozi: Laboratoriya jihozlar to`plami Elementlar davriy jadval. Kodaskop.
Darsning tashkiliy qismi:
1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.
3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.
Yangi darsning bayoni.
1. Probirkaga bor yoki marmardan bir necha b o`lak soling va suyultirilgan xlorid
kislotadan ozgina quying.
2. Probirka og`zini gaz o`tkazgich nayli tiqin bilan berkiting.
3. Nayning uchini 2-3 ml ohakli suv quyilgan probirkaga tushiring va sodir b
o`layotgan hodisani kuzating.
Gaz o`tkazgich nayni distillangan suv quyilgan eritmaga tushiring. Gazning
distillangan suvdan o`tishi 1-2 minut davom etsin. Nayni chiqarib olib,
olingan eritmaga 1 necha tomchi k o`k lakmus eritmasidan tomizing. 5. Probirkaga suyultirilgan o`yuvchi natriy eritmasidan 2-3 ml quying va unga
bir necha tomchi fenolftalein q o`shing. S o`ngra eritma orqali gaz o`tkazing. 6. 10 g tuproq namunasidan olib, suv bilan aralashtiring. Aralashmani filtrlab,
probirkaga quying:
tuproqdan 2-3 g probirkaga soling va ustiga suyultirilgan xlorid kislota quying.
Nimakuzatiladi?
yuqorida olingan filtratga kumush nitratdan ozgina quying. Hosil b o`lgan oq
rangli ch o`kmani filtrlab oling.
Cho`kmani ikkiga bo`lib, 1-qismiga ammiak yoki suyultirilgan xlorid kislota quying, 2-qismini qizdiring. Nima kuzatiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |