Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi


Milliy va umummadaniy kompetensiyalar


Download 1.26 Mb.
bet48/146
Sana26.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1656326
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   146
Bog'liq
9-sinf Kimyo 2017

Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
sog‘lom turmush tarziga amal qilishda kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: an`anaviy
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


Darsning tashkiliy qismi:

1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.


3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.


Yangi darsni rejasi.
Natriy fizik va kimyoviy xossalari. Kaliyning fizik va kimyoviy xossalari


Yangi darsning bayoni.
Olinishi. Sanoatda natriy va kaliy ularning suyuqlantirilgan tuzlarini elektroliz qilib olinadi. Masalan, natriy xlorid suyuqlanmasi tegishli ionlarga dissotsiatsiyalanadi:Doimiy tok o`tkazilganda bu suyuqlanmadagi natriy ionlari katodga tortiladi va elektron qabul qilib erkin holda ajraladi; xlor ionlari anodga tortiladi va elektron berib erkin xlor gazi holida ajralib chiqadi. Kaliy - yumshoq, kumushrang metallar. Ularning zichligi va suyuqlanish harorati yuqoridagi jadvalda ko`rsatilgan. Tipik metallar kabi natriy va kaliy yuqori elektr va issiqlik o`tkazuvchanlikka, metall yaltiroqligiga, plastiklikka ega. Natriy va kaliy ionlari alangani o`ziga xos rangga bo`yaydi: natriy-sariq rangga, kaliy-och binafsharangga kiritadi. Bu xususiyatdan ularning birikmalarini aniqlashda foydalaniladi.Kimyoviy xossalari. Barcha ishqoriy metallar kabi natriy va kaliy kuchli qaytaruvchilardir. Ular barcha metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Birikmalarida doimo +1 oksidlanish darajasini namoyon qiladi.Natriy va kaliy kislorodda yonganda peroksidlar Na2O2 va KO2 (yoki K2O4).hamda qo`shimchalar sifatida Na2O, K2O hosil bo`ladi (toza oksidlar peroksidlarga metall qo`shib qizdirib olinadi):Havoda natriy va kaliy tezda oksid qatlami bilan qoplanadi. Shuning uchun ular kerosin ostida saqlanadi. Natriy va kaliyning boshqa metallmaslar bilan ta'siridan tuzlar hosil bo`ladi: 2Na + C12 = 2NaCl natriy xlorid . 6K + N2 = 2K3N kaliy nitrid 2K + H2 = 2KH kaliy gidrid. 2Na + H2 = 2NaH Natriy gidrid.
Natriy va kaliyning oltingugurt bilan ta'sirlashuvidan M2Sn tarkibli sulfidlar olinadi.
2Na + S -> Na2S natriy sulfid.2Na + 2S - Na2S2 natriy disulfid 2K + 5S -» K2S5 kaliy pentasulfid Natriy va kaliyning metallmaslar bilan birikmalari ion bog`li qattiq moddalar.Natriy va kaliy suv bilan odatdagi sharoitda juda shiddatli, hatto yonish va portlash bilan ta'sirlashadi. Natijada natriy yoki kaliy gidroksid va vodorod hosil bo'ladi: 2Na + 2H2O =2NaOH + H2; 2K + 2H2O= 2KOH + H2 Natriy va kaliy kislotalar bilan shiddatli tarzda reaksiyaga kirishadi. HC1, HBr, HI, H2S, H2SO4 (suyul.) natijada vodorodni siqib chiqarib, tuzlar hosil qiladi: 2K + 2HC1 2KC1 + H2.Eng muhim birikmalari. Natriy va kaliyning amaliy ahamiyatga ega bo 'lgan ko'plab birikmalari bor.Ishqoriy metallarning gidroksidlari, NaO H2 KO H2 LiO H2 RbO H2 CsOH. Suvda juda yaxshi eriydi. Asoslar uchun xos bo'lgan barcha reaksiyalarni beradi. Lakmusni ko'k rangga, fenolftaleinni pushti rangga kiritadi. Natriy gidroksid - NaOH. Amaliyotda kaustik soda deb ham ataladi. Laboratoriya sharoitida NaOH ni natriy metalliga, natriy oksid yoki peroksidlariga suv ta'sir ettirib olish mumkin. Na2O + H2O = 2NaOH Sanoat miqyosida NaOH ni olish uchun osh tuzi eritmasini elektroliz qilinadi.Kaliy gidroksid ham laboratoriya sharoitida kaliy metalli va kaliy oksiddan, sanoatda esa kaliy xlorid eritmasini elektroliz qilib olinadi. Natriy va kaliy gidroksidlari amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo'lib, sanoatning turli sohalarida qo'llaniladi.natriy gidroksid quyidagilar olinadi.To'qimachilik sanoatida,Sun'iy tolalar ishlab chiqarishda,Qog'oz ishlab chiqarishda,Neft mahsulotlarini tozalashda,Sovun olishda,Organik sintezda Natriyning boshqa birikmalarini olishda ishlatiladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling