Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi
Download 1.26 Mb.
|
9-sinf Kimyo 2017
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi darsni rejasi.
- kaustik soda
Dasrning turi: an`anaviy
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik Darsning tashkiliy qismi: 1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash. 3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash. Yangi darsni rejasi. Natriy eng muhim birikmalari. kaliyning eng muhim birikmalari. Natriy va kaliyning eng muhim birikmalarini ishlatilishi. Yangi darsning bayoni. Kaliy o'simliklar oziqlanishida katta ahamiyatga ega. Kaliy miqdorining kamayishi qishloq xo'jaligi mahsulotlari hosilining pasayib ketishi, sifatining buzilishiga olib keladi. Kaliy xlorid KC1, kaliy nitrat KNO3, kaliy sulfat K2SO4, kaliy karbonat (o'simlik kulida mavjud) K2CO3 kabi birikmalari o'g'it sifatida ishlatiladi.Kaliy muskul to'qimasida 1,6 %, ilikda 0,21 %, qonda 1620 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kungi ovqat tarkibida 1,4-3,4 g bo'lishi kerak. Zaharli dozasi 6 g. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 140 g miqdorda bo'ladi.Natriy va kaliy hayotiy faoliyat uchun muhim ahamiyatga ega elementlardir. Tirik organizmlar hujayralaridagi kaliy-natriy nasosi hujayra shirasidagi (ildizdan barglarga tuz eritmalarining yetkazib berilishi, fotosintez jadallashuvini ta'minlash) va demak, muhim hayotiy biokimyoviy faoliyatlar (qon bosimi, yurak muskullarining ishini me'yorlashtirish) uchun zaruriy jarayondir. Natriy xlorid NaCl osh tuzi sifatida ma'lum va tirik organizm uchun juda kerakli modda. Undan tibbiyotda (fiziologik eritma), oziq-ovqat va kimyo sanoatida keng foydalaniladi. Glauber tuzi Na2S04*10H20 tibbiyotda (surgi vositasi) va kimyo sanoatida ishlatiladi. Chili selitrasi NaN O3 qishloq xo'jaligida o'g'it sifatida ko'p miqdorda qo'llanadi. Suvsiz soda Na2CO3 va kristall soda Na2C O3 10H20 shisha, sovun, natriy birikmalari olishda, bug' qozonlarida suvni yumshatishda, bo'yoq ishlab chiqarishda, qog'oz fabrikalarida, kir yuvishda, turmushda ishlatiladi. Rubidiy stimulator xossasiga ega. Muskul to'qimasida 20-70-10 4 %, ilikda 0,1 -5* 10 4 %, qonda 2,5 mg/l miqdorda bo'ladi. Har kungi ovqat tarkibida 1,5-6 mg bo'lishi kerak. Zaharliligi kam. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 680 mg miqdorda bo'ladi. Tabiatda uchrashi. Natriy va kaliy tabiatda keng tarqalgan bo'lib, faqat biiikmalari shaklida ko'plab tog' jinslari va minerallar tarkibiga kiradi. Natriy xlorid (osh tuzi) ko'l, dengiz va okean suvlarida, ayrim joylarda esa toshtuz shaklida yer ostida 100 m qalinhkkacha bo'lgan qatlamlar tashkil qilgan holda uchraydi.Glauber tuzi Na1S04-10H10 va Chili selitrasi NaN O3 ham natriyning tabiatda ko'p uchraydigan birikmalaridir.Silvinit KCl-NaCl, karnallit KCl-MgCl^H^O minerallari tarkibiga kaliy ham kiradi va u barcha o'simliklarda uchraydi. O'zbekistonda kaliyning tuzlari Qashqadaryo viloyatidagi Tubokat, Surxondaryo viloyatidagi Xo'jaikon konlaridan qazib olinadi.Toshtuz (natriy xlorid) Xo'jaikon, Tubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal'a konlaridan qazib olinadi.Borsakelmas toshtuzidan Qo'ng'irotda soda ishlab chiqarilmoqda. 2Na + H2 = 2NaH Natriy gidrid. Natriy va kaliyning oltingugurt bilan ta'sirlashuvidan M2Sn tarkibli sulfidlar olinadi.2Na + S -> Na2S natriy sulfid.2Na + 2S - Na2S2 natriy disulfid 2K + 5S -» K2S5 kaliy pentasulfid Natriy va kaliyning metallmaslar bilan birikmalari ion bog`li qattiq moddalar.Natriy va kaliy suv bilan odatdagi sharoitda juda shiddatli, hatto yonish va portlash bilan ta'sirlashadi. Natijada natriy yoki kaliy gidroksid va vodorod hosil bo'ladi: 2Na + 2H2O =2NaOH + H2; 2K + 2H2O= 2KOH + H2 Natriy va kaliy kislotalar bilan shiddatli tarzda reaksiyaga kirishadi. HC1, HBr, HI, H2S, H2SO4 (suyul.) natijada vodorodni siqib chiqarib, tuzlar hosil qiladi: 2K + 2HC1= 2KC1 + H2. Eng muhim birikmalari. Natriy va kaliyning amaliy ahamiyatga ega bo 'lgan ko'plab birikmalari bor. Ishqoriy metallarning gidroksidlari, NaO H2 KO H2 LiO H2 RbO H2 CsOH. Suvda juda yaxshi eriydi. Asoslar uchun xos bo'lgan barcha reaksiyalarni beradi. Lakmusni ko'k rangga, fenolftaleinni pushti rangga kiritadi. Natriy gidroksid - NaOH. Amaliyotda kaustik soda deb ham ataladi. Laboratoriya sharoitida NaOH ni natriy metalliga, natriy oksid yoki peroksidlariga suv ta'sir ettirib olish mumkin. Na2O + H2O = 2NaOH Sanoat miqyosida NaOH ni olish uchun osh tuzi eritmasini elektroliz qilinadi.Kaliy gidroksid ham laboratoriya sharoitida kaliy metalli va kaliy oksiddan, sanoatda esa kaliy xlorid eritmasini elektroliz qilib olinadi. Natriy va kaliy gidroksidlari amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bo'lib, sanoatning turli sohalarida qo'llaniladi.natriy gidroksid quyidagilar olinadi.To'qimachilik sanoatida,Sun'iy tolalar ishlab chiqarishda,Qog'oz ishlab chiqarishda,Neft mahsulotlarini tozalashda,Sovun olishda,Organik sintezda Natriyning boshqa birikmalarini olishda ishlatiladi Download 1.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling