Mavzu: Elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonun. Atom tuzilishi nuqtai-nazaridan kimyoviy elеmеntlar Davriy sistеmasi va Davriy qonuni. Davr va guruhlarda elеmеntlar xossalarining o`zgarishi. Darsning maqsadi


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi


Download 1.26 Mb.
bet53/146
Sana26.06.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1656326
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   146
Bog'liq
9-sinf Kimyo 2017

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
fuqarolik burchini bilish va kimyoviy jarayonlar asosida yangi-yangi ishlab chiqarilayotgan kundalik turmush mahsulotlari haqida axborotga ega bo‘lish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyalar:
sog‘lom turmush tarziga amal qilishda kimyoviy ishlab chiqarish mahsulotlari haqida tushunchaga ega bo‘lish.
Dasrning turi: an`anaviy
Darsning usuli: ma`ruza darsi. Savol- javob
Darsning jihozi: Elementlar davriy jadval. Kodaskop. Ko`rgazmali materillar , darsga
oid sladlar kimyoviy moddalar to`plami va darslik


Darsning tashkiliy qismi:

1.O`quvchilar bilan salomlashish. 2.O`quvchilarning davomatni aniqlash.


3.O`quvchilar bilan siyosiy daqiqa. 4. O`tilgan mavzuni so`rash.


Yangi darsni rejasi.

1. Natriyli soda. 2. Kaliyli soda. 3. Ammoniyli soda




Yangi darsning bayoni.

Soda – Na2CO3 natriyning eng muhim bhikmalaridan bo'lib, xalq xo'jaligi uchun amaliy ahamiyatga ega. Sanoatning ko'p tarmoqlarida sodadan xomashyo sifatida foydalaniladi, xususan, shisha ishlab chiqarishda shixtaning (xomashyolaming aniq nisbatlardagi aralashmasi) asosiy tarkibiy qismi, sellulozadan qog'oz tayyorlashda, to'qima materiallar ishlab chiqarishda, yog'-moylar tarkibidagi yog' kislotalarni, sintetik yog' kislotalarini neytrallab sovun olishda, neft qazib olishda burg'ulash ishlarini yengillashtirish, neftni qayta ishlashda naften kislotalaridan yuvuvchi vositalar tayyorlashda, natriyning boshqa tuzlarini sintez qilishda soda ishlatiladi.Soda tabiatda juda oz miqdorda uchrab, unga bo'lgan sanoat ehtiyojini qondira olmaydi. Shuning uchun uni arzon xomashyodan sintez qilib olish muhim ahamiyat kasb etadi.


Bu yo'nalishda dastlabki texnologik jarayon XVIII asrda fransuz vrachi L. Leblan tomonidan taklif etilgan «sulfat usuli» bo'lib, unda osh tuzi sulfat kislota yordamida natriy sulfatga o'tkaziladi. Natriy sulfat esa ko'mir bilan qizdirilib, natriy sulfidga aylantiriladi. Natriy sulfid kukun holidagi ohaktosh bilan qizdirilib soda hosil qilinadi:
NaCl Na2SO4 Na2S Na2CO3 .2NaCl + H2S04 Na2SO4 + 2HCl .

    1. Na2SO4 + 2C Na2S + 2CO. 3. Na2S + CaCO3 Na2CO3 + CaS.

Ohaktosh bilan qizdirilganda hosil bo'lgan sodani ajratib olish uchun qattiq aralashma maxsus tegirmonda maydalanib, suvda eritiladi. CaS suvda yomon eriydi, eritma undan ajratilib, bug'latiladi va soda kristallari olinadi. Bu texnologik jarayon qimmatga tushganligi sababli keyinchalik boshqa tejamli usul («ammiakli usul») bilan almashtirilgan.
«Ammiakli usul» E.G. Solve tomonidan taklif etilgan bo'lib, bunda ammoniy xloridga so'ndirilgan ohak bilan ishlov berilganda hosil bo'ladigan ammiak bilan osh tuzining konsentrlangan eritmasi to'yintiriladi va unga bosim ostida karbonat angidrid yuboriladi. Eritma sovutilganda sovuq eritmadan yomon eriydigan natriy gidrokarbonat cho'kmaga tushadi, uni ajratib olib, qizdirilsa soda hosil bo'ladi.

      1. 2NH4C1 + Ca(OH)2 2NH3 + CaCl2 + 2H2O. 2. NH3 + CO, + H2O -> NH4HCO3

      2. NH4HC O3 + NaCl -»> NaHC O3 + NH4C1. 4. 2NaHCO3 Na,CO3 + CO2 + H2O

Soda Na2CO3- 10H2O holatda kristallogidrat tuz bo'lib, bevosita "kir sodasi" nomi bilan yuvish vositasi sifatida ishlatiladi. Uni yuqori haroratda qizdirib, kalsinatsiyalangan (suvsizlantiiilgan) soda - Na,C O3 (temir sodasi) olinadi. NaHC O3 holida esa ichimlik sodasi deb atalib, kundalik turmushda turli maqsadlarda ishlatiladi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   146




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling