Mavzu: Eliktrostatik muommoni hal qilish. Reja


Elektr maydon va uning kuchlanganligi


Download 85.38 Kb.
bet4/5
Sana16.04.2023
Hajmi85.38 Kb.
#1361694
1   2   3   4   5
Bog'liq
13. Elektrostatik maydon va uning xususiyatlari

3. Elektr maydon va uning kuchlanganligi


Kulon qonuniga asosan, bir-biridan ma’lum masofada turgan zaryadlar fazo orqali o‘zaro ta’sirlashadi. Elektr zaryad atrofidagi elektr kuchlar ta’siri seziladigan fazo sohasi bu zaryadning elektr maydoni deb ataladi.
Elektr maydonning xususiyatlarini o‘rganish uchun “sinov zaryadi” tushunchasi kiritiladi. “Sinov zaryadining” miqdori mumkin qadar kichik bo‘lishi kerak, chunki u o‘z maydoni bilan tekshirilayotgan maydonning xususiyatlarini o‘zgartira olmasin. Zaryad +q ga nisbatan holati radius - vektor bilan aniqlangan nuqtaga sinov zaryadi (+qc) joylashtiraylik (5.2-rasm).
Bu zaryadga quyidagicha Kulon kuchi ta’sir qilganini topamiz.

nisbat birlik musbat zaryadga ta’sir qiluvchi kuchni xarakterlaydi, bu kuch sinash zaryadi kattaligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Shuning uchun bu nisbatni elektr maydonini belgilovchi kattalik sifatida qabul qilib, E bilan belgilaymiz

munosabatdagi vektor kattalik elektr maydonning kuchlanganligi deb ataladi.
Demak, elektr maydonning ixtiyoriy nuqtasidagi maydon kuchlanganligi deganda shu nuqtaga olib kirilgan birlik zaryadga ta’sir etuvchi kuch bilan xarakterlanuvchi fizik kattalik tushuniladi.
Elektr maydon kuchlanganligi vektor kattalik bo‘lib, uning yo‘nalishi maydonning tekshirilayotgan nuqtasiga olib kirilgan birlik musbat zaryadga ta’sir etuvchi kuchning yo‘nalishi bilan aniqlanadi. Agar q zaryad musbat bo‘lsa, E yo‘nalishi maydonning tekshirilayotgan nuqtasini birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq bo‘ylab zaryaddan tashqariga yoki q manfiy bo‘lganda, zaryad tomonga yo‘nalgan bo‘ladi.
SI da elektr maydon kuchlanganligining birligi N’yuton taqsim kulon (N/Kl) yoki volt taqsim metr (V/m) deb qabul qilingan.
Agar elektr maydonini bir necha zaryad vujudga keltirayotgan bo‘lsa, natijaviy maydonning kuchlanganligi alohida zarralar hosil qilgan elektr maydon kuchlanganliklarining vektor yig‘indisiga teng bo‘ladi, ya’ni:

ifoda maydonlar supperpozitsiyasi (qo‘shish) prinsipini ifodalaydi.

Download 85.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling