Mavzu: Eliktrostatik muommoni hal qilish. Reja


Download 85.38 Kb.
bet2/5
Sana16.04.2023
Hajmi85.38 Kb.
#1361694
1   2   3   4   5
Bog'liq
13. Elektrostatik maydon va uning xususiyatlari

2. Kulon qonuni
Nuqtaviy zaryad deb, shunday zaryadlangan jismga aytiladiki, uning o`lchamlari boshqa zaryadlangan jismlarga bo`lgan masofaga nisbatan sezilarli darajada kichik bo`lishi kerak.
Kuzatishlarni ko‘rsatishicha, bir xil ishorali zaryadlangan jismlar bir-birini itaradi, qarama-qarshi ishorali zaryadlangan jismlar esa o‘zaro tortishishadi. Nuqtaviy zaryadlar deb ataluvchi zaryadlarning o‘zaro ta’sir kuchi kattaligini 1785 yilda fransuz fizigi Sharl Kulon o‘z tajribalari asosida aniqladi.
Kulon burama tarozi orqali nuqtaviy zaryadlar orasidagi o`zaro ta`sir kuchini, ularning zaryadlari miqdori va oralaridagi masofaga bog`liqligini o`rgandi va quyidagi xulosaga keldi:
Vakuumdagi ikki nuqtaviy elektr zaryadning o‘zaro ta’sir kuchi har bir zaryad kattaliklari ko‘paytmasiga to‘g‘ri va zaryadlar orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsionaldir, ya’ni

bu yerda - proporsionallik koeffitsienti bo‘lib, u SI sistemasida quyidagiga teng bo‘ladi:

bu yerda 0 = 8,85 . 10-12 Kl2/Nm2 = 8,85 . 10-12 F/m.
Elektr doimiysi deb ataladi.
Agar zaryadlarning o‘zaro ta’siri bir jinsli va izotrop muhitda bo‘lsa, Kulon qonuning ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:

bu yerda - birliksiz kattalik bo‘lib, muhitning dielektrik singdiruvchanligi deb yuritiladi.
Kulon qonunining vektor ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:

bu yerda - q2 zaryad tomonidan q1 zaryadga ta’sir yo‘nalishi ko‘rsatiladi, - q1 dan q2 ga o‘tkazilgan radius vektor, r= .
Kuchning yo`nalishi zaryadlarni tutashtiruvchi to`g`ri chiziq bo`ylab yo`nalgandir (19.1-rasm).


Download 85.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling